7-mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar
Reja:
1.
Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.
2.
Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘likni saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
3.
Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar.
4.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish.
5.
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish..
Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. Samarali mehnat uchun zarur
sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam,
dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning
barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab
beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki
byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subektlarda ham o‘rtacha ish haqi
mikdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma- bosqich
ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bepgga ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari
xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya
suratlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Mamlakatimizda aholi bandligini taminlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning
ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning
muhim sharti sifatida belgilangan.
Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar
bo‘yicha mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining
ijtimoiy muhofazasini taminlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti.
Milliy mehnat bozorining etiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar
hisoblanadi: aholining asosiy qismini Yoshlar tashkil etishi (har yili yarim
milliondan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muxtoj); 700
mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha
nomutanosiblikning mavjudligi, ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda
ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.
“Aholini ish bilan taminlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy
ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan
bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi
bandligini hal etishda turizmni rpvojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ishga
solishimiz lozim”. SHavkat Mirziyoev
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bulsa-da,
o‘tgan yili (2016 yil) Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini
yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi
eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi
rasmiyatchilik bilan bog‘liq.Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol
siyosat choralarini amalga oshirish, yani ish o‘rinlarini yaratish, avvalo Yoshlarni
va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan taminlash, tadbirkorlik
faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi.YAigi
ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususai,
mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil
etilgan. SHuningdek, O‘zbekiston Resiublikasi Prezidentining 2017 yil 12
yanvardagi 4931-son farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo’qon» va
«Xazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi2. Bu iqtisodiy zonalarda meva-
sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va
qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik
jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati,
mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa
yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish
o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi.
2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori
talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa
muddatli trening va o‘kuv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim
muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini
litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan
nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish
bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.SHuningdek,
Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida
kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini
qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, kurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-
joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda
tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta
ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan
kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab
chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda
bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan taminlash imkonini beradi.Hududlarda aholi
bandligini taminlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida
tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini yan ada oshirish ham bu
muammoni hal qilinishiga yordam beradi.Aholini ijtimoiy himoya qilish va
sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirish. CHorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda
inson hayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida
ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda
aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jahon va
milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi.Ayni vaqtda zamon talabi,
mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy
himoyalash va sog‘likni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha
yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo
etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va
jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish,
mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab
chiqilgan Xdrakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘likni
saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirish ustuvor yo‘nalishlardan birn sifatida belgilandi.O‘tgan davr mobaynida
O‘zbekiston sobiq Ittifokdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy
shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli
harakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha katlamlarini har
tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy
etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni taminlamoqda.Bugungi
kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga
yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12
barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafakdlar salmoqli
darajada oshdi. Istemol tovarlari ishlab chiqarishni jadal suratlar bilan oshirish va
aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish taminlanmoqda.Taraqqiyotimizning
bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni
taminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda
keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e-
tibor qaratilmoqda.Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish
borasida 2017-2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy
poliklinikalar, onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy
tibbiyot markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini,
Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim
muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to‘rtinchi
darajali ko‘p tarmoqdi bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi
mustahkamlanadi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi.
Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar. O‘zbekistonda
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan islohotlar
jarayonida aholining turmush farovonligini hamda hayot sifatini oshirish yuzasidan
katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat byudjetining
kariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Bu aholining
hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. SHu bilan birga aholini, ayniqsa
qishloq aholisini yangi, shinam uy-joylar bilan taminlash borasida katta ishlar
amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko‘payishi esa ularning hayot
farovonligini yuksaltirishga asos bo‘lmoqda.SHu bilan birga «Republikamizda
jadal suratlar bilan zamonaviy yo‘l-transport va muxandislik-kommunikatsiya
infratuzilmasi tashkil kilinmosda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o‘tadigan, noyob
tog‘ tunelini o‘z ichiga olgan Angren - Pop temir yo‘l tarmog‘i, Toshg‘uzor-
Boysun-Qumqurgon temir yo‘li qurildi. Toshkentdan Samarkand, Qarshi va
Buxoroga yo‘lovchi tashiydigan yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovi ochildi.
Xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, Navoiy aeroporti negizida xalqaro
logistika markazi tashkil qilindi va O‘zbekiston milliy avtomagistrali barpo
etildi»20. Erishilgan yutuqlar bilan birga aholining o‘sib borayotgan talab-
ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ularning samarali ishlashi hamda hayoti uchun
munosib sharoitlar yaratish xalqimiz farovonligini taminlashda muhim zaruriyatga
aylanmokda
va
bu
O‘zbekistonni
yanada
rivojlantirishning
ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. SHularni hisobga olib, 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan:
— aholi, eng avvalo, Yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar
va uy- joy sharoitini yaxshilashga muxtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini
imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda
arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
- aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan taminlanish darajasini oshirish, eng
avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqdarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy
texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholini toza
ichimlik suvi bilan taminlashni tubdan yaxshilash;
-
odamlarning ekologik xavfsiz muxitda yashapshni taminlash, maishiy
chikindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha
zamonaviy obektlar bilan taminlash;
-
aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish
xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har
tomonlama kulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni
qurish hamda rekonstruksiya qilish;
-
yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom etgirish, eng
avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq
avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy tamirlash;
-
yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini
modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator
punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg‘i-
energiya resurslari bilan taminlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan
energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
-
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-marnfiy tashqilotlar va muzeylar
faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish. Uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta’lim
moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati mano- mazmunidan va uning
dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, yangi
ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o‘zgarishlar va yangicha
yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo‘lgani hamda uning
mamlakatimiz sharoiti bilan bog‘liqligidir; ikkinchidan, ta’lim jamiyatning ijtimoiy
tajribasini keyingi bosqichga uzatadi; uchinchidan, ta’lim inson shaxsining
intellektual-manaviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va
ijtimoiy, siyosiy, madaniy, marifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini
taminlashga qaratilgan harakatlar yig‘indisi bo‘lib, marifat hamda bilim berishni
anglatadi; to‘rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo‘lib, tabiat
va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatni,
ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, manaviy barkamol insonni tarbiyalashga,
mamlakatda kudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi.
Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini
taminlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda
ularni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangan.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi ta’lim dasturlarining izchilligi
asosida taminlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
1.
Maktabgacha ta’lim.
5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.
2.
Umumiy o‘rta ta’lim.
6. Kadrlar malakasini oshirish va
3.
O‘rta maxsus, kasb-hunar
ularni qayta tayyorlash. ta’limi.
4.
Oliy ta’lim. 7. Maktabdan tashqari ta’lim.
SHuni alohida takidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim
samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi - axborot
resurslarnga, 64 foizi - inson omiliga bog‘liq. Bu uchala omil bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiyaning moddiy- texnik bazasi, mavjud
resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson mafaatiga xizmat qiladi
va uning ratsional rnvojlanishini belgilab beradi.Bugungi kunda ta’lim davlat
siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta’lim va ilm-
fanni rivojlantirishga 34,3 foiz mablag‘ sarflanadi. Ta’limga ajratilgan mablag‘lar
byudjet harajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga
yo‘naltirilayotgan harajatlar xajmi mamlakatimiz YAIM tarkibida 10-12 foizni
tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi.
Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsagayotgan maktablarning
deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruksiya va tamirlash ishlari amalga
oshirildi. O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya, mebel jihozlari
bilan taminlangani ta’lim sifati va mazmuniga yuksak etibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy- texnik
bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab
olish ko‘rstagichi hamon pastligicha qolmoqda. SHu boisdan ham 2200 ta
maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun
jami 2,2 trillion sum mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.2016 yilda maktabgacha
ta’lim muassalariga bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etgan, kelajakda uni 80
foizga etkazish rejalashtirilgan. SHuningdek, qarorda qishloq joylarda yangi
maktabgacha ta’lim muassasalarini kurish, ularni zamonaviy talablarga javob
beradigan jihozlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimedia vositalari bilan
taminlash nazarda tutilgan.
Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim
muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar.
O‘zbekistonda keyingi uch yilda 35 ta yangi oliy o‘quv yurti tashkil qilindi va
ularning umumiy soni - 112 ta, Bularning 13 tasi xorijiy oliy ta’lim
muassasalarining filiallaridir21.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish borasida quyidagilar rejalashtirilgan:
-
akademik soha, o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlash;
-
o‘quv jarayonini tashkil etish;
-
pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini
izlashda oliy o‘quv yurtlari vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning
mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirish.
-
milliy kadrlarning raqobatdoshligini oshirish;
-
Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish;
-
o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga
ko‘maklashuvchi 1999 yil 19 iyundagi Boloniya deklaratsiyasiga qo‘shilish
masalasi ko‘rib chiqish.
-
Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovatsion
yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali
mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya
markazlari va texnologiyalarni joriy etish.
-
fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish;
-
jahonning etakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari
bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash;
-
yangi fan, ilmiy tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni
amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari yaratilmoqda.Yoshlarga oid
davlat siyosatini takomillashtirish. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
«Yoshlarga oid davlat siyosatini takomkomilashtirish» deb nomlaigai alohida band
(4.5-band) kiritilgan. U ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishlaridan birining tarkibida o‘z ifodasini topdi. Unda jismonan sog‘lom,
ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq qatiy hayotiy
nuqtai nazarga ega Yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini
oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga
joylapggirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, Yosh avlodning
ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ruyobga chiqarish, bolalar
va Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya
va sportga keng jalb etish, Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, Yosh oilalar uchun
munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, Yoshlarga oid davlat
siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati na boshqaruvi organlari, ta’lim
muassasalari, Yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish
vazifalari belgilab berilgan.Malumki, 2016 yilning 14 sentyabrida O‘zbekiston
Respublikasining 33 moddadan iborat «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi
O‘RQ-406-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul
qilingan«O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
to‘g‘risida»gi 429-XII-son Qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Qonunlarni qabul qilish
masalaning bir jihati bo‘lsa, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni
ko‘rish uning boshqa bir jixatidir. SHu o‘rinda «Yoshlarga oid davlat siyosati»
tushunchasi nimani anglatishiyi bilib olishimiz lozim. Yoshlarga oid davlat siyosati
deganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda Yoshlarni ijtimoiy jihatdan
shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini
kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-
iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuiiladi. O‘zbekiston
Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni 6-
moddasiiiig 1-qismida «Yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, xududiy va
boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin», deb belgilab qo‘yilgan.
O‘sha moddaning ikkinchi qismida «Davlat dasturlari, xududiy va boshqa dasturlar
Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash, Yosh fuqorolarning shaxsiy, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni taminlaydigan zarur shart-sharoitlarni
yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va
barkamol Yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga
oshiriladi», deyiladi. SHu o‘rinda «Yoshlar» tushunchasining yuridik mazmuniga
to‘xtalib o‘taylik. Xush, Yoshlar deganda qonun hujjatlari kimni nazarda tutadi?
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq,
«Yoshlar (Yosh fuqorolar) - o‘n to‘rt Yoshga to‘lgan va o‘ttiz Yoshdan oshmagan
shaxslar»dir. Yosh oila deganda, er-xotinniig ikkisi ham o‘ttiz Yoshdan oshmagan
oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz Yoshdan,
oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan,
nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) tushuniladi. Yosh mutaxassis deganda,
oliy yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim
muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga
kirgan va malumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha
ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz Yoshdan oshmagan xodim
tushuniladi. Yoshlar tadbirkorligi deganda esa, yuridik shaxs tashkil etmagan holda
Yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, tasischilari Yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida Yoshlarga
oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ana shunday
yo‘nalishlardan biri sifatida Yosh oilalarni manaviy va moddiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
Qonunning 9-moddasida Yoshlarga oid davlat siyosatini ruyobga chiqarishda
ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga ta’limni davlat tomonidan
boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini
boshqarish organlari va sog‘likni saqlash muassasalari, madaniyat va sport ishlari
bo‘yicha organlar, mehnat organlari, prokuratura organlari, ichki ishlar organlari,
adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir qatorda, bu
borada boshqa organlar va muassasalar ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok
etishi mumkinligi belgilab berilgan. SHundan kelib chiqib, Yosh oilalarni qo‘llab-
quvvatlash va uy-joy bilan taminlash maqsadida hududlarda
«Kamolot» uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol Yoshlarga taqdim etish
vazifasi belgilandi. Bunday uylar loyiha-smeta hujjatlari asosida tijorat banklari
kreditlari evaziga quriladi. Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayottan
Yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uy-joylar
bilan taminlanadi va ularga uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi.
O‘zbekiston Prezidentining xalqimiz o‘rtasida, ayniqsa Yoshlar orasida
kitobxonlik ananasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng etibor karatish
bo‘yicha amalga opshrayoggan say-harakatlari diqqatga sazovordir. O‘quvchi
Yoshlarning
mafkuraviy
immunitetini
mustahkamlash
maqsadida
ta’lim
muassasalarida «Men sevib o‘qigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari
tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlar vositasida o‘quvchi Yoshlar turli yot g‘oya va
mafkuralardan himoya qilinadi, ularning mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi
hamda jamiyatda yuksak manaviyatni qaror toptirishga hissa qo‘shiladi. Har bir
tuman markazida kitob do‘konlari ochildi va ular yangi asarlar bilan boyitildi. 40
ga yaqin nomdagi o‘zbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, jahon mumtoz
adabiyoti durdonalari nashr etildi va hududlarda, xususan, respublika axborot-
resurs markazlarida ularning takdimoti o‘tkaziladi. Bunday ezgu ishlarni amalga
oshirishdan adabiyot orqali xalq manaviyatini yuksaltirish, oilaviy kitob o‘qish
ananalarini keng torg‘ib qilish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni
kuchaytirish, Yoshlarni intellektual rivojlangan va manan barkamol qilib voyaga
etkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatiga, kitob mutolaasi madaniyatiga bo‘lgan
etiborni kuchaytirsh maqsad qilib olingan. O‘sib kelayotgan avlodning kitob va
boshqa bosma mahsulotlarga qiziqishini o‘stirish maqsadida O‘zbekiston xalqining
madaniy- marifiy merosi, tarixi bo‘yicha adabiyotlar chiqaruvchi nashriyot uylari,
bosmaxonalar, asar mualliflariga soliq va boshqa preferensiyalar takdim etilmoqda,
iqtisodiy rag‘batlantirish choralari ko‘rilmoqda.
Harakatlar strategiyasiga asosan oliy o‘quv yurtlari kirish sinovlarida chin
etim, etim va nogironlarga imtiyozlar yaratilgan. Davlat taminotidagi etim bolalar,
ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda 1- guruh ko‘zi ojiz nogironlarga ta’lim
olishda keng imkoniyatlar yaratilgan. Ularga oliy ta’lim muassasalariga qabul
qilishda alohida davlat granti ajratgan holda, imtiyozlar belgilangan, hududlarda
ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan.
Alohida takidlash lozimki, uyushmagan Yoshlarning sport bilan muntazam
shugullanishi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu maqsadda
mahallalarda zamonaviy sport maydonchalarini barpo etish, uyushmagan Yoshlar
o‘rtasida musobaqalar tashkil etish (street sport) lozim. Agar jamiyat azolarining
barcha qatlamlari, ayniqsa Yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullansa, bu sog‘lom
avlod to‘g‘risidagi maqsadlarimiz va intilishlarimizning hayotiy ifodasi demakdir.
Barchamizga yaxshi malumki, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
qilishga, Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan uch
bosqichli sport musobaqalari («Umid nihollari»,«Barkamol avlod», «Universiada»)
yo‘lga qo‘yilgan. SHu munosabat bilan sport musobaqalari final bosqichi
o‘tkaziladigan ta’lim muassasalari tamirlanadi va jihozlanadi. Buning natijasida
o‘quvchi Yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lishlari uchun tegishli sharoitlar
yaratiladi.Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishida to‘lov-shartnoma
asosida tahsil olayotgan chin etim, Mexribonlik uyida tarbiyalangan va ota- onasi
ota-onalik huquqidan maxrum qilingan, kam taminlangan oilalardagi iqtidorli
talabalarni rag‘batlantirish maqsadida «Ta’lim granti», «Kasaba uyushmalari
stipendiyasi» loyihalari asosida sti- pendiyalar to‘lash amalga oshirib boriladi.
Ushbu ishlarni tashkil etish natijasida ijtimoiy himoyaga muxtoj, iqtidorli
talabalarga oliy ta’lim muassasasida ta’limni davom ettirish uchun imkoniyat
yaratiladi hamda ularning harakati bilimi va intilishi moddiy-manaviy jihatdan
rag‘batlantiriladi. Iqtidorli Yoshlarni izlab topish, ularni rag‘batlantirish, ijodiy
salohiyatini yuksaltirish va katta sahnalarga olib chiqish, Yoshlar etiborini musiqa
va sanatga qaratish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, Yosh
iqtidorli ijodkorlarni izlab topish va ularning ijodini rag‘batlantirish, Yoshlarni
Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va fidoyilik ruhida
tarbiyalashga xizmat qiluvchi qator festivallar, ko‘rik tanlovlar o‘tkazilmoqda,
davlat mukofotlari joriy etilgan. Masalan, istedodli Yoshlarni ruyobga chiqarish,
kashf etish, sanat olamiga kirib kelayotgan Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash maqsadida «Nihol» mukofoti, iqtidorli qizlar orasida “Zulfiya”
mukofotlari joriy etilgan.
Turli sohalarda mehnat kilib, xalqimiz hurmat-etiboriga sazovor bo‘lgan zamon
qahramonlari faoliyati to‘g‘risida hujjatli filmlar yaratish, ular bilan muntazam
ravishda adabiy kechalar o‘tkazishga doimo etibor berib kelingan. O‘z kasbi
bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan turli soha vakillari faoliyatini targ‘ib qilish
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish, ularni Yoshlarga
namuna sifatida etkazish va keng targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega.
Eshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, ularga tibbiy ko‘rikdan doimiy
o‘tishining ijobiy tomonlarini tushuntirish maqsadida ta’lim muassasalari,
mahallalar hamda tibbiyot punktlarida «Salomatlik kunlari»ni tashkil etish
belgilangan. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi aholi, ayniqsa, Yoshlar orasida
sog‘lom
turmush
tarzi
shakllantirilishiga,
ularning
tibbiy
madaniyati
yuksaltirilishiga hissa qo‘shadi, Yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib voyaga
etkazishda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi. Ota-onalarning pedagogik
madaniyatini, farzand tarbiyasi borasidagi burch va mas uliyatini oshirish
maqsadida fuqarolar yig‘ini huzurida «Ota- onalar universiteti» faoliyatida
foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma va ko‘rgazmali materiallar ishlab
chiqilmoqda, fuqarolar yig‘ini xodimlari va faollari uchun «Yosh avlod tarbiyasida
ota-onalar
masuliyatini
oshirish»
mavzusida
respublika
ilmiy-amaliy
konferensiyasini o‘tkazish choralari belgilangan. Ushbu chora-tadbirlar barkamol
avlodni huquqiy, manaviy- axlokiy jixatdan tarbiyalashda ota-onalarning
savodxonligini oshirish, namunali, ibratli oilalar tajribasini ommalashtirishni,
mavjud ibratli anana va kadriyatlarni saqlash va rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Yoshlarimiz
o‘rtasida
mamlakatimizda
amalga
opgarilayotgan
islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, axlokiy va media madaniyatni
oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, viktorinalar,
tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish, mahallalarda aholi va Yoshlar bilan terrorizm va
diniy ekstremizmga qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazish
muhim ahamiyat kasb etadi va bu borada ham tegishli vazifalar belgilandi.
Notinch oilalar farzandlari, uyushmagan Yoshlar, ish bilan band bo‘lmagan,
«ommaviy madaniyat» tasiriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini
nazoratga olishda ota-onalarning masuliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli
ichimliklar istemol qilish va boshqa illatlar profilaktikasiga oid tadbirlar,
seminarlar o‘tkazish, buklet, plakat, ko‘rgazmali ko‘llanmalar chop etish, ko‘rsatuv
va eshittarishlar tashkil qilish Yoshlarning «ommaviy madaniyat» tasiriga qarshi
immunitetani mustahkamlash, manaviy-axloqiy madaniyatini oshirish, sog‘lom
turmush tarziga, sog‘lom oila qurishga intilishlarini rag‘batlantirishni ko‘zda
tutadi.
Dostları ilə paylaş: |