3. Titrashni izolyatsiyalovchi tagliksiz ishchi ish joyidagi titrash darajasini aniqlash. O`lchash natijasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
A=D1+D2+n+Kn bu erda A - titrash tezligi (titrash tezlanishi) qiymati, dB;
D1 - “Detsibel- I” o`zgartkichi ko`rsatkichi;
D2 -“Detsibel-II” o`zgartkichi ko`rsatkichi;
n-asbob shkalasi (strelkasi) ko`rsatkichi;
Kn- integratorni susaytirish koeffitsienti, (50 dB).
Chastota o`zgartkichi mos chastotaga o`rnatilib, titrashning chastota tavsifi olinadi.
4. Titrashni izolyatsiyalovchi taglik o`rnatilgan holatda ishchi ish joyidagi titrash darajasini aniqlash.Ishchi ish stuli ostiga turli xil titrashni izolyatsiyalovchi materiallar (rezina, porolon, taxta) qo`yiladi va turli xil chastotada titrash tezligi va tezlanishi darajasi aniqlanadi.
Hisobot tarkibi Olingan natijalar asosida 5.1-jadval to`ldiriladi va tahlil etilib xulosalanadi. Titrash darajasini kamaytirish bo`yicha tavsiyalar keltiriladi.
Ish joyidagi titrash tezligining titrashni izolyatsiyalovchi tagliklarga bog’liqligi
O`rta geometrik chastotadagi (Gs) ish joyidagi titrash tezligi (dB)
16
31,5
63
125
250
1.
Izolyatsiyalovchi tagliksiz
2.
Turli xil taglik o`rnatilgan holatda:
Taxta
Porolon
Rezina
Nazorat savollari: 1. Titrash manbalari to`g’risida ma`lumot bering.
2. Titrashni xarakterlovchi ko`rsatkichlarga nimalar kiradi?
3. Titrashni o`lchash uchun qanday asboblardan foydalaniladi?
4. Titrash inson organizmiga qanday ta`sir ko`rsatadi?
5. Titrash ta`sirida qanday kasalliklar kelib chiqishi mumkin?
6. ИШВ-1 asbobi nimalardan tuzilgan?
7. ИШВ-1 asbobining ishlash tartibi qanday?
8. Titrashni o`lchash natijasi qanday formula bilan aniqlanadi?
9. Titrashni kamaytirishning qanday yo`llari mavjud?
10. Tirash ta`siriga qarshi qanday profilaktik tadbirlar qo`llaniladi?