7-mavzu. Tafakkur reja


Ko’rgazmali-obrazlitafakkur



Yüklə 199,05 Kb.
səhifə12/16
tarix02.04.2023
ölçüsü199,05 Kb.
#92506
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
7-мавзу

Ko’rgazmali-obrazlitafakkurturi ham psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. "Psixologik lug’at"da ta'riflanishicha u konkret tafakkurning bevosita idrok qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat bo’lgan turi. Professor E.G’oziev fikricha, bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko’rgazmali-obrazli tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-obrazli tafakkur esa ko’rgan kechirgan narsalar va hodisalarning aniq obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirilib bilvosita aks ettirishimizdir, deb talqin qilinadi. Tafakkurning mazkur ko’rinishi 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ko’rgazmali-obrazli tafakkur bosqichiga o’tgandan so’ng ham saqlanib qoladi, lekin u o’zining yetakchi rolini yo’qota boshlaydi.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko’pincha boqcha yoshidagi bolalarda, ya'ni 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda paydo bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan alohasi avvalgidek to’g’ri va bevosita bo’lmaydi. Bog’cha yoshidagi bolalar faqat ko’rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo’lmaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalarda tushunchalarning yo’qligi shveysariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo’ladi. 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil, hajmi jihatidan teng 2 ta soqqa ko’rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalarning ko’z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. Endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko’p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko’rgazmali-obrazli tafakkurlari hali ularning idroklariga bevosita to’la bo’ysunadigan bo’ladi. Ularning ko’rgazmali-obrazli shaklda o’tadigan tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non shaklidagi xamir ko’proq degan xulosaga olib keladi.
Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va predmetlarning ko’zga yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e'tibor qiladilar. Lekin ularning ichki bog’lanishlari o’zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim asosiy sifatlariga ahamiyat bermaydilar. Ob'ektlarni fazoda joylashgan o’rni tashqi, nomuhim belgisi ularning ko’rgazmali-obrazli tafakkurini vujudga keltiradi. Masalan, ularning nazarida odamlarni bo’yining baland va pastligi ularning yoshini belgilaydi.
Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuisiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to’satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi.
Ko’pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolarni yechish jarayoni. Bundan tashqari ixtiyoriy tafakkurga mantiqiy yoki nazorat (kontrol) tafakkuri ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy va sinchkov bo’lishni taqazo etadi. Binobarin, narsa va hodisalarni atroflicha bilish uchun ob'ektiv baho berish zarurati tug’iladi, bu esa o’z navbatida fikr yuritish ko’lami keng, analitik-sintetik faoliyat doirasi mustahkam bo’lishini talab qiladi.
Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo’lishi va ularga beixtiyoriy javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson fikr yurityaptimi yoki yo’qmi buni bilish qiyin, vaholanki, u o’zicha go’yo savollarga javob topadiganday, shirin his-tuyg’ularni boshdan kechirayotganday bo’ladi, shuning uchun ko’pincha "tilimning uchida turibdi" deyiladi. Odamlar qandaydir matn yoki muammo, masala ustida bosh qotirib, o’tirganlarida fikr yuritish mutlaqo beixtiyor ro’y berib qoladi va ular asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi.
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar ma'lumki, yirik ilmiy kashfiyotlar ko’pincha xuddi shunday beixtiyor fikr qilib turgan mahalda to’satdan ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed solishtirma og’irlik qonunini zo’r berib, aqliy mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada cho’milib turgan paytida kashf etgan. Ulug’ rus olimi D.I.Mendeleevning hikoya qilishicha, u elementlar davri tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kecha-yu, uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza olmagan. Undan so’ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko’rgan. Shunda D.I.Mendeleev uyqudan, uyg’onib, bir parcha qog’;ozga tushida ayon bo’lgan jadvalni ko’chirib qo’ygan.
Ko’pincha psixolog va fiziologlarning ta'kidlashlaricha, muammoning bunday oson ravishda echimini hech kutilmaganda yuqoridagi kabi beixtiyor hal qilinishi shu kashfiyotlar olam yuzini ko’rganicha bo’lgan davr ichida oylab, yillab qilingan mehnatning yakuni, ya'ni tugallanmay qolgan tafakkur jarayonlarining nihoyasiga yetishidir deb baholamoqda.
Yirik fiziolog hamda psixolog V.M.Bexterevning izoqlashicha, bunday kutilmagan jarayonlarning ro’y berishiga asosiy sabab bu o’rganilayotgan masala to’g’risida uxlashdan oldin zo’r berib bosh qotirish, o’ylash (fikr yuritish) va butun zehni shuning bilan birga diqqat-e'tiborining tortilishi, kashf qilinishi zarur masalaga to’la-to’kis yo’nalishidan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan murakkab barqaror psixik holati hukm surishidir.
Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa-hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish mumkin bo’lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o’z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish ob'ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur deb ataladi.

Yüklə 199,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin