Agar transformatorning ikkilamchi chulg'amidagi kuchlanish birlamchi chulg'amidagi kuchlanishdan katta bo'lsa, bunday transformator yuksaltiruvchi transformator deb ataladi. Yuksaltiruvchi transformatorda n2 > n1 va U2 > U1 bo'ladi. Agar transformatorning ikkilamchi chulg'amidagi kuchlanish birlamchi chulg'amidagi kuchlanishdan kichik bo'lsa, bunday transformator pasaytiruvchi transformator deb ataladi. Pasaytiruvchi transformatorda n2 < n1 va U2 < U1 bo'ladi.
Transformatorda energiyaning aylanishi Transformator birlamchi chulg'amidagi ma'lum kuchlanishli elektr energiyani ikkilamchi chulg'amdagi boshqa kuchlanishli elektr energiyaga aylantiradi. Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg'amlaridagi tokning quvvati mos ravishda quyidagiga teng: P1=I1U1 va P2=I2U2.
Elektr zanjirlarida bir turg‘un holatdan ikkinchi turg‘un holatga o‘tishda paydo bo‘ladigan elektromagnit jarayon o‘tkinchi jarayon deb ataladi. O‘tkinchi jarayon tugashi bilan elektr zanjiri holati oldingi holatidan, masalan, sxemaga ta'sir etuvchi EYK, sxema parametrlarining qiymati, kuchlanish yoki tok amplitudasi, fazasi, shakli yoki chastotasi o‘zgarishi bilan farq qiladi. Elektr zanjirlarida o‘tkinchi jarayonlar kommutatsiya natijasida sodir bo‘ladi. Kommutatsiya - bu elektr zanjirida ulash jarayonidir. Kommutatsiya oniy vaqt davomida sodir bo‘ladi. Fizik jihatdan o‘tkinchi jarayon zanjirning kommutatsiyagacha bo‘lgan energetik holatidan kommutatsiyadan keyingi energetik holatiga o‘tishdir. Agar zanjirda energiya yig‘uvchi elementlar, ya'ni induktiv g‘altak va kondensator bo‘lsa, o‘tkinchi jarayon ma'lum vaqt davom etadi. Zanjirning har bir ishchi holatiga uning elektr va magnit maydonlarida ma'lum energiya zahirasi mos keladi. Zanjirning bir holat(rejim)dan ikkinchi holat(rejim)ga o‘tishi unda to‘plangan energiyalar o‘zgarishi (ortishi yoki kamayishi) ga olib keladi.
Zanjir induktiv g‘altagida to‘plangan magnit maydoni energiyasi va kondensatorda to‘plangan elektr maydoni energiyasi o‘z qiymatlarini sakrab o‘zgartira olmaydi, chunki bunday o‘zgartirish uchun manbadan cheksiz katta quvvat iste'mol qilish talab qilinar edi. Bu esa fizik nuqtai nazaridan mumkin emas. Shuning uchun ham induktiv elementga ega bo‘lgan shoxobcha uzilganida uzilish joyida elektr yoyi hosil bo‘ladi va unda induktiv elementda to‘plangan magnit maydoni energiyasi sarf bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash zaryadlangan kondensator qismalari o‘zaro qisqa tutashsa, shu joyda elektr yoyi hosil bo‘ladi va unda ham kondensator elektr maydonida to‘plangan energiya sarf bo‘ladi. Amalda o‘tkinchi jarayon vaqti elektrotexnik zanjirlarda soniyalar ulushini tashkil etsa, nazariy jihatdan o‘tkinchi jarayon vaqti gacha davom etadi. Elektr zanjirining kommutatsiya (boshlang‘ich) ondagi rejimi boshlang‘ich holati deyiladi va shu holatga nisbatan o‘tkinchi jarayon odatda analitik yoki ossillografik tahlil etiladi.