8-ma’ruza. Yer osti kon lahimlarida geometrik va trigonometrik nivelirlash reja



Yüklə 434,87 Kb.
tarix22.01.2023
ölçüsü434,87 Kb.
#80151
8-маъруза


8-MA’RUZA. YER OSTI KON LAHIMLARIDA GEOMETRIK VA TRIGONOMETRIK NIVELIRLASH
Reja:

  1. Geometrik nivelirlash.

  2. Trigonometrik nivelirlash.



Tayanch iboralar: geometrik nivelirlash, qiyalik burchagi, kon laxmlari, o‘rtadan, reyka, yelkalar, nivelirlash sxemasi, kon laximi asosi, ship qismi, reper, olingan sanoq, balandlik, trionometrik nivelirlash, qiyalik burchagi, kon laximi, vertikal doira, sanoq olish xatoligi, teodolit, po‘lat ruletka, punktlar, otves, markazlashtirish, gorizontal qo‘yilish, qiya uzunlik.

Yer osti kon lahimlaridagi vertikal tasvirga olish yoki nivelirlash quyidagi asosiy maqsadlarda amalga oshiriladi:



  • balandlik asosi punktlarining otmetkalarini aniqlash;

  • yer osti chiqaruv kon lahimlari qiyaligi nazorati;

  • yer osti kon lahimlariga vertikal tekislikda yo‘nalish berish.

Har bir gorizontda stvol oldi hovlisida vertikal bog‘lash syomkasi orqali hosil qilingan reperlar otmetkasi yer osti balandlik tarmoqlarini qurishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Balandlik tarmoqlari reperlari asosiy kon lahimlarining asos qismida, yon devorlarida hamda shift qismida o‘rnatiladi, shu bilan birgalikda planiy tayanch tarmoqlarining doimiy punktlaridan reperlar sifatida foydalanishimiz mumkin. Reperlarning siljimasligini nazorat qilish uchun bir-biridan 20-50 m masofada reperlar juft holatda o‘rnatiladi. Juft reperlar orasidagi masofa 500 m dan oshib ketmasligi kerak.
Yer osti balandlik s’yomkasi geometrik va trigonometrik nivelirlash orqali amalga oshiriladi.
Kon lahimlarining qiyaligi 5-8° gacha bo‘lganda geometrik nivelirlash amalga oshiriladi. Yer osti kon ishlarida kamroq massaga ega bo‘lgan, o‘lchamlari katta bo‘lmagan, kichik masofalarda minimal kuzatish hamda chang va namga qarshi himoyalangan nivelirlar qo‘llaniladi. Nivelir reykalari esa yer yuzasida texnik nivelirlashda qo‘llaniladigan uzunligi 1.7 m li yaxlit hamda 2.1 m li reykalaridan foydalaniladi.
Geometrik nivelirlash o‘rtadan turib o‘lchash usulida bajariladi. Yer osti kon lahimlarida nivelirlash sxemalari xilma-xilligi, ya’ni reperlar kon lahimining shift hamda asos qismida joylashganligidan yer yuzasidagi nivelirlashdan farqlanadi.
Bunda nisbiy balandlikni hisoblash formulasi:
h=a – b;
Reperlarning kon lahimining shift hamda asos qismida joylashganligidan kon lahimi asosidagi reperda joylashgan reykadan olingan sanoq musbat ishora, kon lahimi shift qismidagi reperda joylashagan reykadan olingan sanoq manfiy ishora bilan belgilanadi
Yer osti kon lahimlarida quyidagi geometrik nivelirlash sxemalari bo‘lishi mumkin:

8.1. Rasm. Geometrik nivelirlash sxemalari
stantsiyalardagi nisbiy balandligini hisoblash formulasi quyidagicha bo‘ladi:
h1 = a1 – b1;
h2 = a2 – (–b2) = a2 + b2;
h3 = (–a3) – (–b3) = b3–a3;
h4 = (–a4) – b4 = – (a4 + b4).
Trigonometrik nivelirlash qiyalik burchagi 5-8° dan katta bo‘lgan kon lahimlarida olib boriladi. Trigonometrik nivelirlashda vertikal doira sanoq olish xatoligi 30" dan oshmaydigan teodolit hamda po‘lat ruletka kerakli asbob bo‘lib xizmat qiladi.

8.2. Rasm. Trigonometrik nivelirlash
Quyidagi sxemalarda yer osti kon lahimida joylashgan B nuqtaning A nuqtaga nisbatan bo‘lgan balandligi hAB ni topish kerak bo‘lsin. Buning uchun dastlab A nuqtaga teodolitni joylashtiramiz va A nuqtaga markazlashtiramiz. (B nuqtaga otves ilinib) B punkt ustiga teodolit ko‘rish trubasida nishonga olish uchun ma’lum bir nuqta b tanlab belgilangan otves markazlashtiriladi va uning balandligi o‘lchab olinadi.

8.3. Rasm. Trigonometrik nivelirlash sxemalari
a) sxemada nisbiy balandlikni hisoblash

b) sxemada nisbiy balandlikni hisoblash

v) sxemada nisbiy balandlikni hisoblash

Shuning bilan bigalikda A nuqtadan teodolit ko‘rish trubasining aylanish o‘qigacha bo‘lgan masofa, ya’ni instrument balandligi (i) o‘lchab olinadi. Vertikal burchak o‘lchash usuli yordamida qiyalik burchagi (ν), po‘lat ruletka yordamida esa qiya masofa S o‘lchab olinadi. Shundan so‘ng nisbiy balandlik hisoblab topiladi.
Nisbiy balandlik nazoratini amalga oshirishda teskari yo‘nalishda ham o‘lchash ishi bajariladi. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda aniqlangan nisbiy balandliklar orasidagi farq qiymati 0,05L sm dan oshib ketmasligi kerak, L chiziq uzunligi, m.
Trigonometrik nivelirlash yo‘lida balandlik bo‘yicha bog‘lanmaslik quyidagi qiymatlardan oshib ketmasligi kerak:

  • tayanch tarmoqlarda mm;

  • 1 razryadli tasvirga olish tarmoqlarida mm;

  • 2 razryadli tasvirga olish tarmoqlarida mm.

bu yerda n – nivelirlash yo‘lidagi tomonlar soni.

8.4. Rasm. Yer osti vertikal syomkasi turlari
Yüklə 434,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin