Munozara yordamida mavzuni mustahkamlash
Quyidagi savollarga og’zaki javob bering.
1. Dumli amfibiyalarga xos belgi va xususiyatlarni ayting.
2. Oyoqsiz amfibiyalarning o’ziga xos belgi va xususiyatlar nimalardan iborat?
3. Dumsiz amfibiyalarning yashash sharoitiga ko’ra ekologik guruhlarini ayting?
36
4. Amfibiyalarning oilagacha bo’lgan sistematik guruhlarini ayting.
5. Amfibiyalarning amaliy ahamiyati nimalardan iborat?
Mavzu bo’yicha bilimlarni tekshirish
Chiqish testlarini ishlang:
1. Amfibiyalarga xos bo’lgan xarakterli belgilarni ko’rsating.
A-juft harakat organlari
besh barmoqli tipda tuzilgan oyoqlardan iborat, B-nafas organlari teri va o’pka, V-yuragi 3
kamerali, G-gomoyoterm hayvonlar, D-poykiloterm hayvonlar, Ye-haqiqiy quruqlik
umurtqalilari, J-dastlabki quruqlik umurtqalilari, Z-butun ontogenezi quruqlik muhitida o’tadi, I-
ontogenezida muhit almashinadi.
2. Dumli amfibiyalarga xos bo’lgan xarakterli belgilarni ko’rsating.
A-tanasi uzunchoq,
B-tanasi kalta va keng, V-dumi, oldingi va orqa oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan, G-oyoqlari
yaxshi taraqqiy etgan, D-oyoq va oyoq kamarlari yo’q, Ye-umurtqa tanalari amfitsel yoki
opistotsel, J-umurtqa tanalari protsel tipda, Z-nog’ora pardasi yo’q, I-nog’ora pardasi bor, K-dum
umurtqalari bitta urostil suyagi ko’rinishida, L-kopulyativ organi bor, M-ichki urug’lanadi, N-
tashqi urug’lanadi, O-hidlov organlari yaxshi taraqqiy etgan, P-yon chiziq organlari saqlanib
qolgan, R-ko’zlari murtak xolida.
3. Oyoqsiz amfibiyalarga xos bo’lgan xarakterli belgilarni ko’rsating.
(2-topshiriq).
4. Dumsiz amfibiyalarga xos bo’lgan xarakterli belgilarni ko’rsating.
(2-topshiriq).
5. Amfibiyalarning turkumlari va ularga mansub turlarni juftlab yozing
. 1-Dumlilar, 2-
Oyoqsizlar, 3-Dumsizlar, A-baqa, kvaksha, B-chervyagalar, V-salamandra va tritonlar.
1
2
3
4
5 1-
2-
3-
Uyga vazifa:
Reptiliyalarning tuzilishi
mavzusini o’qing.
|