7-tema: Mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemlerin basqarɪwdɪń ulɪwma principleri



Yüklə 26,98 Kb.
səhifə4/4
tarix14.07.2023
ölçüsü26,98 Kb.
#136531
1   2   3   4
7-tema (1)

To‘rtinchi belgi. Ta’lim tashkiloti boshqaruv korpusi psixologik-pedagogik madaniyatining yuqori darajadaligi.
Bunday sifatning shakllanganligi ta’lim sifatini ta’minlashga doir faoliyatni loyihalashtirishning zarur shartidir. Ta’lim sifati va ta’lim tashkilotini boshqarishning asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun rahbarlar konkret mahorat va ko‘nikmalarni egallashlari zarur. Biz psixologik-pedagogik mahoratni, eng avvalo, shular qatoriga kiritamiz. Ularning mohiyati, P. T. Frolov ta’kidlab o‘tganidek, topshiriqni ongli zaruratga, faoliyatning ichki e’tiyojiga aylantirish maqsadida mantiqiy va psixologik usullar yordamida xodimlarga ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir» (P. T. Frolov).
Ko‘rsatma-metodik xarakterdagi mahorat ham eng muhim ahamiyat kasb etadi. Bular tarkibiga quyidagi elementlar kiradi:

  • pedagogik, boshqaruv faoliyati maqsadlarini ta’riflash;

  • uning natijalarini ta’lil qilish va baholash;

  • ta’lim sifatini boshqarishni tashkil etishda pedagogik metod va usullardan oqilona foydalanish;

  • xodimlarga malakali yordam ko‘rsatish;

  • ilmiy konferensiyalar, seminarlarni tashkil qilish va ularning ishida qatnashish;

  • rahbarning jamoatchilik fikrini vujudga keltirish, ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish, mas’uliyat hissini tarbiyalash orqali muhandis-pedagog xodimlarga ta’sir ko‘rsatish mahorati.

Beshinchi belgi. Ta’lim tashkilotida o‘z ishini o‘zi uyushtirishning yuqori darajasi.
Ta’lim tashkilotining o‘zini o‘zi rivojlantirishi boshqaruv kadrlarining pedagoglar jamoasi bilan birgalikda tashqi ta’sirlarni idrok etish va ichki qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish asosida ta’minlanadi. Ta’lim sifatini boshqarishda rahbarlarning asosiy e’tibori pedagog xodimlarning qobiliyatlari va imkoniyatlarini to‘liqroq ochishga, zarur mustaqillikni berishga va pedagoglarga nisbatan keraksiz vasiylikni bartaraf etishga qaratiladi. Bularning hammasi muhandis-pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarning o‘zishini uyushtirishi imkonini beradi.

1 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil “30” avgustdagi 155-sonli buyrug‘i

Yüklə 26,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin