7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


MAVZU : Qushlarning tashqi tuzilishi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
7 - maruza (4)

MAVZU
:
Qushlarning tashqi tuzilishi
 
 
Darsning maqsadi:
Qushlarning muhit sharoitiga mos ravishda xilma-xilligi va tana 
qoplamini o’rganish bilan qushlarning uchishga moslashishi haqida tushunchalar hosil qilish. 
Qushlarning pat va par qoplami tuzilishi va ularning ahamiyatini o’rganish. 
 
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar. 
Morfologik tuzilishiga ko’ra qushlar oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi, 
gavdasining pat bilan qoplanganligi, yuragining to’liq 4 kamerali bo’lganligi, bosh skeletida 1 ta 
ensa bo’rtmasining bo’lishligi va chanoq buyragining borligi bilan xarakterlanadi. Qushlarning 
bu xususiyatlari ularni Yer sharida nihoyatda keng tarqalishiga va xilma-xil yashash joylarida 
hayot kechirishiga imkon beradi. 
Qushlarning uchishga moslashgan belgilari quyidagilardan iborat: 1. gavdasining suyri 
shaklda bo’lishligi; 2. oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi; 3. murakkab pat qoplamining 
bo’lishligi; 4. suyaklarining yengil bo’lib, naysimon suyaklarining ichi g’ovak bo’lishligi; 5. 
havo xaltachalarining bo’lishligi; 6. jag’larida tishlari bo’lmasligi; 7. to’g’ri ichakning 
reduktsiyalanib ketganligidir. 
Qushlar gavdasining patlar bilan qoplangan qismi pteriliy deb ataladi. Bularning orasida 
patsiz ochiq, – apteriya deb ataladigan joylari bor. Bu muskullarning uchish vaqtida qisqarishi 
uchun qulaylik tug’diradi. Shuning uchun apteriya uchuvchi qushlarda bo’ladi. 
Pat tuzilishi va funktsiyasiga ko’ra har xil bo’ladi. Qushning tanasini qoplab olgan pat 
kontur patlar deyiladi. 
Kontur patlarning ba’zilari qanotning keyingi yuzasiga joylashgan bo’lib, bular qoquv 
patlari deyiladi. Dum suyagiga birikkan uzun patlar rul patlari deyiladi. 
Kontur patlarning tagida mayda parsimon patlar joylashadi. Bu patlarning tanasi ingichka 
bo’lib, yelpig’ichlarida ilmoqchalari bo’lmaydi. Ba’zi hollarda pat dastasi juda kam bo’lib, 
yelpig’ichlari bog’lam bo’lib chiqadi. Bunday pat haqiqiy par deyiladi. Bu patlar suvda 
yashovchi qushlarda ko’p bo’lib, tana haroratini saqlashda katta rol o’ynaydi. Og’iz 
burchaklarida, qovoqda ba’zan qilsimon patlar joylashadi. Bu patlar faqat pat dastasidan tashkil 
topgan va tuyg’u vazifasini bajaradi. 
Qushlarning patlari juda yengil, pishiq va havo bilan issiqlikni yomon o’tkazadigan 
qoplag’ichdirki, bu gavda harorati doimiy shu bilan birga yuqori bo’ladigan uchar jonivorlar 
uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, patlar qush gavdasini suyri shakliga kiritadi, qoquv 
patlari esa uchish apparatining muhim qismini tashkil etadi. Kontur patlar esa qushni har xil 
mexanik ta’sirotlardan himoya qiladi. 
Qushlarning patlari odatda bir yilda 1 yoki 2 marta to’liq yoki qisman yangilanib tullab 
turadi. Bu vaqtda eski patlar tushib, ularning o’rniga yangisi rivojlanadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin