141
bezning vazifasi oziq hazm qilishga nisbatan anchagina keng. Masalan, jigar moylarni
emulsiyalovchi va boshqa fermentlarni aktivlashtiruvchi o’t suyuqligi ishlab chiqarishdan
tashqari, moddalar almashinuvida katta rol o’ynaydi. Moddalar parchalanishi natijasida hosil
bo’ladigan ba’zi zaharli mahsulotlar
bu erda neytrallanadi, mochevina hosil bo’ladi, glikogen
to’planadi. Oshqozon osti fermentlari oqsillar, yog’lar va uglevodlarni parchalaydi. Shu bilan
birga oshqozon osti bezi ichki sekretsiya organi hisoblanadi. Bu funksiyaning buzilishi
organizmning qanddan foydalanish qobiliyati yo’qolishiga sabab bo’ladi. Natijada og’ir kasallik
– diabet paydo bo’ladi. Nafas olish organlari. Umurtqalilarning nafas olish organlari ikki xil
bo’ladi: jabralar va o’pkalar;
bundan tashqari, ba’zilarida teri orqali nafas olish ham muhim
ahamiyatga ega. Jabra apparati, odatda halqumni tashqi muhit bilan bog’lovchi simmetrik
joylashgan juft yoriqlar sistemasidan iborat. Jabra yoriqlarining oldingi va orqa devorlari
plastinkasimon o’simta hosil qiluvchi shilliq qobiq bilan o’ralgan; o’simtalar jabra
yaproqchalaridan iborat. Yuqorida aytilgan har bir yaproqlarga ega bo’lgan (oldingi va orqa)
jabra yoriqlari devori yarim jabra deb ataladi. Jabra yoriqlari orasida
visseral jabra yoylari
joylashgan (visseral skelet haqidagi bo’limga qarang). Shunday qilib, har bir jabra yoyi har xil
ikkita jabra yorig’ining yarim jabralari bilan, ya’ni bir yoriqning oldingi yarim jabrasi va
ikkinchi yoriqning orqa yarim jabrasi bilan tutashgan. Jabra yoriqlari halqumdan tashqariga
qarab o’suvchi juft entodermal o’simtalar sistemasi sifatida hosil bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda
tashqi qavatning entodermal o’simtalari ham hosil bo’la boshlaydi. Bu o’simtalar bir-biriga
qarama-qarshi o’sib, keyin o’zaro birlashadi. Binobarin, jabra yoriqlari ento va ektodermal kelib
chiqishga ega. Odatda, jabra yaproqlari ektodermal murtakdan hosil bo’ladi. Faqat to’garak
og’izlilarda va qalqondorlarda ular entodermadan hosil bo’ladi.
Quruqlikda yashovchi
umurtqalilarning nafas olish organi o’pka. U hiqildoq orqali halqumga ochiladigan bir juft
xaltachadan iborat. O’pka embrional rivojlanish davrida halqum devorining qorin tomonida
paydo bo’ladigan bo’rtmalar sifatida hosil bo’lib, entodermal kelib chiqishga ega.
Rivojlanishining boshlang’ich davrlarida o’pka jabra yoriqlarining bir juft ichki, ya’ni
entodermal boshlang’ichini eslatadi. Shu holat va jabra bilan o’pkaning qon ta’minotidagi
o’xshashlik o’pka jabra xaltasining oxirgi juftiga gomologik ekanligidan dalolat beradi. Qon
aylanish organlari. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi bosh suyaksizlarniki kabi
yopiq. U o’zaro bog’liq qon tomirlardan iborat bo’lib, oddiy sxemada ikki oqimga bo’linishi
mumkin: elka oqimida qon boshdan dumga qarab oqsa, qorin oqimida
teskari tomonga qarab
oqadi. Bulardagi qonning harakati yurak faoliyatiga bog’liq.
Xordalilarni tashqi va ichkiorganlarining tuzilishi bilan tanishib bo’lgach, quyidagi rasmlarni
albomga chizib oling.
1. Xordalilarning barcha organ va sistemalarining yon tomondan ko’rinishi).
2. Xordalilarning halqumining ko’ndalang kesimi.
3. Xordalilarning ichagining ko’ndalang kesimi.