Beshinchi bosqichda hisob-kitob natijalarini ishlab chiqish EHMda amalga oshiriladi, ularning atroflicha tahlili o’tkaziladi va xulosa qilinadi. Bunda xulosalarning ikki turi bo’lishi mumkin: yoki matematik modelni, yoki olingan natijalarni turli mezonlar bo’yicha tekshiruvdan o’tkazib aniqlash zarurligi belgilanadi, bular ilmiy yutuqqa aylanadi hamda buyurtmachiga beriladi. Amalda esa har ikki xulosalar ko’pincha uchrab turadi. Hisoblash eksperimenti tehnologik tuzilishi :
1. Matematik model tuzish.
2. Hisob-kitoblar natijasini ishlab chiqish, tahlil va hulosalar.
3. Hisoblash algoritmini ishlab chiqish.
4. EHMda hisoblash.
5. Dasturlashtirish.
Yangi ilmiy va ilmiy-tehnik ma’lumotlar jadal o’sib borishi munosabati bilan ma’lumotlar eskirib boradi. Chet ellik tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko’ra ma’lumot qiymatinin pasayishi jadalligi taxminan gazetalar uchun bir kunda 10%ni tashkil etadi. Shuning uchun ulkan ma’lumotlar oqimida yangi, ilg’or, muayyan mavzuni, masalani hal qilishda ilmiysini topish faqat bitta ilmiy xodim uchungina emas, balki katta jamoa uchun ham ancha murakkabdir. Pedagogik tajriba o’qituvchining o’quv ishlari jarayonida egallaydigan bilimidan va ko’nikmalari yig’indisidir. Bu o’qituvchining pedagogik mahorati bo’lib, u pedagogika fanini rivojlantirishda boshlang’ich omil hisoblanadi.
Pedagogik tajriba to’plash tizimi:
Maqsadni belgilash (nimani o’rganaman).
Tahlil etish, umumlashtirish, hulosa qilish.
Yutuqlarni aniqlash.
Ma’lumot to’plash.
Ilg’or tajribalarni o’rganishning taxminiy tarkibi.
Nutq tehnikasi va madaniyati.
A) Darsda bilim berishda o’quvchilar bilan aloqaga kirishishda o’qituvchi nutqining ishlanishini baholash.
B) Nutq tehnikasini egallaganlik darajasi.
V) O’qituvchi nutqining ifodaliligi va his-tuyg’uga boyligi.
Professional pedagogik muloqoti.
A) Turli holatlarda turli va kutilmagan vaziyatlarda ham muloqatga kirisha olishi, muomala qila olishi.
B) Dars jarayonida o’z kuchi va tayyorgarligini hisobga ola bilish o’zining ish uslubini va unga qo’yilgan hisoblarni bajara olish;
V) Pedagogik nazorat va uni qo’llashni bila olish.
Professional pedagogik ta’sir etishi.
A) Shaxsga ta’sir etishda tezlik bilan kerak bo’lgan uslublarni tanlay olishi va o’z vaqtida ishlata bilishi;
B) O’rganish bo’lib qolgan ish tartibidan ketishni bilish;
V) Pedagogik ta’sir ko’rsatishda vaziyatlarni echishda kerakli bo’lgan mimika, pontemimika harakatlarni tanlay olish va o’z vaqtida ishlata olish.
Konstruktiv qobiliyat.
A) O’quvchilar qobiliyati qiziqishi bilim darajasini hisobga olish, didaktik materiallaridan ustalik bilan foydalanish;
B) o’quvchilarni va sinfni eng yuqori mukammal darajaga erishish uchun kerakli usul va vositalarni tanlay olish;
V) o’quvchilarni va kollektivning bilimdanligi va tarbiyaviy rivojlanganlik darajasini aniqlay olish;
G) o’kuvchilarni tashqi qiyofasi orqali ularni darsga bo’lgan munosabatlarini anglay olishi va kerakli bo’lgan vositalarni tanlay olish qobiliyatlari.
Tajribani umumlashtirishda katta tajribaning roli ulkan, chunki tarbiyachilarning ko’zga ko’rinmas kundalik mehnatlaridagi bu ilg’or tajribani aynan u ko’ra bilishi, uni tushunib etishi, yahshi natijalarga qanday vositalar bilan erishilganligini tahlil qilishi lozim.
Tajribani o’rganish va umumlashtirish guruhlardagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar holatini muntazam tahlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o’rganishning asosiy yo’llaridan biri guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda kun tartibidagi turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida pedagogning ishi, bolalarning xatti-harakatlari va xilma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi. Uslubshunosning kuzatishlari maxsus daftarida foto yozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi, videokassetalarga, fotosuratlarga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |