Tebranma holat bo‘yicha yig‘indi.
Tebranma holat bo‘yicha yig‘indini hisoblashda tebranma energiyani asosiy holat (V=0) dan boshlab sanaladi. Bu tenglamani soddalashtiradi. Chunki, nol energiya inobatga olinmaydi (hν0/2).
εteb =υhν, υ = 0,1,2,…., Shuning uchun
Bunda x = e-hν/RT x < 1 bo‘lganda
bo‘lgani uchun
Bunda θυ-tebranma xarakteristik harorat.
θυ = hν/R = hk/R
Qandaydir tebranishning xarakteristik harorati (θυ) deganda tebranma kvant energiyasi RT bo‘lgan harorat tushuniladi.
Ko‘p atomli molekulalarning tebranishni normal tebranishlar yordamida aniqlash mumkin. Chiziqli bo‘lmagan N atomli molekulalar uchun 3N-6 normal tebranishlar, chiziqli molekulalar uchun 3N–5 normal tebranishlar mavjud. Garmonik tebranishlarda tebranishning holat bo‘yicha yig‘indisi ko‘p atomli molekulalar uchun quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
qteb = q1q2 …q3N-6
Bunda har qaysi ko‘paytuvchi bitta normal tebranishga tegishli. Chunki, normal tebranishlar mustaqil bo‘lib hisoblanadi.
Elektron holat bo‘yicha yig‘indi.
Elektron holat bo‘yicha yig‘indi (qel) da faqat yig‘indining birinchi a’zosi ko‘rib chiqiladi.
Chunki birinchi qo‘zg‘olgan daraja asosiy holatlar ((ε1 – ε0)>>RT) juda yuqorida joylashgan. Ammo, ba’zi molekulalar, masalan NO, NO2,O2 quyi elektron holatga ega bo‘ladi.
Atomlar uchun asosiy holatdagi energiya nolga tenglashtirilgan. Demak, ε0=0 bo‘lsa, qel = q0 bo‘ladi.
Ikki atomli molekulalar uchun energiyaning hisoblash a molekulani atomlarga ajratish energiyasidan boshlanadi. Demak ε0=D0, ya’ni molekulaning atomlarga dissotsilanish energiyasiga teng. Molekulaning atomlarga dissosilanish energiyasi eksperimental usulda topiladi. Shuning uchun yuqoridagi tenglamani quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |