8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik reja tavakkalchilik tushunchasi va o’lchovi


Tavakkalchilikni (yo’qotishlarni) pasaytirish



Yüklə 158,38 Kb.
səhifə6/14
tarix07.02.2023
ölçüsü158,38 Kb.
#83224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik reja tavakkalchilik tushunchasi

3 Tavakkalchilikni (yo’qotishlarni) pasaytirish

Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug’urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.


Kapital mablag’larni qo’yishda tavakkalchilikni kamaytirish usullaridan biri «Portfel diversifikatsiyasi» dir. Bu usulga ko’ra investitsiyalarni tavakkalchilik bilan bog’liq bir necha aktivlarga taqsimlash orqali tavakkalchilikni pasaytirishga erishiladi.
«Portfel diversifikatsiyasi» muammosi bo’yicha qilgan ishlari uchun amerikalik iqtisodchi olim Jeyms Tobin (Yel universiteti) 1981 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan. Undan «Sizga nima uchun Nobel mukofoti berildi?» deb so’rashganda, u «Barcha tuxumlarni bitta savatga qo’yish mumkin emasligini isbotlaganim uchun menga ushbu mukofotni berishdi», - deb javob qilgan edi.
Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo’ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi.
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir vaqtning o’zida ikkala mahsulot turiga bo’lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan bittasiga bo’lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Ko’p hollarda bir turdagi mahsulotga bo’lgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga bo’lgan talab oshadi. quyidagi 8.4-jadvalda ikki turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar keltirilgan.
8.4- Jadval
Tovarlarni sotishdan tushgan daromad.

Tovarlar turi

Yoz fasli

qish fasli

1-tur (muzqaymoq)

6 mln. so’m

1 mln. so’m

2-tur (issiq choy)

1 mln. so’m

6 mln. so’m

Firma o’z ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yo’qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko’proq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo’qotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko’rinib turibdiki firma diversifikatsiya yo’li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to’liq yo’qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.

Yüklə 158,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin