7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
7 - maruza (4)

Uyga vazifa: 
Qushlarning skeleti mavzusini o’qing. 
 
 
 
Qushlar skeleti 
 
Qushlarning skeleti uchishga layoqatlangan bo’lib, erkin oyoqlar va ularning kamar 
skeleti o’ziga xos o’zgarganligi hamda yengil, mustahkamligi bilan xarakterlanadi. Skeletining 
yengilligi naysimon suyaklarini ichi bo’sh bo’lib, havo bilan to’lganligi, mustahkamligi
ko’pchilik suyaklarning juda erta bir-biri bilan qo’shilib ketganligi hamda tuzlar miqdorining 
ko’pligi tufaylidir. Skeleti 4 qismga (umurtqa pog’onasi, bosh skeleti, oldingi va keyingi oyoqlar 
va ularning kamarlari skeleti) bo’linadi. 
Umurtqa pog’onasi 4 ta bo’limga: bo’yin, ko’krak, dumg’aza va dumga bo’linadi. Bo’yin 
bo’limi uzun va juda harakatchan bo’ladi. Bu bo’limning harakatchanligi umurtqalarning 
qo’shilish yuzalarini egarsimon shaklda bo’-lishligiga bog’liq. Bunday umurtqalar geterotsel 
umurtqa deyiladi va faqat qushlarga xosdir. Qushlarning boshi 180

ga, yapaloq qushlarda 270

gacha aylana oladi. 
Bosh skeleti umumiy tuzilishining sxemasiga ko’ra sudralib yuruvchilarning bosh 
skeletiga o’xshash. Ensa bo’limi 4 ta ensa suyagidan tuzilgan, 1 ta ensa bo’rtmasi bor. 
Bosh skeletini ustki tomonidan 1 juft burun, peshona, teppa va tangacha suyaklar yopib 
turadi. 
Oldingi oyoq yirik ichi bo’sh yelka suyagidan, bilak va tirsak suyaklaridan tashkil topgan 
bo’lsa, bilakuzuk kuchli reduktsiyalangan. 
Yelka kamari kurak, korakoid va o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Kurak suyagi uzun 
qilichsimon shaklda bo’lib, qovurg’alarning ustida joylashadi. O’mrov suyaklari oldingi 
tomonda uchlari bilan qo’shilib, qushlar uchun xarakterli bo’lgan ayri suyagini hosil qiladi. 
Keyingi oyoq son suyaklari katta va kichik boldir suyaklaridan tashkil topgan, kichik 
boldir suyagi rudiment holida bo’lib katta boldir suyagiga qo’shilib ketadi. 
Chanoq kamari yupqa yonbosh, quymich va qov suyaklaridan hosil bo’lgan. Quymich va 
qov suyaklarining keyingi uchlari qo’shilmaydi va ochiq chanoq hosil qiladi. Yonbosh suyagi 
murakkab dumg’azani hosil qilishda ishtirok etadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin