7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix20.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#165803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
7-mavzu jamiyat va oila falsafasi reja

I.A. Karimov (1938) 
tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg’un holda 
ko’radi. Uning fikricha
 
“Inson uchun tarxidan judo bo’lish – hayotdan judo bo’lish 
demakdir”
4
. Fikrining davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, 
jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan 
urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. tarix saboqlari insonni 
hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o’zlikni anglash tarixni 
bilishdan boshlanadi, deb ta’kidlaydi. Buning uchun har bir millat o’zining tarixiy 
ildizlariga nazar solishi, u yoki bu mafkura ta’sirida xash-po’shlangan tarixiy 
xotirani o’z holicha qayta tiklashga harakat qilishi lozim. “O’z tarixini 
bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”
5
. Shundagina 
millat, xalq o’z-o’zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini 
ko’rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan tarix xalq ma’naviyatining asosidir.
N.Jo’rayev (1952) 
fikricha,
 
vaqt o’tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, 
ijtimoiy fanlar taraqqiy topib borishi natijasida tarix falsafasi atrofidagi 
mulohazalar kengayadi. Uning predmeti va obyektiga aniqlik kiritiladi. Shu ilmiy 
haqiqatdan kelib chiqib, N.Jo’rayev hozirgi zamon tarix falsafasining quyidagi 
vazifalarini belgilaydi: 
- insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini 
o’rganish; 
- insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta’sirini o’tkazib 
kelapyotgan kommunistik mafkura asosidagi ilmiy metodologiyada mavjud 
bo’lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g’oyasi asosida o’rganish va 
davrlashtirish muammosini hal etish; 
- sivilizasiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini ishlab 
chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish; 
- tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni o’tmish, bugun, 
kelajak tizimida mantiqan o’rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga 
aniqlik kiritish; 
- tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonunlar nuqtai nazaridan 
o’rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab 
chiqish; 
- qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish va 
baholash; 
4
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. -Т.: Шарқ, 1998.-Б.10
5
Каримов И. Юксак маънавият- енгилмас куч.-Т.: Маънавият, 2008. –Б. 4.


- insoniyat tarixida to’plangan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarning 
tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o’rganish; 
- tarixni anglashning yangi yo’nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur 
mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda ijtimoiy taraqqiyot 
maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish; 
- yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini o’rganish, shu asosda 
jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash; 
- tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida 
qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo’nalishlarini, jumladan, 
siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, din tarixi, san’at tarixi, etnogenezis va boshqa 
yo’nalishlar bilan mushtarak holda kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali, 
inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish
6

Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fanining hamkorligi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, bir qarashda tarix falsafasi va tarix 
fani bir-biridan ayri yo’nalishdek ko’rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqyelikka, 
insoniyat tarixida qaysidir hodisaga tarixchi tarix ko’zi bilan qarasa, faylasuf 
faylasuf ko’zi bilan qaraydi. Aslida har ikki qarashlar zamirida inson taqdiri
tafakkur tarzi va manfaatlar ustuvorligi yotadiki, bu inson fenomeni va hayot 
falsafasining mantig’idir. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin