8-mart tadbirlar ssenariysi



Yüklə 39,73 Kb.
səhifə7/7
tarix09.06.2023
ölçüsü39,73 Kb.
#127853
1   2   3   4   5   6   7
8 март сценарий

1 – boshlovchi: Buyuk alloma Alisher Navoiy sizlar haqingizda shunday
deydi:
Onalarning oyog‘i ostidadur
Ravzai jannatu junon bog‘i
Ravza bog‘i visolin istar esang,
Bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i
Onajonginam! Bir parcha etni avaylab, e’zozlab, ardoqlab katta qilgan, hayot
bergan, qanot bergan Ona! Muruvvatli, adolatli, saxovatli, eng og‘ir damlarda ham
peshonamizni silab dalda bergan Ona! hayotga muhabbatni, yoshlarga, kattalarga
izzat – hurmatni, odamgarchilikni, jamiki insoniy fazilatlarni qonimizga, jonimizga
oq suti bilan singdira olgan, birgina tabassum, birgina jilmayishimizga aziz umrini
qurbon etishga tayyor turgan fidoyi, mushfiq, mehribon siz –Onalarsiz biz yashay
olarmikanmiz?
2 – boshlovchi: Oqqushlarni vafodor deb maqtashadi, bulbulllar gulning mahliyosi
deyishadi. jahondagi jamiki jonzot vafodorlikni sizdan o‘rgansin, bulbulllar xonish
aylashni sizning allangizdan o‘rgansiz, Onajonlar!
Axir tonggacha ko‘z yummasdan bedor chiqqan siz emasmu? Belanchagimizni,
beshigimizni quchoqlab alla aytgan siz emasmi?
1 – boshlovchi: To‘qqiz oy bizni avaylab qalbingiz tagida saqlab, hali tug‘ilmagan,
bu jahonga kelmagan farzandga chiroyli orzu – umidlar bilan liboslar tikkan chevar
siz emasmi, Onajon!
Shuning uchun jonim sizga qurbon onajon,
Shuning uchun maqtasam, burro tilim, onajon.
Biz ona ta’rifi zaminida shu o‘tirgan aziz o‘qituvchilarimizning go‘zal
chehralarini ham ko‘ramiz. Chunki ular ham ona!
2 – boshlovchi: Aziz ustozlar, onajonlar! Eshiting, shoirimiz Tolib Yo‘ldosh
sizni shunday ta’rif etibdi.
1 –boshlovchi: Jon – dil farzand panohi, mehri daryo onasiz,
Onaizor, boshimizdan o‘girilib parvonasiz
Yurasiz yo‘ldosh, hamdam, joy tuzab o‘ltirasiz.
Birgasiz, ko‘ngiz uyida bir chiroqdek yonasiz
Vaqtida bo‘lmay yoningizda hayallar bo‘lsamiz,
Tunlari qush uyqusidan ming to‘lg‘onib uyg‘onasiz
Hech zamon bo‘lgan emas, bu sabr – bardosh sizdagi,
“Uh” desak, o‘rtab yurakdan yonasiz, qiynolasiz
Benazir xizmatlaringiz haqqi deyman, onajon.
Onalikdan olam – olam orzunguzga qonasiz.
2 –boshlovchi: Sen borsan, saodat bog‘i bexazon,
Sen borsan, g‘amsizmiz, yorqin hayotim
Sen borsan, toshqindir, ilhom bulog‘im,
Sen borsan, porloqdor iqbol chirog‘im
Sobitsan, sodiqsan, mangu yasharsan,
Sen bilan to‘lqindir ravzai bayot,
Sen bilan gulgundir shu buyuk hayot
(O‘yin)
1 – boshlovchi: Quvonchlarim bir jahon
Bayramingiz muborak,
Aziz ona, Onajon!
2 – boshlovchi: So‘zlari bol, durdona,
Mehnatda eng mardona
Olam ichra yagona
Sizsiz, ey, aziz ona
Yüklə 39,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin