7-mavzu: Ob'ektlarning o'lchamlari va ularni o'lchash haqida g'oyalarni shakllantirish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix28.09.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#64264
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7 -mavzu

Tayyorlov 
guruhda 
bolalarni 
miqdor,kattaliklar 
bilan
tanishtirish. 
Miqdor,kattalik. SHartli o‘lchov bilan tanishtirish. SHartli o‘lchov
yordamida predmetlarning kengligini, uzunligini o‘lchash va taqqoslashga
o‘rgatish. Suyuq va to‘kiluvchi jismlarni shartli o‘lchov birligi bilan o‘lchashni va
o‘lchash natijasini son bilan aytishni o‘rgatish. Turli narsalar (mevalarni, 
sabzovotlarni va boshqalar)ni ikki teng qismlarga bo‘lishni o‘rgatish, olingan 
qismlarni “yarim”, “ikkidan bir qism” deb atashga o‘rgatish. Bolalarni shartli 
o‘lchov yordamida predmetlar kengligi, uzunligini o‘lchashga o‘rgatishni davom 
ettirish va o‘lchash natijasini son bilan aytishga va tegishli raqamlar bilan 
belgilashga o‘rgatish. Turli narsalar (geometrik shakllar, mevalarni va boshqalar)ni 
o‘nta teng qismlarga bo‘lishni o‘rgatish. Ko‘z bilan chamalab o‘lchashni 
rivojlantirishni davom ettirish, o‘z chamasini o‘lchov birligi bilan o‘lchab ko‘rib 
tekshirishga o‘rgatish. 
Kattalik. Maktabga tayyorlash guruhida o‘quv yili boshida bolalarda buyumlarning 
uzunligi, kengligi, balandligini aniqlash malakasi mustahkamlanadi. SHundan 
keyin ular shartli o‘lchovlar yordamida buyumlarning uzunliklari, kengliklari va 
balandliklarini o‘lchash hamda taqqoslashga o‘rgatiladi. 
Bolalarga eng oldin o‘lchashning ma’nosi va ahamiyatini tushuntirish, o‘lchash 
usullarini ko‘rsatish, o‘lchashda amal qilish lozim bo‘lgan qoidalarni aytish kerak. 
SHundan keyin bola har xil ob’ektlarni o‘lchash usullarini amalda egallaydi.
Mashg‘ulotlarni sochiluvchi jismlarning hajmlarini o‘lchashdan boshlash maqsadga 
muvofiq. Bunday qilish shuning uchun ham maqsadga muvofiqki, sochiluvchi 


jismlarni o‘lchash jarayoni masofalarni o‘lchashga nisbatan qiziqarliroqdir. Bundan 
tashqari, sochiluvchi jismlar hajmini o‘lchash suyuqlik hajmini o‘lchashga 
qaraganda kam mashaqqatlidir. Birinchi mashg‘ulotning ikkinchi qismida bolalarni 
buyumlarning uzunliklarini o‘lchash bilan tanishtirish mumkin. 
Ikkinchi kichik guruhda tarbiyachi bolalarga uzunligi, kengligi, balandligi, 
shuningdek, kattaligi bo‘yicha butunlay keskin farq qiluvchi buyumlarni (lentalar, 
qog‘oz, karton bo‘laklari, tayoqchalar va b.) taqqoslashni o‘rgatadi. Buyumlarning 
o‘lchamlari bo‘yicha nisbatlarini aniq so‘zlardan foydalanib ifodalashga o‘rgatadi: 
uzunqisqa, uzunliklari bo‘yicha bir xil (teng); kengtor, kengligi bo‘yicha bir xil 
(teng) balandpast, balandligi bo‘yicha bir xil(teng); ortiqkam, miqdori bo‘yicha bir 
xil (teng). 
Bunday taqqoslash uchun avval bir-biridan kattaligi bo‘yicha biror alomatiga 
ko‘ra farq qiluvchi buyumlar, masalan, kengligi jihatdan bir xil, bir xil rangli, bir xil 
materialdan tayyorlangan, uzunliklari bo‘yicha bir xil bo‘lgan lentalarni berish 
mumkin. Bir lenta ikkinchisidan biroz uzunroq (qisqaroq) bo‘lishi kerak. Bu 
bolalarning buyumlardagi masofa elementlarini ajratib yordam beradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalik alomatlari bo‘yicha buyumlarni 
taqqoslashga o‘rgatishda u yoki bu ob’ektning uzunligi, kengligi, balandligi, deb 
nimani aytilishini qo‘l harakati bilan ko‘rsatish zarur. Masalan, 2 ta lentaning 
uzunliklari bo‘yicha taqqoslashda tarbiyachi qo‘lini birinchi lenta bo‘nlab ham, 
ikkinchi lenta bo‘ylab ham (chapdan o‘ngga) yuritib, «Bu lenta uzunroq, bu lenta 
esa qisqaroq (kaltaroq)» deb tushuntiradi. SHundan keyin bolaga barmog‘i (kafti) 
bilan lenta bo‘ylab (uning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha) o‘tishni taklif 
qiladi. Ob’ektlarning balandliklari bo‘yicha taqqoslashda tarbiyachi qo‘lini buyum 
bo‘ylab pastdan yuqoriga, asosidan ustki qirrasigacha o‘tkazadi; buyumlarning 
butunicha kattaligi bo‘yicha taqqoslashda tarbiyachi qo‘lini oldin birinchi, keyin 
ikkinchi buyum atrofida aylantirib chiqadi. 
Bolalar buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligi bo‘yicha yonmayon 
qo‘yib va birini ikkinchisining ustiga qo‘yib taqqoslashga o‘rgatiladi. Dastlab 
buyumlarni yoniga qo‘yib taqqoslashdan boshlash maqsadga muvo fiq, chunki 
taqqoslash uchun bir xnl rangdagi buyumlar beriladi, bunday buyumlar birbirining 
ustiga qo‘yib taqqoslansa, qo‘shilnb ketadi. Har xil rangdagi buyumlardan 
foydalanayotganda ustiga qo‘yib taqqoslash usulidan foydalanish kerak. Tarbiyachi 
bu usullardan foydalanish kerak. Tarbiyachi bu usullardan qanday qilib to‘g‘ri 
foydalanishni ko‘rsatadi: buyumlarning uzunligini yoniga qo‘yib taqqoslaganda 
buyumlarni shunday qator qilib qo‘yish kerakki, ularning bir tomondagi (masalan, 
chapdagi) oxirlari yonmayon tursin. Ustiga qo‘yish usulidan foydalanganda 
buyumlarning nafaqat (chapdagi) oxirlarini, balki ularning ustki va ostki qirralari 
(chekalari) ni ham ustmaust joylashtiriladi. Tarbiyachi bir qismi ko‘rinib turgan 
buyum uzunroq ekanini tushuntiradi. 
Tarbiyachi bolalarga ajratilgan belgilarni, taqqoslanayotgan ikkala buyumning 
nomini so‘zlar bilan aytishni o‘rgatadi («Qizil lenta yashil lentadan uzun, yashil 
lenta esa qizil lentadan qisqa»). 
Tarbiyachi buyumlardagi belgilarni (kenglik, balandlik) taqqoslashga doir 
mashqlarga bolalarning qiziqishlarini oshirish uchun har xil o‘yin vaziyatlarini hosil 


qiladi. Masalan, ayiqchalarga sharflar bog‘laydi, qo‘g‘irchoqlarga esa lentalar 
taqishadi. Bitta sharf (lenta) bog‘landi, ikkInchisi esa bog‘lanmadi. Nega? Bir 
sharfni (lentani) ikkinchisiga yonmayon qo‘yib, tarbiyachi birinchisi ikkinchisidan 
qisqa ekanini ko‘rsatadi. Ikkinchi bir o‘yin vaziyatida nega bir ko‘prikchadan 
parovoz o‘tganu, ikkinchisidan nega o‘tmaganini aniqlash; mashina qaysi 
darvozadan o‘tgan, qaysi darvozadan o‘tmaganini, nega o‘tmaganini aniqlash talab 
qilinadi. «Kimning barmoqlari uzun?» «Kimning uyi baland», «Kimning sharfi 
keng?» va boshqa turdagi o‘yinmashqlarni o‘tkazij ham mumkin. 
SHundan keyin bir xil shakldagi, har xil rangdagi bittadan boshqa komponentlari 
(parametrlari) teng buyumlarni taqqoslashga kirishiladi, bunda (balandligi yoki 
uzunligi va b.) bolalarning e’tibori teng bo‘lmagan parametrlarga qaratiladi. Ajralib 
turgan parametri, kattaligi bo‘yicha kontrast bo‘lgan buyumlar taqqoslash uchun 
olinadi, bu hol ularni ajratishni ancha osonlashtiradi. O‘yin vaziyatidan foydalanish 
mumkin. Masalan, ikkinchi kichik guruh bolalari bilan o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlarda (uzunlik haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirishda) tarbiyachi har 
qaysn bolaga bir-biridan uzunligi bilan farq qiluvchi ikkitadan rangli qalam beradi. 
O‘yinchoq quyon uzun qalamlarni, o‘yinchoq mushuk esa kalta qalamlarni 
«yig‘adi». 
Tarbiyachi bolalarning e’tiborini quyonning quloqlari uzun, dumi esa kalta ekaniga, 
mushukning dumi uzun, quloqlari esa kalta ekaniga qaratadi. 
SHundan keyin tarbiyachi bolalarni ajratilgan parametri bo‘yicha buyumlarni 
bevosita taqqoslashga o‘rgatadi. Bu bosqichda bolalar amaliy harakatlar (ustiga 
qo‘yish, yoniga qo‘yish va b.) ni o‘zlashtirishadi. Bunday harakatlar natijasida 
bolalar nisbiy kattalikni aniqlaydilar. SHu maqsadda taqqoslanuvchi parametrlari 
kontrast bo‘lmagan buyumlardan foydalaiishadi; SHu bilan bir vaqtda bolalarning 
tenglik haqidagi taeavvuri («balandligi, uzunligi, kengligi» va b. bo‘yicha teng) 
tarkib topadi. CHunonchi, «baland—past—teng» (balandligi bo‘yicha) ekanligi 
haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirishda balandlikning o‘zini ajratilganidan keyin 
bolalarga, masalan, balandligi bo‘yicha (kontrast bo‘lgan) farq qilmaydigan ikkita 
minorachani berish mumkin. Tarbiyachi ikkita minorachani stolning har xil 
chetlariga qo‘yadi va bolalardan ular balandliklari bo‘yicha teng yoki teng 
emasliklarini so‘raydi. Odatdagidek bolalarning fikrlari bir xil bo‘lmaydi. Ulardan 
qaysilari haq, qaysi minora baland ekanini qanday bilish mumkin? Tarbiyachi ikkala 
minorani yonmayon qo‘yib, o‘z harakatlarini tushuntiradi. Bunday holatda qaysi 
minoracha baland ekani hammaga ko‘rinib turadi. 
Bolalarning masofalarni aniqlashlarini osonlashtirish uchun atrof-muhitdagi 
shunday buyumlardan foydalanish kerakki, ularda masofa ko‘proq o‘rinni egallasin, 
shu bilan bir qatorda dastlabki mashg‘ulotlarda yassi buyumlardan ko‘proq 
foydalanish kerak. 
Bundan tashqari, bolalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan, har xil 
faoliyatlarida ular keng foydalanadigan buyumlardan foydalanishga harakat qilish 
kerak; bular har xil uzunlik va kenglikdagi lentalar, har xil uzunlikdagi sakragichlar, 
qurilish materiallari detallari (har xil uzunlikdagi tayoqchalar, kengligi har xil 
plastinalar, yo‘g‘onliklari har xil silindrlar, tayoqlar), har xil balandlikdagi 
piramidalar, kegllar, archachalar va boshqa ko‘pgina buyumlar va o‘yinchoqlar 


bo‘lishi mumkin. Har qaysi mashg‘ulotda bolalarga tarqatma material (kenglngi 
teng bo‘lgan holda har xil uzunlnkdagi qog‘oz bo‘laklar va, aksincha, uzunligi teng 
bo‘lgan har xil kenglikdagi qog‘oz bo‘laklar; har xil uzunlikdagi, har xil kenglikdagi 
qog‘oz bo‘laklar, iplar, har xil qalinlikdagi lattaputtalar va b.) bilan ishlash imkonini 
berish kerak. Tarqatma materiallar bilan ishlash har bir bolaga buyumlarning 
kattaliklarini har tomonlama tekshirish imkonini beradi. 
Bolalarda har xil uzunlikdagi buyumlarni farqlash va tegishli atamalar bilan 
aniqlash malakalari tarkib topishiga va shakllanishiga imkon bergan ba’zi 
mashg‘ulotlarni qaraymiz. 
Ikkinchi kichik guruhda o‘tkazilgan birinchi mashg‘ulotning dastur mazmuni 
quyidagilardan iborat: 
1) bolalarga taqqoslash natijasida buyumlardagi masofani ajratishni o‘rgatish; 
2) yoniga qo‘pish va ustiga qo‘yish usullaridan foydalanib, taqqoslash bilan uzun va 
kalta buyumlarni farqlash malakasini rivojlantirish; 
3) bolalarni har xil uzunlikdagi buyumlarni mos atamalar bilan aniqlash bo‘yicha 
mashq qildirish. 
Mashg‘ulotlar uchun har xil uzunlikdagiikkita lenta va ikkita chizg‘ich didaktik 
material bo‘lib xizmat qiladi; bolalar uchun va qisqa (kalta) qog‘oz bo‘lakdan 
foydalanishadi. Tarbiyachi bolalar e’tiborini doskadagi biri ikkinchisining tagiga 
qoqib qo‘yilgan lentalarga qaratadi va ularning kattaliklarini topishni taklif qiladi. 
Bolalar bir lenta baland, nkkinchisi past (Lola); biri uzun, ikkinchisi qisqa (Zamira); 
biri kalta, ikkinchisi esa katta (Said) deb javob berishadi. Ko‘rib turibmizki, 
Zamiragina to‘g‘ri javob bergan. Bolalarning javoblarini aniqlashtirib, tarbiyachi 
ta’kidlaydi: «Lentalar uzunliklari bo‘yicha har xil Biri uzun, ikkinchisi kalta». 
Tarbiyachi lentalarning kattaliklarini aytish bilan bir vaqtda ularni ko‘rsatadi. 
(«Mana uzun lentaning uzunligi, mana kalta lentaning uzunligi»). SHundan keyin 
bolalar lentalarning uzunliklarini ko‘rsatishadi, bunda ular ko‘rsatilayotgan 
lentaning kattaligini aytib turishdi. 5—6 ta boladan so‘ralganidan keyin tarbiyachi 
yakun yasagandek bo‘ldi: «Bu lentalar uzunliklari bo‘yicha har xil. Bir lenta uzun, 
ikkinchi lenta esa kalta». Har xil uzunlikdagi chizg‘ichlarning kattaliklari ham xuddi 
shunday usul bilan taqqoslandi va aniqlandi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismida 
bolalarning hammasi tarbiyachyning ushbu topshirig‘ini bajarishadi: uzun, kalta 
bo‘lakni ko‘rsat, kalta bo‘lak tagiga uzun bo‘lakpi shunday qo‘yki, ularning chap 
oxirlari tekis tursin; uzun, kalta bo‘lakning uzunligi bo‘ylab barmog‘ing uchini 
yurgaz, uzun bo‘lakga bayroqcha, kalta bo‘lakga koptok rasmini chiz. Har bir 
topshiriq bajarilganidan keyin tarbiyachi bolalardan so‘rab, ularni taqqoslanayotgan 
buyumlarning kattaliklariga aniq ta’rif berishga o‘rgata bordi. Mashg‘ulot oxiriga 
kelib, ba’zi bolalar hatto bunday yoyiq gaplarning ham uddasidan chiqishdi: «Men 
uzun bo‘lakga bayroqcha rasmini, kalta bo‘lakga koptok rasmini soldim». 
Bolalarning hammasi uzun va kalta buyumlarni to‘g‘ri ko‘rsatishdi, ammo 
ba’zi bolalar bo‘laklarni katta va kichik bo‘lak, deb aniqlashni davom ettirishdi. 
Bunday aniqlashlarni bir mashg‘ulot davomida amalga oshirnb bo‘lmaydi. SHu 
sababli navbatdagi ikki mashg‘ulot davomida tarbiyachi bolalarning uzun va kalta 
buyumlarni mos atamalar bilan aniqlab taqqoslash va farqlash malakalarini 
mustahkamladi. Bunda u bolalarda har qanday uzunlikdagi buyumlar uzun—qisqa 


(kalta), uzunroq—kaltaroq buyumlar kabi umumiy tasavvurni tarkib toptirish uchun 
taqqoslanadigan buyumlar doirasini asta-sekin kengaytirib borishni lozim topdi. 
SHunday mashqlar natijasida bolalar buyumning nisbiy kattaligini asta-sekin ko‘z 
bilan chamalab aniqlashga o‘rgatiladi. Bolada kattalik bo‘yicha munosabatlarni 
aniqlash usulining o‘zi shakllanadi. 
«Keng — tor — teng» (kengligi bo‘yicha) tasavvuri ham buyumlarni ustiga 
qo‘yish usuli bilan shakllantiriladi. 
«yo‘g‘on — ingichka — teng» (qalinligi (yo‘g‘onligi) bo‘yicha) tasavvuri har xil 
buyumlarni bevosita taqqoslash. (yoniga qo‘yish usuli bilan) da shakllanadi. Buning 
qalinligi bo‘yicha har xil, yo‘g‘onligi bo‘yicha har xil qalamlarni olish mumkin. 
Bolalar har xil o‘lchamli buyumlarni taqqoslay oladigan va tegishli belgilarni ajrata 
oladigan bo‘lganlaridan keyin «Topshiriq» didaktik o‘yini o‘tkaziladi. Topshiriqnti 
tarbiyachi beradi (masalan, qo‘g‘irchoq nomidan), bolalar esa u aytgan buyumni 
(qo‘g‘irchoqni), masalan, baland archani, uzun qalamni, keng lentani (2—3 juft 
buyumlar orasidan tanlab) ko‘rsatishlari yoki keltirishlari kerak. 
Bolalar kontrast o‘lchamli buyumlarni taqqoslashga o‘rgatilganidan keyin 
tarbiyachi ularni buyumlarning uzunliklari, balandliklari bo‘yicha teng bo‘lish bilan 
tanishtiradi, uzunliklari bo‘yicha bir xil (teng), balandliklari bo‘yicha bir xil (teng) 
degan ifodalardan foydalanishga o‘rgatadi. SHu maqsadda «shunday uzunlikdagi 
lentani top», «balandligi shunday archani top» kabi o‘yin mashqlardan foydalanish 
mumkin. 
Ikkinchi kichik guruhda bolalar har xil chiziqlardan biror belgi (uzunlik, 
kenglik) ni topishga o‘rgatIlgan edi. Mazkur bosqich maktabgacha yoshdagi bolalar 
bir vaqtning o‘zida uzunlikni, kenglikni topa olish va ularni taqqoslay olish 
malakasini egallab olishlari kerak. Masalan, tarbiyachi hamma bolaga 2 xil rangli va 
uzunligi har xil, ammo kengligi (eni) bir xil bo‘lgan tasmalarni tarqatadi va bolalarga 
tanish bo‘lgan usul (masalan, yonmayon qo‘yish) bilan qaysi tasma uzun, qaysi 
tasma qisqa (kalta) ekanini topish topshirig‘ini beradi. So‘ngra uzun bo‘lakni tanlash 
va uning uzunligi bo‘nlab barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi. Tarbiyachi 
«CHiziqning kengligi qani?» — deb so‘randi va o‘zi chiziqning eni bo‘ylab qo‘lini 
yurntadi, keyin esa uning bo‘yi bo‘ylab qo‘lini yuritib chiqadi. Bolalardan 
chiziqning uzunligi (bo‘yn) kattami yoki kengligi (eni) kattami, deb so‘rash kerak, 
so‘ngra esa bo‘yi katta, eni esa kichik bo‘lishini tushuntnrib berish kerak. Eng qisqa 
bo‘lakni qarash bklan ham tarbiyachi bolalarni yuqoridagiga o‘xshash xulosaga olib 
keladi. Mashg‘ulotning oxirida bolalarga chiziqlarning eni bo‘yicha taqqoslashni 
taklif qilish mumkin. Bolalar bir pololoskani ikkinchi chiziq ustiga qo‘yib, ular 
uzunliklari bo‘yicha har xil bo‘lsa ham, ammo enlari (kengliklari) bo‘yicha teng 
ekanliklariga ishonch hosil qiladilar. V O‘rta guruhda bolalarni buyumlar orasidagi 
uzunlik, kenglik, balandlik bo‘yicha arzimas kichik farqlarni ilg‘ab olishga, har xil 
kattalikdagi 2 tadan ko‘p buyumlarni taqqoslay olishga o‘rgatish kerak. CHunonchi, 
bolalarga har xil uzunlikdagi 2 ta tasmani taqqoslash taklif qilinadi, so‘ngra 
taqqoslanayotgan tasmalarda uzunroq uchinchi tasma qo‘shiladi. Bolalar uzun tasma 
yanada uzunroq tasma bilan taqqoslaganda qisqa bo‘lib qolishini ko‘radilar. Har bir 
buyum (tasma) jufti boshqa buyumlar bilan taqqoslanadi. Masalan, qizil tasma ko‘k 
tasmadan uzun, ammo sariq tasmadan qisqa. SHunday qilib, bolada asta-sekin


buyumlarning o‘lchamlari nisbiy xarakterga ega degan tasavvur hosil bo‘ladi: bir 
ob’ektning o‘zi, qanday buyum bilan taqqoslanayotganiga qarab, goh katta, goh 
kichik bo‘ladi. 
Bolalarni namunaga qarab, buyumlarni ularning uzunliklari, kengliklari, 
balandliklari o‘sib borish. (kamayib borish) tartibida, qator qilib qo‘yishga o‘rgatish 
kerak. Bunda qiyinchilik shundan iborat bo‘ladiki, bolalar kattaliklari va ranglari 
bilan farq qiluvchi buyumni taqqoslaydilar, shuningdek, o‘lchamlari bo‘yichya 
qontrastlari kam bo‘lgan uchto‘rtta buyumlarning kattaliklarini sifatlarningqiyosiy 
darajalarini qo‘llab, aniqlaydilar. 
Mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor bolalarda buyumlarning uzunliklarini ajratish 
va ko‘rsatish, buyumlarning uzunlik bo‘yicha tengligi yoki tengmasligini aniqlash, 
shu asosda ular kattaliklarining aniq ta’rifini bera olish malakalarining 
shakllanishiga qaratiladi. Masalan, tarbiyachi to‘rtta bolani chaqiradi va ularga 
ikkitadan bo‘lib sakragichni olishni va uni uzunligi bo‘yicha cho‘zib turishni taklif 
qiladi. Bolalarga murojaat qilib, tarbiyachi so‘raydi: «Bu sakragichlarning 
uzunliklari haqida nima deyish mumkin? «Savolning bunday qo‘yilishi bolalarga 
har xil javob bernsh imkonini berdi, boshqacha aytganda, ular har qaysi 
sakragichning nisbiy kattaligini aytishlari mumkin, yoki sakragichlar kattaliklari 
bo‘yicha har xil deynshlari ham mumkin edi. Bolalar javobning birinchi variantini 
afzal ko‘rishdi. «Bolalar, to‘g‘ri aytdingiz, sakragichlar uzun va kalta»,—deydi 
tarbiyachi. 
— «Nega biz ularni shunday ataymiz?» 
— «CHunki ular kattaliklari bo‘yicha har xil». (Sevgi). 
Mashg‘ulotning bir qismi keltirilmoqda. 
— «CHunki ularning uzunliklari har xil», — deb aniqlashtiradi Karima. 
Tarbiyachi Karimaning javobini ma’qullab, boshqa bolalarni chiqaradi va ularga har 
qaysi sakragichning uzunligini kattalikni aytish bilan ko‘rsatishni talab qiladi. 
Bunda tarbiyachi bunday savollarni beradi: «Kim kalta (uzun) sakragichni ushlab 
turibdi?», «Zohid bilan Mastura, Ilhom bilan Azamat qanday sakragichni ushlab 
turishibdi?». Qizcha bir sakragich ikkinchi sakragichdan qancha uzunligini 
ko‘rsatadi. Sakragichlar uzunliklari orasidagi farqni hamma bolalardan qo‘lni ochib 
ko‘rsatish talab qilinadi. 
Bolalar masofa bo‘yicha taqqoslash usulini shunday o‘zlashtiradilar. 
Bolalarni jami kontrastli buyumlarning kattaliklarini farqlash va qiyosiy 
sifatlarni ishlatish bo‘nicha mashq qildirish uchun ularga har xil uzunlikdagi 
tayoqchadan yoki chiziqlardan zina to‘zijni taklif qilnsh mumkin. Bundan oldin 
«zina» pog‘onalarini, uzunlnklarini ko‘rsatib, ikkitalab taqqoslashni, so‘ngra esa 
butun pog‘onani o‘sib borish tartibida ham, kamayib borish tartibida ham 
taqqoslashni taklif qilish maqsadga muvofiq. 
Buyumlarning ayrim masofalarini differensiallashda va ular orasidagi o‘lchov 
munosabatlarini o‘rnatishda etakchi o‘rinni o‘lchashga ajratilishi yuqorida aytilgan 
edi. Ammo Gulchash faoliyati ham boshqa har qanday faoliyatlar kabi maxsus 
malakalar egallangandagina samarali bo‘ladi. Bu malakalar har doim ular takrorlab 
turilgandagina, o‘lchash ko‘nikmalariga o‘tadi. Kattalar tomonidan maqsadga 
muvofiq boshqarilib turilgandagina o‘lchash malakalarini egallash (o‘zlashtirish) 


mumkin bo‘ladi. Ish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘lchash malakalarini egallash 
besh yoshga qadam qo‘ygan bolalarda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, 
chunki bu harakatlar katta aniqlikni, o‘lchovni surishda qo‘l harakatlarining 
muvofiqlashtirilganini sanoq va o‘lchashni birga qo‘shib borishni talab qiladi. SHu 
bilan birga, A. M. Leushinaning tekshirishlari ko‘rsatishicha, bolalar hayotining 
beshinchi yoshnda sanoqning asosiy qoidalarinigina egallab ola boshlaydilar. 
Bir vaqtning o‘zida sanoq va o‘lchash malakalarini (ularning asl ma’nosida) 
o‘zlashtirib olish bolalar uchun qiyinilik qiladi. SHu sababli o‘rta guruhda 
o‘lchashlarni «modellashtirish», ya’ni o‘lchanayotgan masofani unga joylashgan 
o‘lchov miqdori bilan taqqoslashdan foydalanish maqsadga muvofiq. Misol 
keltiramiz. 
Bolalarning stollarida har xil uzunlik va har xil rangdagi chiziqlar qo‘yilgan. 
Tarbiyachining «Kattaliklari bo‘yicha bular qandap chiziqlar?» —degan savoliga 
bolalar bunday javob berishadi: «Uzunliklar bo‘yicha har xil chiziqlar», «Biri uzun, 
biri kalta chiziqlar» va h.k. 
Tarbiyachining «Bolalar, Siz nima deysiz, har qaysi chiziqning uzunligini bilish 
uchun nima qilish kerak?» — degan savoliga bolalar bunday javob berishadi: 
«Ularni qarash kerak», «Ularni taqqoslash kerak». Tarbiyachi qarash ham mumkin, 
o‘lchash ham mumkin, ammo eng yaxshisi o‘lchash kerakligini aytadi. SHunda biz 
har qaysi chiziqning uzunligini aniq bilamiz. Mana bu o‘lchov bilan o‘lchaymiz. 
Tarbiyachi bolalarga o‘lchovni ko‘rsatadi, ularni o‘lchovnn ko‘rishga taklif qiladi. 
Qanday o‘lchash keraklipshi tushuntiradi: «UlI chovni men chiziqning chapdan eng 
chekkasiga qo‘yaman. Birinchn o‘lchov yoniga yana bitta o‘lchovni qo‘yaman. 
Boshqa o‘lchoz spg‘maydi». Bolalar katta chiziqning uzunligi ikkita o‘lchovga 
tengligini shunday tushunib oladilar. SHundan keyin ularga stollarida yotgan 
ikkinchi kesmani o‘lchash taklif qilinadi. Bolalar har xil, ammo ko‘pincha eng uzun 
ioloskalarnp o‘lchashadi. SHundan keyin tarbiyachi ular qanday chiziqlarni 
o‘lchaganliklarini, unga o‘lchov necha marta joylashganini oydinlashtirib oladi. 
Bolalarning javoblarini tinglab, umumlashtiradi: «Ko‘rayapsizmi, hammangizning 
chiziqchaddringizning uzunligi har xil, chiziqlaringizga o‘lchov 4 marta ham, 3 
marta ham, 2 marta ham joylashgan». Bolalar uzun va qisqa ieloskaning 
uzunliklarini o‘lchashadi, uzun va qisqa chiziqlarning uzunliklari nechtadan 
o‘lchamga tengligini gapirib beradilar, qaysi chiziqga o‘lchov ko‘p, qaysi chiziqga 
kam joylashganini, nega shundayligini aniqlaydilar. Bolalarning javoblari: «CHunki 
uzun chiziq kalta chiziqdan uzunroq» (Munira), «CHunki kalta chiziqning uzunligi 
kichnk, uzun chiziqning uzunligi katta» (Lola). Javoblar bolalarning 
taqqoslanayotgan 
buyumlar 
orasidagi 
munosabatlarni 
tushunishlarn, 
bu 
munosabatlarni so‘zlar bilan anyqlay olishlaridan guvohlik beradi. 
Ammo bolalar nega bir chiziq ikkinchi chiziqdan uzun ekanini ko‘ra olishlari 
uchun bundap ishni doska oldida flanelegrafla bajarish bnlan chegaralanish kerak. 
(Birinchi chiziqga 4 ta, ikkinchisiga esa faqat 3 ta bir xil o‘lchov qo‘yiladi). 
SHunday qilib, ikkinchi kichik va o‘rta guruhlarning asosiy vazifalari 
bolalarda buyumlarning uzunliklari, kengliklari va balandliklari (qalinliklari) ga 
nisbatan masofa turlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish va shu asosda:
a) o‘lchovlari kontrast bo‘lgan ikkita buyumni taqqoslashda; 


b) bittasi namuna vazifasini bajaradigan uchta buyumni taqqoslashda;
v) bolalar tomonidan seriatsion qatorga tartibga solib qo‘yiladigan o‘lchovlari 
bo‘yicha ko‘proq kontrast bo‘lgan to‘rtbesh va undan ortiq buyumlarni taqqoslashda 
buyumlarning kattaliklarini farqlash va ularni so‘zlash bilan aniqlash malakalarini 
rivojlantirishdan iborat. 
Bunda bolalar bir vaqtning o‘zida o‘zaro teskari munosabatlarni o‘rnatish 
bilan buyumlar kattaliklarining kamayish va o‘sish darajalarining qiyosiy bahosi 
(uzunroq — kaltaroq) ni ham, ular kattaliklarining nisbiy bahosini ham (uzun—
qisqa) o‘zlashtirib oladilar. Bu bilimlarni o‘zlashtirish hajmli buyumlarning uch 
o‘lchovli ekanligi haqidagi tasavvurlarni bundan keyin rivojlantirish uchun asos 
bo‘ladi. 
Masofalarning har xil turlari bilan tanishtirishni asta-sekin amalga osh.irish 
kerak. CHunonchi, eng oldin bolalarni yassi buyumlarda uzunlikni aniqlashga, 
buyumlarning uzunliklari bo‘yicha taqqoslashga va ularning kattaliklariga oid 
ta’riflar berishga o‘rgatish maqsadga muvofiq. So‘ngra buyumlarning kengligi 
bo‘yicha, ularning kattaliklarini aniqlab, taqqoslash kerak. SHundan keyin bolalar 
buyumlarda balandlikni, nihoyat, qalinlik (yo‘g‘onlik)ni ajratish malakasini 
egallaydilar. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin