8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni



Yüklə 36,5 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü36,5 Kb.
#167979
Konstitutsiyasi haqida mening o’ylarim(111)


Konstitutsiyasi haqida mening o’ylarim
Konstitutsiya lotincha so’z bo’lib «o’rnataman», «belgilab qo’yaman» degan mazmunini ifoda etadi. O’zbek tilida «asosiy qonun», ya’ni davlatni boshqarish, uning ichki va tashqi hududlarini idora qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Bu qomusiy hujjatlarimizning xalqchiligi shundaki, unda milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, e’tiqodimiz, umuman milliy qadriyatlarimiz himoyasi va ravnaqi aniq belgilab qo’yilgandir. Shuning uchun ham biz mustaqillik bayrog’ini baland ko’tarib, istiqlolni mustahkamlash uchun butun kuch-g’ayratimizni safarbar etmoqdamiz. Mamlakatimizda davlatchilik tizimlari tez shakillantirildi. Ulardan biri mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasidir. 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, eng avvalo Vatanimiz ozodligining shahodati sifatida qadrlidir. Mustaqil O’zbekistoning tarixida birinchi Konstitutsiyaning qabul qilinishi Respublikamizning yangidan tug’ilishidir, haqiqiy mustaqillikka qo’yilgan mustahkam poydevordir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi musta­qillik bergan hurriyat timsolidir. Uning tarixiy ahamiyati va mohiyati shundan iboratki, unda respublikamiz fu­qarolarining haq-huquqi, erkinligi, qadriyatlari, urf-odat­lari, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi o'z ifo­dasini topgan. Shuning uchun ham xalqimiz har yili 8­dekabrda O'zbekiston Konstitutsiyasi bayramini nishonlaydi.Katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan O'zbekiston Konstitutsiyasi jahon maydonida yangi mustaqil davlat - O'zbekiston davlati faol yasha­yotgani va mehnat qilayotganini namoyish qilishi qalb­larimizga quvonch bag'ishlamoqda. Bugungi kunda Q'zbekiston o'z yo'lini Konstitutsiya­ga asoslanib, respublika manfaatlari, shart-sharoiti va xususiyatlariga to'la mos keladigan iqtisodiy islohot­larni amalga oshirmoqda. Shuni aytish kerakki, O'zbekiston Konstitutsiyasi umrboqiy qomusiy hujjat­dir.
Konstitutsiya bizning qomusim – or-nomusim.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan. Konsitutsiyamiz – Bosh qomusimizga ulkan ijodiy va yaratuvchilik qudrati jo qilingan. Rivojlangan, taraqqiy etgan davlatlarning inson huquqlari sohasida erishgan yutuqlariga, ularning tarixiy tajribalariga tayanib yaratilgan. Shuning uchun ham Mustaqilligimiz qomusi bo’lgan Konsitutsiyamiz xalqimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy- iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. U O’zbekistonda yashayotgan fuqarolarning dunyoqarashini, o’zaro munosabatlar, mehr-oqibat , o’zga millat va elatlarga nisbatan hurmat, ilmga intilish, or-nomus kabi yuksak olijanob fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan.
Qomusimizda O’zbekiston fuqarosi bo’lgan barcha millat va elatlarning tili, urf-odatlari, milliy an’analarini hurmat qilish kafolatlangan. Bu esa ana shu millat va elatlar o’rtasidagi do’stlik rishtalari mustahkamligiga garovdir. Asosiy Qonunda adolat, iymon, olijanoblik, fidoyillik, insonga g’amxo’rlik, mardlik kabi ulug’ xislar aks ettirilgan. O’zbekistonda yashovchi barcha fuqarolarning farovon hayot kechirishini ta’minlash, insonparvar huquqiy davlat barpo etish kabi olijanob g’oyalar o’z ifodasini topgan. Ma'lumki, davlatning ishonchi, obro'-e'tibori ko'rki uning Konstitutsiyasidir. Demak, biz ham Konstitutsiyamiz tufayli o'z obro'-e'tiborimizga ega bo'ldik.
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan.
O’zbekistonda avval ham Konstitutsiyalar qabul qilingan edi (O’zbek SSR Konstitutsiyasi 1927, 1937, 1978 yillarda qabul qilingan). Lekin u konstitutsiyalarda xalq O’z taqdirini O’zi belgilash huquqidan mahrum edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: «Davlatimizning kelajagi, xalqimizning taqdiri kO’p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo’lishiga bog’liq». Konstitutsiya Italiya, Fransiya, Finlyandiya kabi davlatlar konstitutsiyalari tarixini o’rganib, bizga taalluqli joylari olib tuzildi. Bunda BMTning Xalqaro Inson huquqlari bo’yicha hujjatlari va boshqa hujjatlardan ham foydalanildi.
Konstitutsiyaviy komissiya 1992 yil 26 sentyabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasiga qo’ydi. Shu bo’yicha tushgan barcha taklif, mulohazalar o’rganib chiqilib, Konstitutsiya loyihasiga kiritildi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin