8 – mavzu: investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o‘rni reja



Yüklə 127,15 Kb.
səhifə2/10
tarix02.01.2022
ölçüsü127,15 Kb.
#34934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-мавзу

Investitsiyaviy jozibadorlik – mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror-bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsiya riski darajasi nuqtai nazaridan baholanishi. Investitsiyaviy jozibadorlik investitsiya salohiyati va investitsiya riski darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko‘rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqligi hamda jozibadorligi, investitsiya riski darajasini aniqlash mumkin. Investitsiya riski darajasi investitsiya muhitiga, bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Investitsiya muhiti tabiiy shart-sharoitlar, foydali qazilmalar zahiralari, ishchi kuchi malakasi va o‘rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy kon’yunktura holati, ichki bozor sig‘imi, tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, valyuta siyosati, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning yaratilganligi kabi omillar orqali belgilanadi.

Qulay investitsiya muhitining yaratilishi va xorijiy kapitalni qabul qilish tizimining samarali bo‘lishi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning zaruriy sharti bo‘lib hisoblanadi. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bo‘lib, birinchi navbatda, kapital mablag‘larning daromadliligini ta’minlab berishga imkoniyat yaratadi. Mamlakatning investitsiya muhitini shakllantiradigan omillar majmuini 8.1 – jadval orqali ifodalash mumkin.

8.1-jadval

Mamlakatning investitsiya muhiti va uni keltirib chiqaradigan omillar3



Yüklə 127,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin