7-mavzu: zamonaviy(amaliy) moliyaviy vositachilar reja: Banklar va kredit uyushmalari. Sug‘urta korxonalari



Yüklə 402,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix20.12.2022
ölçüsü402,34 Kb.
#76828
1   2   3   4   5   6
19 Zamonaviy(amaliy) moliyaviy vositachilar reja Banklar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi 
Moliyaviy vositachilar 
O’zaro fondlar 
Banklar 
Kredit 
uyushmalari 
Aktivlarni 
boshqaruvchi 
firmalar 
  
Axborot xizmatlarini ko’rsatuvchi firmalar 
Venchur 
kompaniyalariga 
kapital qo‘yuvchi 
firmalar  
Sug’urta 
kompaniyalari 
Pensiya 
fondlari 
Investitsion 
banklar 


396 
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funk-tsiyalarni 
bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni 
o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni 
taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta korxonalari funksiyalarini 
ham bajaradilar. Masalan, Germaniyada universal banklar deb nomlanuvchi 
banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli 
barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.
Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi 
moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari 
qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya
bo‘yicha universal bank hisoblansada, uning funk-tsiyalari, odatda qimmatli 
qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga 
kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiyalaridan ozginaga farq qiladi, xolos. 
2. Sug‘urta korxonalari 
Sug‘urta korxonalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy 
funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish 
orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma 
sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar 
yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz 
hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan 
hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga 
kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi 
polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot 
etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga 
kiradi. 
Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firmalarning aktivi 
hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta korxona-larining qarzdorlik 
majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz 
tomonidan to‘lanadigan pullar sug‘urta mukofoti deyiladi. Mijozlar sug‘urta 
mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval to‘laganlari sababli, sug‘urta korxonalari 
ushbu pul mablag‘larini ma’lum vaqt mobaynida ishlatadilar. Bu muddat bir 
yildan kam bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi 
ham mumkin. Sug‘urta korxonalari mijozlardan olgan sug‘urta mukofotlarini turli 
xil moliyaviy aktivlarga: aksiyalar, obligatsiyalar va ko‘chmas mulkka qo‘yadilar. 

Yüklə 402,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin