7-Seminar mashg‘uloti. Adabiy tur va janrlar estetikasi Reja



Yüklə 31,46 Kb.
səhifə3/3
tarix25.02.2023
ölçüsü31,46 Kb.
#85570
1   2   3
4-mavzu nazariya sem. sirtqi

Mustaqil ta’lim
Ozod Sharafiddinovning “Dovondagi o‘ylar” kitobini o‘qib o‘rganish.
Adabiyot:
1.Sharafiddinov O. Dovondagi o‘ylar. – T.: “Ma'naviyat”, 2004. – 528 b.


Nazorat savollari:
1.Ijodiy metod nima?
2.Realizm va romantizm ijodiy metodlari qaysi jihatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi?
3.Klassitsizm, sentimentalizm, syurrealizm yo‘nalishlari qanday o‘ziga xos jihatlarga ega?


Test savollari

1

San'at va adabiyotda hayotni badiiy aks ettirish tamoyillari nima deyiladi?

*Metod

Kompozitsiya

Syujet

Fabula

2

Badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari nima deyiladi?

*Metod

Fabula

Majod

Badiiy to‘qima

3

Ijodkor shaxsi bilan bog‘liq kategoryani belgilang

*Uslub

Badiiy to‘qima

Fabula

Motiv

4

Qaysi termin so‘z vositasida yaratilgan og‘zaki va yozma ma'naviy qadriyatlarni ifodalaydi?

*Slovesnost

Folklor

Literatura

Poetika

5

San'at va adabiyotda hayot voqyeligining muayyan davr va muhit uchun eng xarakterli jihatlarini umumlashtirish nima deyiladi?

*Tipiklashtirish

Realizm

Modernizm

Badiiy to‘qima

6

Qaysi ijodiy metod klassitsizmga xos “tabiatga taqlid” va undan kelib chiquvchi haqiqatga monandlik talablarini inkor qiladi?

*Romantizm

Realizm

Sentimentalizm

Ma'rifatchilik realizmi

7

Qaysi yo‘nalish ijodkoni muayyan qoidalar doirasida cheklab qo‘yadi?

*Klassitsizm

Sentimentalizm

Syurrelazim

Romantizm

8

Ideallashtirish qaysi ijodiy metodga xos umumlashtirish prinsipi sanaladi?

* Romantizm

Realizm

Klassitsizm

Modernizm

9

Tipiklashtirish qaysi ijodiy metodga xos umumlashtirish prinsipi sanaladi?

*Realizmga

Romantizmga

Modernizmga

Klassitsizmga

10

Kim qahramon taqdiri va egallagan mavqyeining uning o‘ziga nomuvofiqligi roman janrining markaziy muammolaridan biridir, deydi?

*M.Baxtin

P.Shelli

K.Yung

J.Joys



Tarqatma material
Abdulla Oripov
Salom-alik

Umrimdan ming marta roziman, biroq,


Gohida ko‘ksimni ortiq keribman.
Yoshlik – g‘o‘rlik ekan, anglamay ko‘proq,
Katta shaytonlarga salom berbman

Vaqtning tezligiga hayron qolaman,


Va kulib qarayman buning bariga.
Endi yoshim ulug‘, alik olaman,
Kichik shaytonlarning salomlariga. (37-bet)


Tashqivot

Tashviqot miyani to‘yintiradi,


Muzday suvlarga yuvintiradi.
Tirik avliyoni ko‘chaga haydab,
Ichi bo‘sh qabrga sig‘intiridai. (134-bet)


Vatan sevgisi

Sev Vatanni, sevgin barini,


Tog‘larining qahrigacha sev.
Hukm deb bil ixtiyorini,
Cheksiz, tubsiz g‘origacha sev.

Vatan mehri bo‘linmas aslo,


U hammaga barobar nurday.
Vatandoshman, deganning ammo
Sevib bo‘lmas barchasin birday.


Tuyg‘u

Hayratlanur ko‘zlar,


Hayratlanur qalb,
O‘zi shundoq bo‘ir yoshlik mahali.
Lekin hayratingni qo‘ymagin sarflab,
Ulug‘ mo‘jizalar oldinda hali.

Hayotda duch kelar turfa vaziyat,


Ko‘zlaring nogahon yosha to‘lajak.
Uni ham, mayli, sen bir nafas to‘xtat,
Xursand chog‘laringda kerak bo‘ladi.

Boshqa bir tuyg‘u ham mavjuddir birq,


U ketsin dil degan toza gulshandan.
Azizim, g‘azabdan forig‘ bo‘l tezroq,
Ruhingni xalos et faqa o‘shandan. (32-bet)


Adabiyot: Oripov A. Everest va ummon. – T.: “O‘zbekiston”, 2015. – 336 b.
Yüklə 31,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin