6-Mavzu: Til millat ruxining kuzgusidir O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 4-moddasidan. Milliy ruxni shakllantiradigan, muntazam mustaxkamlaydigan, uning muntazam avaylab-asralishiga imkon beradigan eng odil omil ona tilidir. Til xalk, millat ruxining betakror va xech bir zamon xira tortmas kuzgusidir. Xar bir tilda shu til egasi bulgan millatning sa’jiyasi, ruxiyati aks etadi. SHuning uchun xam bolaning tili ona tili sifatida chikib, ona tili sifatida kamol topgandagina uning shuurida tom ma’nodagi milliy rux barkaror buladi”1. SHu ma’noda, inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur maxsulini nutk vositasida ifodalash saloxiyatini egallashida asosiy vosita bulmish ona tili ta’limi yetakchi ukuv fanlaridan biri sanaladi. Zotan, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Prezidentimiz I.A.Karimov xam uzining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ona tilimizning ana shu jixatiga aloxida urg’u bergan: “Ma’lumki, uzlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar urtasidagi ruxiy- ma’naviy bog’liklik til orkali namoyon buladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson kalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruxidir”.
Ona tili bu millatning g’ururidir. Xar bir xalkning tarakkiyotida uzga xalklar bilan aloka kilishda til muxim urin egallaydi. U insoniyat tafakkurining moddiy ifodasi, xalklar urtasidagi barcha munosabatlarni bog’lovchi oltin xalka sifatida bebaxo iloxiy ne’matdir. Til bor ekan, shu xalk mangu yashaydi. Til millat mavjudlugining, uning yashab turganligi va faoliyat kursatganligining belgisidir. Til kishilar urtasidagi aloka vositasigina bulib kolmay, balki miliy ma’naviyatning ulkan samarasi, xalklar ma’naviy xayoti va kup asrlik rivojining kuzgusu xamdur.
Til xalkka kuch kuvvat, ruxiy barkamollik bag’ishlaydi. U ma’naviy xayotning asosi, xalkni xalk, millatni millat etuvchi buyuk ijtimoiy ruxiy xodisadir. SHu bois Prezident Islom Karimov «Til ma’naviyatning belgisi sifatida kishilarni birlashtiradi», deb ta’kidlagan edilar.
Tilga e’tibor jamiyatning turli boskichlarida turli darajada bulib kelgan. XV asrgacha ona tili (turkiy til)mizga avom xalk tili deb past nazar bilan karab, arab va fors tillariga nisbatan kamsitib kelingan. Dattoki, Alisher Navoiy fors tilini yaxshi bilmaydi, uning uchun kim turkiyda yozadur deb kamsitadilar. Bunday da’volarga karshi Alisher Navoiy «CHordevon»ni fors tilida yaratdi. Uzbek adabiy tilining tarakkiyotida Alisher Navoiyning xizmati bekiyosdir. Navoiy uz ona tilini xar xil ta’na va malomatlardan batamom xalos etib, uning saloxiyatini, guzalligini rad etib bulmas misralar bilan boyitdi.
Erur bas, chu xusni maloxat senga, yasanmok, bezanmok, ne xojat senga” degan misralar bilan uzbek tilini mensimaganlarga kattik zarba berdi. Uzlikni anglash, miliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar urtasidagi ruxiy - ma’naviy boG’liklik til orkali namoyon buladi.
Tanikli olimlar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar va jamoatchilik arboblaridan tashkil etilgan maxsus komissiyaning uzbek tiliga davlat tili makomini berish masalasi buyicha ishi 1989 yil 19 oktyabrda Oliy Kengash sessiyasi muxokamasiga kuyildi. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi Uzbekistonning davlat tili xakidagi konunni kabul kildi. Siyosiy, ijtimoiy, iktisodiy va madaniy xayotning barcha soxalarida uzbek tili tula amal kilishi konunlashtirildi. 1992 yil 7 dekabrda kabul kilingan Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tili boshka davlat ramzlari katorida konun yuli bilan ximoya kilinadigan timsolga aylandi.
yil 2 sentyabrda “lotin” yozuviga asoslangan uzbek alifbosini joriy etish tyg’risida konun kabul kilindi.
Uzbek tiliga Davlat tili makomining berilishi ona tilimizning yuksalishida, iste’mol doirasining kengayishida muxim axamiyatga ega buldi. Davr uzgarishi bilan tilimiz lug’ati boyidi, yangi ifodalar paydo buldi. Tilimizga «Davlat tili» makomi berilishi munosabati bilan xalkimiz tarixiy ma’naviyatida katta vokea ruy berdi. Konunda Uzbekistonda uzbek xalkining ilm fan tilini takomillashtirish uchun uzbek tilida ilmiy texnik, xamda ijtimoiy siyosiy atamalarni yaratish va rivojlantirish ta’kidlanadi. «Tilga e’tibor, elga e’tibor» iborasi inson ma’naviyatining belgisidir.
Bugungi globallashuv jarayonida asosiy masalalardan biri, nafakat ona tilni saklab kolish, balki uni tarakkiy ettirish, zamon talablaridan kelib chikkan xolda boyitib borishdir. Uzbek tilshunoslari, yozuvchilar, olimlar va shoirlarning umumiy xarakatlari bilan uzbek tilini rivojlantirish buyicha uzluksiz jarayon davom etmokda. Buning natijasida kitobsevarlar uchun 5 jildlik “Uzbek tilining izoxli luG’ati” nashr etildi. Mazkur kitob zamonaviy adabiyotda foydalaniladigan 80 mingdan ortik suzlar va suz birikmalari, ilmiy, texnik, san’at, madaniyat va boshka soxalarda ishlatiladigan atamalar, dialektizmlar va tarixiy suzlarni uzida mujassam etgan. SHu bilan birga 2 jildda “Uzbek-rus tili lugati”, “Uzbek tilining imlo lugati”, “Uzbek mumtoz adabiyoti lugati” va boshka kitoblarni aytib utish mumkin.
Axborot-kommunikatsiya, kompьyuter texnologiyalari va internet, anik fanlar, tibbiyot, iktisodiyot, xukuk va boshka soxalarda uzbek tili keng tatbik etib kelinmokda. Atamalarni tizimlashtirish, ularni bir-biriga moslashtirish, zamonaviy xayotdagi yangi tushunchalarni anglatuvchi suzlarni tanlash juda muxim sanaladi. SHu munosabat bilan, uzbek tilini ilmiy asosda rivojlantirish maksadida fundamental, amaliy va innovatsiyaviy tadkikotlar utkazilib, kuplab ilmiy-ommabop kitoblar, risolalar, ukuv kullanmalar, lugatlar nashr etildi. SHuningdek, “O’zbegim dasturlari” elektron nashriyotlar taxririyati bilan xamkorlikda 120 ming suzni uz ichiga kamrab oluvchi “Ibora” uzbek-rus-ingliz elektron lugati yaratildi.
Uzbek tilida nashr etilgan adabiyotlardan nafakat respublikamiz axolisi, balki Uzbekistondan tashkarida yashayotgan uzbek millatiga mansub shaxslar xam keng foydalanishmokda. Uzbek tilini xar tomonlama rivojlantirish Uzbekiston nomini butun dunyoga tanitishga, bu esa uz urnida yoshlar ongida milliy uzlikni anglash, uz Vatani uchun faxrni tuyish kabi tuygularni mustaxkamlashga xizmat kiladi.
7-Mavzu: Xunar - xunardan unar
Xalkimiz azaldan ma’lum kasb-xunar kilishni inson uchun oliy fazilat deb bilgan va buni goyat uluglagan. Uz kasbining usta-murabbiylarini bexad kadrlagan. Xalkimiz orasida aytib kelinadigan “Xunar - zar, xunarli zargar”, “Oltin yerda, xunarli yulda kolmas”, “Xunari yuk kishining, mazasi yuk ishining”, “Xunarlida ish bitar, xunarsizda gap”, “Xunar bulsa kulingda, non topilar yulingda”, “Xunarli xor bulmas”, “Xunar - xunardan rizking unar” kabi makollar xam kasb-xunarning inson takdirida xal kiluvchi omillardan ekanligini anglaymiz. Kishi xar tomonlama usishi, kamol topishi uchun yoshligidanok uz xayotini, erishayotgan yutuklarini taxlil kilishga, uz- uzini nazorat kilishga urganishi, uziga nisbatan kungilchanlikka erk bermay, talabchan bulishi lozimligi, kup donolar tomonidan tarixda kayd etilgan.
Yaxshi inson xakida xayol kilganimizda, mexnat xayotining ajralmas bir bulagiga aylangan kishi kuz oldimizda gavdalanadi. Bunday insonlar xar kuni, xar vakt uz ishini bilib kiladigan, maktanmasdan, kamtarlik kiladigan, bush vaktidan unumli foydalanadigan buladilar.
«Xunar» suzi arabcha suzdan olingan bulib, san’at; bilim, kunikma, maxorat, ustalik; kasb ma’nolarini bildiradi. Ushbu suz bir necha ma’nolarda kullanilib, birinchidan, muayyan kunikma, maxorat talab kiladigan, tirikchilikning asosiy manbai xisoblanuvchi ish, mashgulot, kasb ma’nolarini uzida jamlaydi.2 (“Kasb” lugatda bir narsaga erishish degani). Baxouddin Nakshband xizmatiga kelgan xar bir muriddan:
Nima kasbing bor? Kulingdan nima ish keladi? - deb surar, biror xunari bulmaganlarni ortiga kaytarib yuborar ekan? -
Kasb-kor kilmagan kishi tilanishga kul chuzishi kerak buladi. Tilanchi esa xech kachon (na moddiy, na ma’naviy) boy bulmaydi.
Xayot - chindan xam zulmatdir - agar xarakat bulmasa.
Xarakat kur-kuronadir - agar bilim bulmasa.
Bilim xam bekordir - agar mexnat bulmasa.
Xar kanday mexnat besamaradir - ixlos bulmasa.
Agar ixlos bilan mexnat kilsangiz siz uzingizni taniysiz, bir- biringizni taniysiz va Allox taoloni taniysiz.
Mexnat - bu kuzga kurina boshlagan muxabbatdir.
Agar Siz mexr bilan emas, kaxr bilan mexnat kilayotgan bulsangiz, mexnat kilmay kuya koling. Yaxshisi, siz kuvonib, mexnat kiluvchilardan ibodatxona darvozasi oldida utirib, xayr-sadaka suraganingiz yaxshirokdir. Agar xafsalasizlik bilan non yopsangiz, bunday noningiz taxir chikadi, yegan odam maza kilmaydi.3 Kadriyatlarimiz asosi bulgan uzbek xalk ertaklarida xam xunar ulug’lanadi. Masalan, bir shaxzoda xunarmand kishining xusnu maloxatda tengsiz, ilmu zakovatda, xunarda yagona bir kizini yoktirib koladi va unga uylanmokchi buladi. Ammo kiz undan: “Sizning kasbingiz kanday, kanday xunarlarni bilasiz?” - deb suraydi. SHaxzoda esa xech kanday xunar bilmasligini, shaxzodalarga xunar egallashning zarurati yukligini aytadi. Birok kiz shaxzodalik kasb emasligini, bu orkali inson bir umr ruzg’or tebratishi mushkulligi, chunki toju taxt, boylik odamga umrbod beriladigan ne’mat emasligini tushuntiradi. Bundan ta’sirlangan shaxzoda astoydil xunar urganishga kirishadi va bir-biridan chiroyli, bejirim kuzalaru xumlar yasashni, ya’ni kulolchilik xunarini urganadi. SHu darajaga borib yetadiki, u mamlakatda eng moxir va mashxur kulolga aylanadi. SHaxzoda biladiki, dunyoda bilim va xunardan ortik xech narsa insonni ulug’lik martabasiga olib chika olmaydi.
“Temur tuzuklari”da xam “... Agarda kasbu xunar va ma’rifat axllaridan bulsalar, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin”,-deb bejiz ta’kidlab utilmagan.
Ulug’ mutafakkirimiz Alisher Navoiy: