7-sinf “Jahon tarixi” fanidan eng yangi test variantlari (2017 – yilgi nashr asosida) I bob. O’rta asrlarning ilk davri



Yüklə 116,05 Kb.
səhifə1/15
tarix02.01.2022
ölçüsü116,05 Kb.
#47382
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
mavzulashtirilgan test M.M.Turdiyev 7 Jahon 2021-2022



7-sinf “Jahon tarixi” fanidan eng

yangi test variantlari

(2017 – yilgi nashr asosida)

I bob. O’rta asrlarning ilk davri

1-§. German qabilalari va Rim imperiyasi.2--§.Franklar davlatining tashkil topishi

1. Quyidagi qaysi hudud ma’rifatparvar olimlari insoniyat tarixini “qadimgi tarix”, “o’rta tarix” va “yangi tarix” larga bo’lib o’rganishni taklif etishgan?

A) Italiyalik B) Germaniyalik C) Arabistonlik D) Vizantiyalik

2. O’rta asrlarda ma’lum xizmat evaziga qirol tomonidan berilgan va meros bo’lib qoladigan yer-mulkka … deyilgan.

A) feod B) benefitsiy C) konung D) senyor

3. O’rta asrlarda “Osiyo” (a) va Afrika (b) da yer egaligi munosabatlaidagi o’ziga xos xususiyatlarni ko’rsating.

1) davlat hukmdori yerning oliy egasi hisoblangan; 2) yog’ingarchilik ko’p bo’lganligi sabab dehqonchilik rivojlangan; 3) yer egalari uchun yerlarning hammasini dehqonlarga ijaraga bo’lib berish foydali hisoblangan 4) yer egasining yerini ishlab berish majburiyati bo’lgan; 5) o’troq dehqon hamda ko’chmanchi qabilalar, xalqlar o’rtasidagi munosabatlar muhim o’rin tutgan; 6) davlat hukmdorlari va katta yer egalari yerlarini dehqonlarga ijaraga bo’lib berganlar

A) a-1,2,3 b-4,5,6 B) a-1,3,4 b-2,5,6 C) a-1,3,5 b-2,4 D) a-1,2,3,4 b-5,6

4. O’rta asrlarda Movarounnahrga Mo’g’ullar bosqinini yodga oling. Quyidagi qaysi hududni egallagandan so’ng mo’g’ullarning har bir askariga 24 nafardan asir to’g’ri kelgan?

A) Buxoro B) Samarqand C) Urganch D) Xorazm

5. Yevropada xalqlarning buyuk ko’chishlari boshlangan davrda bo’lib o’tgan voqeani belgilang.

A) Yevropada iqlimning soviy boshlashi B) dastlabki varvarlar davlati – Vestgot qirolligi tashkil topdi

C) Xitoyda kitob bosish dastgohining yaratilishi D) bahorgi va kuzgi bug’doy o’rniga dukkakli ekinlar ekish hamda haydalgan yerni ikki dalaga bo’lish yo’lga qo’yildi

6. Germanlarda O’rta asrlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari taraqqiy etgan?

A) to’qimachilik, yog’ochsozlik(xususan, qayiq yasash), zargarlik, teri-ko’nchilik

B) hunarmandchilik, savdo-sotiq, qayiqsozlik, baliqchilik C) to’qimachilik, yog’ochsozlik, baliqchilik

D) matoga gul bosish, tovar ayriboshlash, savdo-sotiq

7. Zodagonlarning oliy vakil hisoblangan - konung atamasi quyida qaysi qabila ijtimoiy tuzumida harbiy yo’lboshchi hisoblangan?

A) Vandallarda B) Franklarda C) Normannlarda D) Angl-sakslarda

8. German qabilalarida qaysi davrga kelib, mulkiy tengsizlik kuchayib, jamoalar boylar va kambag’allarga ajrala boshladi hamda zodagonlar, erkin kishilar , yarim ozod kishilar toifasi shakllandi?

A) Milodiy IV asrda B) Milodiy IV-V asrlarda C) Milodiy II asrda D) Milodiy II-IV asrlarda

9. Milodiy asr boshlarida bo’lib o’tgan qanday omil germanlar xo’jaligida dehqonchilikning ahamiyatini oshirishgan?

A) aholi soni ko’payishi B) xristianlikni qabul qilinishi C) Rim madaniyati bilan tanishuv D)qabila ittifoqlariga birlashuv

10. Qachonga kelib Yevropada yangi – feodal jamiyatga o’tish davri boshlandi?

A) milodiy V asr boshlarida B) milodiy 476-yil C) milodiy II asrda D) german qabilalari qabila ittifoqlariga birlasha boshlaganda

11. Qadimgi german qabilalari (farnklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) qaysi daryo havzalarida joylashganlar?

A) Visla va Elba B) Dnepr va Dunay C) Ural va Volga D) Reyn va Elba

12. Xlodvig qachon franklar davlatiga asos soldi?

A) 486-yil B) 476-yil C) 561-yil D) 584-yil

13. Davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xlodvigning vorislari boshqaruv paytida qirollar qanday yo’lni tutgan edilar?

A) yangi qonun chiqarilib, u o’g’il voris bo’lmasa, yerni avvalgidek jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o’tish huquqini tasdiqladi B) “Sali haqiqati” ni qabul qilinishi bilan C) alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga benefitsiylar taqdim etganlar D) mamlakat viloyatlarga bo’linib, ularni qirol tayinlagan garaflar boshqara boshladilar

14. Franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo’lgan mulki – allodga aylana boshlagan davrda…?

A) germanlarda mulkiy tengsizlik kuchaya boshlagan B) Vestgot qirolligi tashkil topdi

C) feodallar yerlarida qullar va kolonlardan tashqari o’z erkini yo’qotgan franklar han ishlaganlar

D) Parij atrofidagi viloyat Fransiya deb atala boshladi

15. … franklarda qirol hokimyatining kuchayganligini ko’rsatadi?

A) chek yerlar allodga aylana borishi bilan B) “Sali haqiqati” C) Benefitsiylar taqdim etilishi bilan

D) Urug’ jamoachilik an’analari har yili o’tkaziladigan harbiy ko’rik tarzida va mahalliy boshqaruvda saqlanib qolganligi

16. Franklar qiroli Xlodvig davrida unga qarshi chiqqan jangchiga nisbatan qanday chora qo’llagan?

A) Benefitsiy mulklaridan mahrum etgan B) “Sali haqiqati” bo’yicha jarima to’lagan

C) Oila a’zolarini qullikka mahkum etgan D) jangchini harbiy ko’rik paytida chopib tashlagan

17. Faqat … rim puli ishlatilgan?

A) Imperiya bilan chegara hududlarda B) Tashqi savdoda

C) Don ayriboshlashdaD) Germanlarda davlat vujudga kelgunga qadar

18. German qabilalari qo’shnilari bo’lgan rimliklarga qanday mahsulotlar yetkazib bergan?

1) qullar, chorva mollari 2) vino, sopool idishlar3)nafis gazlamalar 4) qahrabo 5) teri 6) zeb-ziynat buyumlari

A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 1,2,5,6 D) 3,4,5

19. Germanlar jamoasi davlat vujudga kelgunga qadar…

A) tarqoq qabilalar shaklida hayot kechirgan B) qabilalar orasida mulkiy tengsizlik avj olgan

C) urug’chilik bosqichini boshidan boshdan kechirgan D) tashqi dushmanlardan himoyaga ojiz bo’lganlar

20. Germanlar qo’shnilari rimliklardan qanday buyumlar olishgan?

A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 1,2,5,6 D) 3,4,5

21. Nima sababdan harbiy o’ljaning katta qismi yo’lboshchiga nasib etgan?

A) u qabila boshlig’I sifatida katta obro’ga ega bo’lgan

B) u jangchilarga katta miqdorda maosh to’lagan

C) u jangchilarni ot, qurol-aslaha, turar joy, oziq-ovqat bilan ta’minlagan

D) yurishlarda jasorat ko’rsatgan va katta hissa qo’shgan

22. Buyuk ko’chishlar boshlangunga qadar German qabilalariga mansub franklar qaysi hududlarda yashaganlar?

A) Reynning quyi oqimi B) Reynning o’rta oqimi C) Reyn va Elba daryolari oralig’ida D) imperiya chegaralarida

23. Nima sababdan Xlodvig varvar qabilalari ichida birinchi bo’lib xristianlikni Rimdan qabul qilgan?

A) o’z qabilasini birlashtiish uchun

B) “Sizning yangi diningiz bu – bizning g’alabamiz” shiorini qabul qilgandan keyin

C) Xlodvig namunali xristian bo’lganligi uchun

D) Rim cherkovi uning sodiq ittifoqchisi bo’lishi mumkinligini anglagani uchun

24. Franklar … va … kabi hayvon terisidan emas, matodan kiyimbosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan.

A) Rim-Gallar B) Vestgotlar va ostgotlar C) Gotlar va langobardlar D) Vandallar va langobardlar

25. Franklar ijtimoiy munosabatlaridagi noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.

A) Franklar istelo qilgan hududlarda rimlik quldorlarning hashamatli saroylari-yu, ulkan yer- mulklari saqlanib qolgan.

B) Davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xlodvigning vorislari boshqaruvi paytida qirol - alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga yirik yer-mulk taqdim etgan.

C) Dastlabgi paytlarda franklar gallardan alohida yashaganlar.

D) Feodallarning yerlarida VI asr oxiridan boshlab qullar, kolonlardan tashqari o’z erkini yo’qotgan rimliklar ham ishlaganlar.

26. “Sali haqiqati” dagi qoidalar orqali biror narsa izohtalab bo’lsa, buning uchun …ga murojaat etilishi, u esa o’z manfaatlari yuzasidan javob berishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

A) qirol B) ruhoniy C) papa D) senyor

27. Germanlarning quyidagi qaysi qabilasida urug’ jamoatchilik an’analari har yili o’tkaziladigan harbiy ko’rik tarzida va mahalliy boshqaruvda saqlanib qolingan?

A) Gallarda B) Franklarda C) Vandallarda D) Alemanlarda

28. German qabilalari bosib olgan yerlarni to’g’ri belgilang.

1) vandallar 2) ostgotlar 3) vestgotlar 4) franklar 5) angl-sakslar

a) Ispaniya b) Britaniya c) Shimoliy Afrika d) Galliya e) Italiya

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e; B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a, 5-e; C) 1-c, 2-e, 3-a, 4-b, 5-d; D) 1-c, 2-e, 3-a, 4-d, 5-b

29. Yangi jamiyatning asosiy toifalari berilgan qatorni toping.

A) feodallar va qaram dehqonlar B) erkin kishilar va yarim ozod kishilar C) qullar va kolonlar D) graflar va tunginlar

30. Franklarda mahalliy boshqaruvning asosini nima tashkil etgan?

A) qabila oqsoqollari yig’ini B) franklarning yuzlik yig’ini C) harbiy boshliqlarning yig’ini D) qullar va kolonlar yig’ini


Yüklə 116,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin