7-mavzu: zamonaviy(amaliy) moliyaviy vositachilar reja: Banklar va kredit uyushmalari. Sug‘urta korxonalari



Yüklə 402,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix20.12.2022
ölçüsü402,34 Kb.
#76828
1   2   3   4   5   6
19 Zamonaviy(amaliy) moliyaviy vositachilar reja Banklar

4. O‘zaro fondlar 
Bir guruh investorlar tomonidan sotib olinadigan va professional investitsiya 
korxonasi yoki boshqa biror moliya muassasasi tomonidan boshqariladigan 
aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa aktivlarning (birgalikda ular “investitsiya 
portfeli” deb ataladigan aktivni tashkil etadilar) tashkiliy shakllantirilgan to‘plami 
o‘zaro fond (mutual fund) deb ataladi. Bunda har bir mijoz fonddagi har qanday 
daromad taqsimotida o‘zidagi qimmatli qog‘ozlar miqdoriga proporsional 
ravishda ma’lum ulushga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi va o‘z ulushini 
istagan vaqtida bozor bahosida sotishi mumkin. 
Bunday fondni boshqaradigan korxonahar bir investor ixtiyorida qancha 
miqdorda qimmatli qog‘oz borligini va u fond qoidalariga muvofiq olingan 
daromadning qancha qismini qayta investitsiya qilishini nazorat qiladi. O‘zaro 
fondlar kapital bo‘linishini, hisob olib borilishini va daromad qayta investitsiya 
qilinishini, shuningdek mablag‘lar va risklar diversifikatsiya qilinishi uchun 
samarali mablag‘larni ta’minlaydi.
O‘zaro fondlarning ikkita asosiy turi mavjud: ochiq va yopiq. Ochiq turdagi 
o‘zaro fondlar o‘zlari emissiya qilgan aksiyalarni bir aksiya hisobidan sof aktivlar 


398 
bahosi (NAV – net asset value) bo‘yicha sotish va sotib olish majburiyatini o‘z 
zimmalariga oladilar. NAV ko‘rsatkichini hisoblash chiqish uchun fond 
portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga 
chiqargan barcha aksiyalar soniga bo‘linadi. Oxirgi ko‘rsatkich ochiq turdagi 
fondlarda uning ishtirokchilari fondning yangi aksiyalarini sotib olishlari va 
eskilarini sotishlari sayin har kuni o‘zgarib turadi. 
Yopiq turdagi fondlar bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi bo‘yicha o‘z 
aksiyalarini sotmaydilar va emissiya qilmaydilar. Bunday fondlarning aksiyalari 
boshqa oddiy aksiyalar singari brokerlar orqali sotiladi va ularning bahosi bir 
aksiya hisobidan sof aktivlar bahosidan farq qiladi.

Yüklə 402,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin