8-Amaliy mashg’ulot Tebranish ko’rsatkichlarini aniqash laboratoriya mashg’ulotida vibrometrning ishlash prinsipi



Yüklə 97,97 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü97,97 Kb.
#168722
1   2   3   4
Документ Microsoft Word

Lv=20lg V/510-8 ,
bu erda V- titrash tezligining haqiqiy miqdori, m/s;
Titrash tezligining logarifmik miqdori , Lw(dB)

bu erda w- titrash tezlanishning haqiqiy miqdori, m/s2;
3∙10-4- titrash tezligini inson tanasiga ta`sirining sezilishini boshlanish miqdori, m/s2
Turli xil ishchi holatlarda titrash bilan ishlovchi jihozlarning massasi 100 kg dan, jihozni siqib ushlash kuchi 200 N dan oshmasligi talab etiladi. Jihozning texnik ma`lumotlari bo`yicha qo`yilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Har xil chastotadagi titrashlar insonga turlicha ta`sir etadi. Titrash yuzasida tik turib ishlayotgan kishiga ikki rezonans holat – 5-12 Gs va 17…25 Gs, o`tirib ishlayotgan kishiga esa-4…6 Gs to`g’ri keladi. Shuningdek, inson boshi uchun rezonans chastotasi 20…30 Gs atrofida bo`ladi. Shu sababli, titrashning inson a`zolariga ta`sir xususiyatini va titrashning turini hisobga olgan holda titrash parametrlarining ruxsat etilgan gigienik me`yorlari ishlab chiqilgan.
Titrash tezligining ruxsat etilgan eng yuqori o`rta kvadrat miqdori-0,2 m/s va logarifmik darajasi – 132dB bo`lib, u o`rta geometrik chastotasi 1 Gs ga teng bo`lgan vertikal transport titrashlar uchun qabul qilingan.
Ma`muriy binolar, tibbiyot muassasalari va ish xonalari uchun qattiq talab qo`yilgan bo`lib, o`rta geometrik chastota 63 Gs bo`lganda titrash tezligining o`rta kvadrat miqdori 2810-4m/s dan, logarifmik darajasi esa 75 dB dan oshmasligi talab etiladi.
Lokal titrashlar uchun eng katta cheklanish-titrashning o`rta geometrik chastotasi 1000 Gs bo`lganda, titrash tezligining o`rta kvadrat miqdori-0,65 m/s, logarifmik darajasi esa – 102 dB ga tengdir.
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish va titrash ta`siridan
himoyalanish yo`llari
Ishlab chiqarishda mashina-mexanizmlar va jihozlarida hosil bo`ladigan titrashlarni, 2 xil usulda, ya`ni titrash manbaiga ta`sir etib yoki titrash ta`siridagi butun sistemaga ta`sir etish yo`li bilan kamaytirish mumkin.
Zamonaviy mashina va mexanizmlar tuzilishining xarakterli xususiyati shundaki, ularni tashkil etuvchi barcha elementlar o`zaro uzviy bog’langan hamda qo`zg’aluvchi qismlari katta tezlikda harakatlanadi. SHu sababli, mashinalarda turli xil rezonans chastotalar hosil bo`ladi. Mashina va mexanizmlardagi titrashning yuzaga kelishiga ularning o`zaro birikkan detallari orasidagi tirqishlarda yuzaga keladigan kuch sabab bo`ladi. Bu kuchning miqdori va o`zgarishi ishchi a`zolarga ta`sir etuvchi kuchlanishning xarakteriga (dinamik, statik), sistema elementlarining harakat turiga (aylanma, ilgarilanma – qaytma harakat va b.), aylanuvchi detallarning muvozanatlanganlik darajasiga va detallar orasidagi tirqishlarga bog’liq bo`ladi. YUqoridagilardan kelib chiqqan holda, titrashni kamaytirish yo`llarini ishlab chiqish mumkin. Ularga ishchi a`zolarga ta`sir etuvchi kuchlanishning teng ta`sir etishiga erishish, krivoship mexanizmlarni teng aylanuvchi mexanizmlarga almashtirish, gidrouzatmalardan foydalanish, o`zaro birikuvchi detallar sirtining tozalik va aniqlik sinfini oshirish kabilar kiradi.


1. -Rasm. Havo yostig’li titrashdan himoyalovchi ushlagich:


1-rezina qobiq; 2- kiritish teshigi; 3-havo bo`shlig’i.

Bundan tashqari turli xil konstruktsiyadagi titrash izolyatorlaridan («vibroizolyator») foydalanish ham yaxshi samara beradi. Bunday izolyatorlarga AKSS-15M, AKSS-25M, AKSS-400I larni misol qilish mumkin.


Titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashda ham turli xil vositalardan foydaniladi. Masalan, qo`lni titrashdan himoyalash uchun har xil titrashdan himoyalovchi qo`lqoplar ishlatiladi. Bunga havo yostig’iga ega bo`lgan va elastik materialdan tayyorlangan ushlagich misol bo`la oladi. Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoyalanish uchun esa turli xil titrashdan himoyalovchi poyafzallardan foydalaniladi.
Titrash ta`sirini kamaytirishda yuqorida ko`rsatilgan texnik tadbirlardan tashqari profilaktik tadbirlar ham qo`llaniladi. Buning uchun titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashga 18 yoshga to`lmagan, tibbiy ko`rikdan va yo`riqnomadan o`tmagan shaxslarga ruxsat etilmaydi. Titrash bilan ishlovchi jihozlar ishlatiladigan xonaning harorati 160S dan kam bo`lmasligi lozim. Agar bunday jihozlar tashqi muhitda ishlatilsa, ish joyi yonida isitiladigan va harorati 220S dan kam bo`lmagan dam olish xonalari bo`lishi zarur. Ishchi titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlaganda, har 1 soatda 10-15 minut tanafus qilishi va jihoz bilan ishlashning umumiy vaqti ish smenasining 2/3 qismidan ortiq bo`lmasligi lozim. Bunda uzluksiz ishlash vaqti 15-20 minutdan oshmasligi zarur. Titrashga xavfli mashinalar va jihozlar bilan ishlaganda ish vaqtidan tashqari ishlashga ruxsat etilmaydi.
Ish joylarining titrashga xavfliligi darajasini aniqlashda HBA-1, ИШВ-1, ВИП-2, ВР-1 markali asboblardan, 3501 tipidagi asboblar komplektidan hamda «Брюль va Kъер» va RFT (Germaniya) markali chet el asboblaridan foydalanish mumkin.
Mexanik titrash o`lchagich ВР-1 titrash manbalaridagi mahalliy titrash miqdorini o`lchashda ko`proq ishlatiladi.
ИШВ-1 maxsus moslamasi hamda ВИП-2 komplektlari ish joylaridagi mahalliy va umumiy titrashlarni aniqlashda qo`llaniladi.



Yüklə 97,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin