8-Amaliy mashg’ulot Tebranish ko’rsatkichlarini aniqash laboratoriya mashg’ulotida vibrometrning ishlash prinsipi



Yüklə 97,97 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü97,97 Kb.
#168722
1   2   3   4
Документ Microsoft Word

Ishni bajarish tartibi
1. Titrashni o`lchash qurilmasining tuzilishi va ishlash tartibi. Qurilma elektr dvigatel’ (1), titrashni izolyatsiyalovchi taglik (2), D-13 markali datchik (3), operator (ishchi) ish stuli (4), birlashtiruvchi kabel (5), ИШВ-1 asbobi (6) dan tashkil topgan. Ushbu asbob 70-160 dB oralig’idagi titrash tezlanishini ko`rsatish uchun mo`ljallangan.
ИШВ-1 asbobida “Detsibel-I” va “Detsibel-II” deb nomlangan 2ta kirish signalini o`zgartirish uchun mo`ljallangan o`zgartkich o`rnatilgan bo`lib, u yuqori darajadagi titrash tezligi va tezlanishini o`lchash imkonini beradi.
“O`lchash turi” nomli o`zgartkich chastota o`zgartiruvchisi (16; 31,5; 63; 125; 250; 500; 1000; 2000; 4000; 8000 Gs) yordamida o`rnatiluvchi chiziqli tavsif va oktava filtri tavsiflarini olish uchun ishlatiladi.
“Ish turi” nomli o`zgartkich esa elektr ta`minotini nazorat qilish, titrash tezligi va titrash tezlanishini o`lchash va yozib olish uchun foydalaniladi.
“Kalibr” asbobni kalibrlash (ko`rsatkichlarni bir o`lchamga keltirish) uchun xizmat qiladi.
Titrash tezligini o`lchashda datchik (3) va ИШВ-1 asbobini birlashtiruvchi kabelga integrator o`rnatiladi. “O`lchash turi” o`zgartkichi “Lin.” Holatiga, Mikrofon-datchik” esa “Datchik” holatiga keltiriladi.
2. ИШВ-1 Titrashni o`lchash asbobini ishga tayyorlash. Buning uchun asbob erga ulanib, 220 V kuchlanishli elektr tarmog’iga ulanadi.
a). “Ish turi” o`zgartkichi “KONTR” holatiga o`rnatiladi (bunda signal chirog’i yonib-o`chadi, asbob strelkasi “Batareya” sektorida bo`lishi kerak);
b). Asbobdagi o`zgartkichlar quyidagi holatga keltirilib qo`shiladi:

“Detsibel-I” -“90”
“Detsibel-II” -“40”
“O`lchash turi” -“Lin”
“Mikrofon-datchik” -“Datchik”
“Ish turi” -“Bistro”

Agar o`lchash davrida asbob strelkasi shkalaning chap tomonida bo`lsa, u “Detsibel- I” va “Detsibel-II” o`zgartkichlari holati o`zgartirilib strelka o`ng tomonga keltiriladi.
O`lchash natijasi “Detsibel- I” , “Detsibel-II” va asbob strelkasi ko`rsatkichlarini qo`shib aniqlanadi.

2.-Rasm. Titrashni o`lchash qurilmasi sxemasi


1-titrash stoli; 2-titrashni izolyatsiyalovchi taglik; 3-datchik; 4-ishchi stuli; 5-birlashtiruvchi kabel’; 6-shovqin va titrashni o`lchash asbobi

Yüklə 97,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin