Fandan keyin o‘zlashtirilishi nazarda tutiladigan bandni ko‘rsating. *postrekvizitlar
Fandan oldin o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bandni ko‘rsating. *prerekvizitlar
Bakalavriatda kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha me’yoriy o‘qish muddatlari kunduzgi shakldagidan ko‘pi bilan qancha muddat farq qilishi mumkin? *1 yil
Magistraturada kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha me’yoriy o‘qish muddatlari kunduzgi shakldagidan ko‘pi bilan qancha muddat farq qilishi mumkin? * 6 oy
Muayyan soha uchun bakalavr tayyorlashda ta’lim sifatini saqlab qolgan holda muddatini 2 yilga qisqartirishga imkon beruvchi tadbirni ko‘rsating. *o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida bakalavr tayyorlashni yo‘lga qo‘yish
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ularning tarkibiy qismi sifatida tasdiqlanadigan hujjat - dasturga oid bandni ko‘rsating. *turli sohalarda davlat siyosatining maqsadlariga erishilishini ta’minlaydigan tadbirlar tizimini va mexanizmlarini belgilaydi
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ularning tarkibiy qismi sifatida tasdiqlanadigan hujjat - konsepsiyaga oid bandni ko‘rsating. *davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, maqomini, asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, javobgarligini, turli sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solinishini belgilaydi
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ularning tarkibiy qismi sifatida tasdiqlanadigan hujjat - nizomga oid bandni ko‘rsating. *turli sohalarda davlat siyosatining ustuvor va asosiy yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifa va amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydi
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ularning tarkibiy qismi sifatida tasdiqlanadigan hujjat - reglamentga oid bandni ko‘rsating. *davlat organlari va tashkilotlarining ish tartibini, shuningdek, ular tomonidan ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirilishini belgilaydi
Oliy ta’lim muassasasida o‘rtacha o‘quv yuklamasi qanday aniqlanadi? *kafedra o‘quv yuklamasini kafedra shtatlariga bo‘lish orqali aniqlanadi