7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix20.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#165803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
7-mavzu jamiyat va oila falsafasi reja

M.Veber.
Maks Veber (1864-1920) o’z sosiologik qarashlarida Rikkertning 
borliq va ongning o’zaro aloqasi zamirida subyektning qadriyatga bo’lgan 
muayyan munosabati yotadi, degan g’oyasiga tayangan. Shunga muvofiq Veber 
tahlil qilinayotgan materialning iqtisodiy, diniy va axloqiy qadriyatlar bilan o’zaro 
nisbatini aniqlash lozim deb hisoblagan. O’zining «Protestantcha axloq va 
kapitalizm ruhi» asarida Veber dastlab Niderlandiya, Angliya va AQShda vujudga 
kelgan sanoat kapitalizmining qaror topishiga protestantcha axloq qadriyatlarining 
ta’sirini tahlil qiladi. U hozirgi zamon xo’jalik hayotida hukm surayotgan 
kapitalizmning o’ziga xos xususiyatiga mos keladigan xo’jalik yurituvchi 
subyektlar – tadbirkorlar va ishchilar shakllanishi natijasida vujudga kelganini 
qayd etadi. Veber tarixiy materializmning g’oyalar iqtisodiy munosabatlar 
ustqurmasi sifatida yuzaga kelgan, degan «sodda» tasavvurlariga to’g’ridan-to’g’ri 
e’tiroz bildiradi va aksincha, kapitalizm «ruhi» uning vujudga kelish omili bo’lgan, 
deb hisoblaydi.
U kapitalizm modelini kapitalistik naf ko’rishga oqilona intilishdan keltirib 
chiqarishga harakat qiladi. Veber rasionalizm tamoyillari G’arb madaniyatining 
barcha hodisalarida: fanda, san’atda, monumental qurilmalar yaratish konstruktiv 
tamoyillarida hukm surishini qayd etadi. Oqilona ishlab chiqilgan konstitusiya, 
huquq, oqilona yaratilgan qoidalarga qarab mo’ljal oladigan mutaxassis-
amaldorlardan iborat siyosiy institut sifatidagi davlat faqat G’arbda mavjud. 
Ammo rasionalizm qadriyatlarini amalga oshirishning eng oqilona ifodasi 
tadbirkorlik 
sohasida 
mujassamlashgan: 
ishlab 
chiqarishning 
kommersializasiyalashuvi, 
buxgalteriya 
hisoboti, 
chayqovchilikni 
oqilonalashtiruvchi qimmatli qog’ozlar va birjalar, mehnatni oqilona tashkil etish 
va h.klardir. 
O’zining boshqa bir qator asarlari, chunonchi: «Tushunuvchi sosiologiyaning 
ba’zi bir kategoriyalari haqida», «Jahon dinlarining xo’jalik axloqi», «Xo’jalik va 
jamiyat», «Xo’jalik tarixi»da Veber ijtimoiy harakat va uning motivasiyasi 
tushunchasini ta’riflab berdi. Borliqni tushuntirish uchun u «ideal tiplar» 
metodologiyasini yaratdi va undan foydalandi. Veber fikriga ko’ra, ijtimoiy 
organizm hujayrasi hisoblanadigan ijtimoiy harakat ikki omil: subyektiv 
motivasiya va boshqalarga qarab mo’ljal olishni o’z ichiga oladi. U ijtimoiy 
harakatning oqilona maqsadli ijtimoiy harakat, oqilona qadriyatli ijtimoiy harakat, 
affektli ijtimoiy harakat va an’anaviy ijtimoiy harakat kabi tiplarini farqlaydi.
O’zining ijtimoiy harakat konsepsiyasini Veber hokimiyatni tushunishga 
nisbatan ham tatbiq etadi. O’zgalarning umidlariga qarab mo’ljal olish ijtimoiy 
harakatning muqarrar belgisi bo’lgani bois, hokimiyat siyosiy munosabatlarda 
ishtirok etuvchi tomonlarning o’zaro umidlarini nazarda tutadi. Shu holdagina 
hokimiyat qonuniylik kasb etadi: boshqarayotganlar o’z buyruqlariga 
bo’ysunishlariga umid qiladilar; boshqarilayotganlar esa oqilona buyruqlarni 


kutadilar. Veber qonuniy davlatlarning: ish vakolatlari qonuniy belgilanishining 
majburiyligiga bo’lgan ishonchga ko’ra hukmronlik; muayyan xulq-atvorga 
ko’nikish bilan belgilangan hukmronlik; xarizmatik hukmronlik kabi uch tipini 
farqlaydi. Boshqaruvning oqilona-byurokratik tipi vujudga kelishi bilan bog’liq 
bo’lgan hokimiyatning namunaviy-oqilona tipini Veber hokimiyat ideali deb 
hisoblagan.
XX asrda M.Veber ilgari surgan tarixiy jarayonning teng huquqli omillari 
ta’siri haqidagi g’oyasi asoslab berildi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bir qancha 
nazariyalari texnika, sanoat, axborot tizimlari, kommunikasiya, globallashuv kabi 
omillarni birinchi o’ringa qo’yadilar.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin