Qavat balandligi
qazib olinayotgan asosiy gorizont
bilan yuqorigi qavat
oralig'idagi tik yuza tekisligiga tushgan proeksiyalari oralig'idagi tik masofa
bilan o'lchanadi. Ruda konlarini qazib olishda qavat bal andligi odatda 30 dan
100 metrgacha yetadi, bu o'lchamdan ortig'i juda kam uchraydi.
Qavatlar balandligini tanlashga quyidagi omillar ta'sir etadi: ruda
tanasining qalinligi,
uning uzunligi, konni yotqizilish elementlarining
o'lchami,
ruda
va
yondosh
jinslarni
fizik-mexanik
xususiyatlari,
qo'llaniladigan
qazib olish tizimi, kon kapital lahimlarining va asosiy
gorizontlardan o'tkaziladigan tayyorlovchi lahimlar narxi.
Qavatlar balandligining uzayishi konning
kapital va tayyorlovchi
lahimlarini o'tkazib 1 t ruda tayyolash zahirasining hajmini va uning narxini
qisqartirish imkonini beradi. Bu shu bilan izohlanadiki,
qavatni tayyorlash
uchun uning balandligiga bog'liq bo'lmagan holda, asosiy gorizontdagi, bir
xildagi lahimlarni stvol oldi lahimlari majmuini va kvershlaglarni o'tish kerak
bo'ladi. Bu lahimlarning to'liq uzunligi, hajmi va narxi qavatlar balandligidan
qat'iy nazar bir xil o'lchamda qoladi, ammo qavatlardagi ruda zahirasi uning
balandligiga proporsional ravishda o'sadi.
Ko'pchilik qazib olish tizimlarini qo'llaganda qo'shni
qavatlar
chegarasida qavatlararo seliklar qoldirish talab etiladi. Bu seliklarni qazib
massivdan ajratib olish katta o'lchamda rudaning miqdor yo'qotilishiga va
blokning boshqa qismini qazib olishga nisbatan katta
xar ajat sarflash talab
etiladi. Chunki qavat balandligidan qat'iy nazar, qavatlararo qoldirilgan
seliklardagi ruda zahirasining miqdori o'zgarmasdan qoladi.
Shu
bilan birga, qavat balandligining o'sishi qazib olish bilan bog'liq
bo'lgan ba'zi xarajatlarning biroz miqdorda bo'lsa ham o'sishiga olib keladi.
Shular jumlasidan materiallarni, uskunalarni kavjoyga tashib keltirish nar xi,
vosstayushiylarni o'tish, ularni ta'mirlash
va shaxtada kishilarning
harakatlanishiga sarflanadigan vaqtning o'sishi, mehnat unumd orligining
pasayishiga olib keladi.
Ba'zi hollarda qazilgan bo'shliqqa kon bosimining o'sishi, yondosh
jinslarning va kameralararo seliklarning o'pirilishiga olib kelish ehtimolining
mavjudligi, qavatlar oralig'idagi balandlikni masofaning uzaytirilishini
cheklaydi.