torayadi, sinus bo’shlig’I kengayib qon bilan to’ladi. Muskullar bo’shashganda esa pufakcha kengayadi, sinuslardagi qon bosim bilan halqumoldi halqa tomirlariga haydab chiqariladi. Ayirish sistemasi Selomda joylashgan buyraklardandan iborat. Tuban vakillarida ayirish organi 2 juft kiprikli naychadan iborat.Naylar halqum va yoqacha selomlarida boshlanadi.Xartumdagi naylar xartumning orqa tomoniga, yoqachadagi naylar esa Jabra yoriqlariga ochiladi. Nerv tizimi Orqa va qorin tomonda joylashgan asosiy nerv stvollaridan iborat. Qorin nerv stvoli kuchsiz rivojlangan.Orqa nerv stvoli nisbatan kuchli rivojlangan bo’lib, umurtqali hayvonlarning orqa miyyasi bilan qiyoslash mumkin. Orqa nerv stvoli xartumchaga kirib boradi va nevrozel tugunini hosil qiladi.Bunday markaziy nerv sistemasi bilan bir qatorda terida juda ko’p nerv hujayralari ham mavjud.Ammo sezgi organlari rivojlanmagan.Terisida yorug’likka va mexanik ta’sirga ega sezgir hujayralari bor. Jinsiy tizmi
150
Jinsiy tizimi soda tuzilgan.30 juftdan ortiqroq jinsiy bezlari ichagining ikki yonida, tananing markazida joylashgan.Jinsiy hujayralari tashqi muhitda urug’lanadi.Tuxumdan lichinka rivojlanadi.Ayrim jinsli ammo jinsiy dimorfizim rivojlanmagan.Ba’zi turlari bo’linib ko’pyadi. Rivojlanishi Tuxum to’liq va tekis radial bo’linib blastulani, keyin