8-ma’ruza shamol energetikasining asoslari va shamol generatorlari. Reja


Shamol energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarishning



Yüklə 150,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix22.04.2023
ölçüsü150,41 Kb.
#101606
1   2
8-MA’RUZA

Shamol energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarishning 
zamonaviy usullari 
Shamol generatorining kuchi generatorning parraklari bilan qoplangan 
maydonga va yer sirtiga o'rnatilgan balandlikka bog'liq. Masalan, Daniyaning 
Vestas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan quvvati 3 MVt bo'lgan 
turbinalarni o'rnatilish balandligi 115 metr, minoraning balandligi 70 metr va 
parraklarini diametri 90 metrni tashkil qiladi. 
Ishlayotgan shamol generatorlarining parametrlari. 
8.1-jadval. 
Shamol turbinasining quvvati va ularning o'lchamlari 
Parametrlar 
1 MVt 
2 MVt 
2,3 MVt 
Minoraning balandligi 
50 m – 60 m 
80 m 
80 m 


Parraklarning uzunligi 
26 m 
37 m 
40 m 
Parrakning aylanish diametri 
54 m 
76 m 
82,4 m 
Minora ustidagi rotor og'irligi 
25 t 
52 t 
52 t 
Mashina xonasining umumiy og'irligi 
40 t 
82 t 
82,5 t 
Quruqlik va dengiz qirg'og'iga yaqin yerlarda havo oqimlari notinch 
bo'lib, pastki qatlamlarga nisbatan yuqoridagi qatlamlarda shamolning tezligi 
katta bo'ladi. Bu effekt 2 km balandlikda sezilarli darajada bo'ladi, ammo 100 
metrdan pastda bu oqim tezligi keskin pasayadi. Shamol generatorni o'rnatishda 
baland bo'lishi, generatorning parraklarining diametrini oshirishga imkon beradi 
hamda yer sirtida bo'sh joy ham qoldiradi. Zamonaviy generatorlarning (2020-
yil) parametrlari allaqachon ushbu marraga yetishdi va ularning soni dunyoda 
jadallik bilan o'sib bormoqda. Shamol generatori 3 m/s tezlikdagi shamol 
oqimida aylanishni boshlab elektr energiyasini ishlab chiqaradi va shamol 25 
m/s dan ortiq bo'lganda o'chadi. Maksimal elektr ishlab chiqarish quvvatiga 15 
m/s shamol tezligida erishadi. Shamol generatorlaridan olinadigan quvvat 
shamol tezligining uchinchi darajasiga mutanosib bo'lib: shamol tezligi ikki 
barobar ko'payganda, masalan 5 m/s dan 10 m/s gacha shamol generatorlaridan 
olinadigan quvvat sakkiz martaga ko'payadi. 
2002-yil avgust oyida Enercon kompaniyasi 4,5 MVt quvvatga ega 
bo'lgan E-112 shamol turbinasini yaratdi. 2004 yil dekabrgacha turbina dunyoda 
eng katta bo'lib qoldi. 2004 yil dekabr oyida Germaniyaning REpower Systems 
kompaniyasi o'zining 5,0 MVt quvvatga ega bo'lgan shamol turbinasini ishlab 
chiqardi. Ushbu turbina rotorining parraklar bilan birgalikdagi diametri 126 
metr, mashina xonasining og'irligi 200 tonna, minoraning balandligi 120 metrni 
tashkil etdi. 2005-yil oxirida Enercon kompaniyasi o'zining shamol turbinasining 
quvvatini 6,0 MVt ga oshirdi. Parraklarni aylanish diametri 114 metrni, minora 
balandligi 124 metrni tashkil etdi. 2009-yilda 1,5-2,5 MVt quvvatga ega 
turbinalar global shamol energetikasidan foydalanish sanoatining 82 % ini 
tashkil etdi. 


2014-yil yanvar oyida Daniyaning Vestas kompaniyasi 8 MVt quvvatga 
ega V-164 rusumidagi turbinasini sinovdan o'tkazishni boshladi. Turbinalarni 
yetkazib berish bo'yicha birinchi shartnoma 2014-yil oxirida imzolangan. 
Bugungi kunda V-164 agregati dunyodagi eng kuchli shamol turbinasi 
hisoblanadi. Hozirgi kunda shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda 
yetakchi bo'lgan davlatlarda quvvati 10 MVt dan ortiq bo'lgan shamol 
generatorlari ishlab chiqarilmoqda. 
Dunyoda uchta parrakli va gorizontal aylanish o'qiga ega bo'lgan shamol 
generatorlari eng ko'p tarqalgan bo'lib, ba‘zi joylarda ikkita parrakli shamol 
generatorlari ham mavjud. Kichik tezlikdagi shamol oqimlari bo'lgan hududlar 
uchun eng samarali shamol generatorlarini tuzulishi vertikal aylanish o'qi 
asosida bo'lib, ya‘ni parraklar karusel shaklida aylanadi. Ko'proq ishlab 
chiqaruvchilar bunday qurilmalarni ishlab chiqarishga o'tmoqdalar, chunki 
barcha iste‘molchilar dengiz va okean qirg'oqlariga yaqin masofada yashaydilar. 
Bu hududlarda kontinental shamollarning tezligi odatda 3 dan 12 m/s gacha 
bo'ladi. Bunday hududlarda shamol generatorlarini vertikal holatida o'rnatish 
samaradorligi ancha yuqori bo'ladi. Shuni ta‘kidlash kerakki, vertikal shamol 
generatorlari yana bir nechta muhim afzalliklarga ega: ular deyarli hech qanday 
texnik xizmat ko'rsatishni talab qilmaydi, ishlash muddati 20 yildan ortiq. 
So'nggi yillarda ishlab chiqilgan tormoz bilan ishlaydigan shamol 
generatorlarining tizimlari, hatto vaqti-vaqti bilan 60 m/s gacha bo'lgan shiddatli 
shamolda ham generatorlarni barqaror ishlashini kafolatlaydi. 
Daniya, Niderlandiya va Germaniya davlatlari shamol energiyasidan 
foydalanib elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun Shimoliy dengizda o'zaro 
hamkorlikda sun‘iy orol qurishni rejalashtirmoqdalar. Loyihani Shimoliy 
dengizning eng uzun qirg'og'i Dogger Bankda (Angliyaning sharqiy qirg'og'idan 
100 kilometr uzoqlikda) amalga oshirish rejalashtirilgan, chunki bu hududda 
quyidagi qulay omillar mavjud: dengiz sathining nisbatan pastligi va kuchli havo 
oqimi. Olti kvadrat kilometrlik orolga minglab shamol generatorlarini hamda, 


samalyotlar uchun uchish-qo'nish yo'lagi va kemalar uchun port joylashadi. 
Ushbu orolni qurilishning asosiy yangiligi - bu eng arzon energiyani olish va 
tranzit qilishdan iboratdir. Loyihaning asosiy maqsadi 30 GVtgacha arzon elektr 
energiyasini ishlab chiqaradigan shamol elektr stansiyasini yaratishdir. Uzoq 
muddatli rejada elektr energiyasi olishni 70-100 GVt gacha oshirishni nazarda 
tutadi, bu Yevropada joylashgan Germaniya, Gollandiya va Daniya davlatlarida 
yashovchi 80 millionga yaqin odamni energiya bilan ta‘minlaydi. 
 
 

Yüklə 150,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin