145
nerv nayining oldingi qismida murakkab o‘zgarishlar va yo‘g‘onlashuv tufayli bosh miya
shakllanadi, nerv nayining qolgan qismlari esa orqa miyani hosil qiladi. Embrional rivojlanish
davrida nerv nayi embrionning orqa tomonida uzunasiga ketgan botiq shaklida hosil bo'ladi,
ya’ni ektodermadan yuzaga keladi.
3. Halqum devorining ikki yonida qator o ‘rnashgan va halqum bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan
tutashtirib turadigan jabra yoriqlari bo‘ladi. Tuban xordalilarda jabra yoriqlari bir umrga
saqlanadi. Quruqlikda 6 yashaydigan va ikkilamchi marta suv muhitiga o‘tgan umurtqali
hayvonlarda jabra yoriqlari faqat embrion davrida bo'lib, tezda bitib ketadi. Natijada halqumning
keyingi qorin qismidan juft bo‘rtma, ya’ni atmosfera havosi bilan nafas oluvchi organ — o‘pka
rivojlanadi. Hazm qilish organlari xorda yoki umurqalarning ostida joylashgan. Qon aylanish
sistemasini boshqarib turuvchi organ — yurak xordalilar gavdasining qorin tomonida, xorda va
hazm
qilish
nayining
ostida
joylashadi.
i
Yuqorida aytilgan belgilar bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi belgilar ham
xarakterlidir, lekin bu belgilar boshqa ba’zi bir umurtqasiz hayvonlar tiplarida ham uchraydi:
1. Xordalilar, ninaterililar, chala xordalilar, pogonoforalar va qiljag'li chuvalchanglar ikkilamchi
og‘izlilar (Deuterostomia)ga kiritiladi va birlamchi og‘izlilar (Prostomia) guruhiga qarshi
qo‘yiladi. Ikkilamchi og'iz gastrulaning gastropor teshigiga qarama-qarshi tomon devorining
yorilishidan hosil bo'ladi. Bitayotgan gastropor o'rnida esa anal teshigi hosil bo'ladi. Birlamchi
og'izlilarda esa gastropor o‘rnida og‘iz teshigi hosil bo‘ladi, orqa chiqaruv teshigi esa gastrula
devorining
o‘pirilishi
natijasida
hosil
bo'ladi.
2. Embrion taraqqiyot jarayonida ikkilamchi tana bo‘shlig‘i — selom hosil bo'ladi, bu belgi
xordalilardan tashqari ninaterililar, qiljag'lilar, yelkaoyoqlilar, bo‘g‘imoyoqlifar va halqali
chuvalchanglar
uchun
ham
xosdir.
3. Yuksak xordalilarning embrionlarida, tuban xordalilarda, bo'g'imoyoqlilarda va ko‘pchilik
chuvalchanglarda asosiy organlar sistemasining periferik nerv sistemasi, muskullar, skelet,
ayirish sistemasining metamer (segmentli) ravishdajoylashuvi xarakterlidif. Yuksak xordalilarda
metameriya deyarli bilinmaydi.
4. Xordalilar va ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlarning (g'ovaktanlilar va bo‘shliqichlilardan
tashqari) gavdasi ikki tomonlama — bilaterial simmetriyali tuzilgan, ya’ni gavdasini chap va
o‘ng
boiaklarga
ajratadigan
faqat
bitta
yuza
o‘tkazish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: