53
8-MAVZU:Baliqlarni aniqlagichlarasosida aniqlash
Darsning maqsadi:
Hozirgi zamon baliqlar sistematikasi haqidagi
bilimlarni mustahkamlash,
baliqlarning xilma-
xilligi va xarakterli belgi-xususiyatlarini solishtirib o’rganish.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Hozirgi zamondagi baliqlar bir-biridan uzil-kesil farq etadigan ikkita gruppaga: tog’ayli
baliqlar
(Chondrichthyes) va suyakli baliqlar (Osteichthyes) ga bo’linadi.
Tog’ayli baliqlarda suyak yo’q, shunga ko’ra ularning ichki skeleti nuqul tog’aydan
iborat. Ular bir xilda bo’lmagan ikki gruppaga: sodda tuzilishdagi skeletni saqlab qolgan, lekin
urchish organlari va nerv sistemasi ancha takomil etgan plastinka jabralilar yoki akulasimonlarga
(Elasmobranchii) hamda kichikroq gruppa bo’lgan ximeralar
yoki yaxlit boshlilarga
(Holocephali) bo’linadi.
Yaxlit boshlilarning yuqori jag’i miya qutisi bilan qo’shilib ketishi natijasida asosiy ovqati
– mollyuskalarning qattiq chig’anoqlarini maydalash uchun yetarli darajada mustahkam bo’lib
qolgan.
Suyakli baliqlarda ancha takomil etgan tashqi (teridan hosil bo’lgan)
suyak skelet ham,
ko’pchiliklarida ichki suyak skelet ham bo’ladi, ular jabra qopqoqlarining
yordamida jabra bilan
nafas oladi, bundan tashqari, suzgich pufakchalari ham bor. Suyakli baliqlar ichida eng ko’p takomil
etgani suyakdor baliqlardir (Teleostei), bu gruppaga barcha baliqlarning qariyib 90% i kiradi.
Suyakli baliqlar sistematikasi haqida ixtiologlar har xil fikrdalar.
Ixtiologlar suyakli baliqlarni ko’pincha 4 ta kenja sinfga: tog’ay-suyaklilar (Chondrostei),
shu’la qanotlilar (Actinopterygii), ikki xil nafas oluvchilar (Dipnoi) va cho’tka
qanotlilar
(Crossopterygii) bo’ladilar.
Dostları ilə paylaş: