7-mavzu: Pul va inflyatsiya



Yüklə 145,73 Kb.
səhifə4/8
tarix17.12.2022
ölçüsü145,73 Kb.
#75961
1   2   3   4   5   6   7   8
EC211523-19A3-4F6D-AB6B-D6C36293258F.7-mavzu. Pul va inflyasiya

Taklif inflyatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida, ya’ni tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bо‘ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bо‘lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning о‘sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xomashyo va yoqilg‘i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin kо‘payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga kо‘ra, taklif inflyatsiyasi о‘z-о‘zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi xarajatlarning qо‘shimcha о‘sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning о‘sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar kо‘rish zarur bо‘ladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bо‘lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bо‘ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan о‘sishi aholi qо‘lidagi pulning taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda о‘tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 30% ga kо‘paygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan bо‘lsa, unda aholining real daromadlari 20% ga kamaygan bо‘ladi. Chunki, narxlarning о‘sishi aholi pul daromadlarining о‘sishidan yuqori bо‘lgan (30% - 50% = 20%).
Talab va taklif inflyatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri bilan qо‘shilib ketadi. Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflyatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag‘larini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyatsiyasi kо‘rinishini keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyatsiya boshqarib bо‘lmaydigan inflyatsiya jarayoni bо‘lib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir kо‘rsatadi! Yillik sur’ati bir necha о‘n yoki yuz foizni tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan. F.Kegan giperinflyatsiyaning boshlanishi deb baholarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa baholarning о‘sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan sо‘ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul о‘zining qiymat о‘lchovi va almashinuv vositasi singari funksiyalarini bajarolmay qoladi, iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag‘lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-moddiy boyliklarni jamg‘arishga yо‘naltiriladi.
Inflyatsiyaning real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki kutilmayotganiga ham bog‘liq. Kutilayotgan inflyatsiya sharoitida daromad oluvchi inflyatsiyaning u olayotgan daromadiga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real daromadi darajasini saqlab qolish chorasini kо‘radi.

Yüklə 145,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin