M3 = M2+LQQ+BTM+KMM; Bu yerda: LQQ-likvid qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar, sertifikatlar, xazina majburiyatlari va boshqalar);
BTM - jamoat va byudjet tashkilotlari hisoblaridagi mablag‘lar;
KMM - kapital mablag‘larni moliyalash hisob varaqlaridagi mablag‘lar.
Eng umumlashgan shakldagi «Keng ma’nodagi pullar» M4 bilan belgilangan:
M4 = M3+PBLM; Bu yerda: PBLM — banklarda saqlanayotgan pul bо‘lmagan likvid mablag‘lar (oltin, briliant, kumush, platina va shu kabi qimmatli pul bо‘lmagan mablag‘lar).
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng kо‘p foydalaniladi. Ba’zida M1 tarkibidan naqd pullar — C va M2 hamda M1 farqi sifatida «kvazi pullar» ajratib kо‘rsatiladi.
Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog‘liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq о‘ssa, foiz stavkasining о‘sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq о‘sadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi pulga bо‘lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi: M · V = P · Y Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YAIM.
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bо‘lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u о‘zgarishi mumkin. V doimiy bо‘lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bо‘ladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y M= ----------- V* P · Y – nominal YAIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomila uchun zarur bо‘lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori hamda ularning bahosi о‘zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YAIM о‘zgarishiga bog‘liq. Muomaladagi pul massasining о‘zgarishi, klassik nazariyaga kо‘ra, Y sekin о‘zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir kо‘rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan.