Jabra yoriqlaridan iborat.Jabralar orasi qon tomirlar bilan ta’minlagan bo’ladi. Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan. Qon tomirlarda harakatlanadi.Balonogloss qoni rangsiz, gemoglabin mavjud emas. Bir nechta yirik qon tomirlari bor. Qon aylanish sistemasi ochiq.Ventral(qorin) va Dorzal(orqa) qon tomirlari mavjud.Dorzal qon tomiri yoqacha orqali xartumga o’tadi va qon lakunini hosil qiladi.Bu yerda modda almashinuvi mahsulotlari to’planib xartum sellomiga, undan tashqi muhit orqali tashqariga chiqariladi.Dorzal qon tomiri orqali qon oldinga harakatlanadi va qisman jabralarga o’tadigan juft tomirlarga quyiladi.Jabra yoriqlari devorida qon tomirlar lakunar to’rni hosil qiladi va oksidlangan qon qorindagi ichak tomirlariga quyiladi. Qonning asosiy qismi esa xalqum lakuniga keladi va ikkita xalqumoldi qon tomirlaridan o’tib ventral qon tomiriga quyiladi.Ventral tomirlar orqali qon tananing orqa qismiga harakatlanadi va qorindagi ichak yonidagi tomirlar orqali dorzal qon tomirga quyiladi.Qonning qon tomirlari bo’ylab harakatlanishini xartum bilan qon lakuni oralig’ida joylashgan muskulli pufakning ritmik qisqarishi ta’minlaydi. Muskullar qisqarganda pufakcha