8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik reja tavakkalchilik tushunchasi va o’lchovi


Axborot bilan ta’minlash yoki izlash



Yüklə 158,38 Kb.
səhifə8/14
tarix07.02.2023
ölçüsü158,38 Kb.
#83224
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik reja tavakkalchilik tushunchasi

Axborot bilan ta’minlash yoki izlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi noto’g’ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo’lib, uni olish uchun haq to’lash kerak, ya’ni axborot olish xarajat bilan bog’liq, ba’zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. SHuning uchun ham kerakli bo’lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko’rish kerak bo’ladi. Bozor axboroti 2 xil bo’ladi: Simmetrik axborotlashgan bozor va asimmetrik axborotlashgan bozor.
Simmetrik axborot bozordagi vaziyatni to’la aks ettiradi, ya’ni u to’laroq bo’ladi. Masalan, bozor signallari narxning ortib borishi haqida xabar beradi, bu bozordagi talabning oshib borishini bildiradi. Buni e’tiborga olgan firma xatardan qochish yo’lini izlaydi.
Asimmetrik axborotlashgan bozor. Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor sub’ektlari o’rtasida bo’ladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.
Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal bo’lishi tovarlar narxi va tovar to’g’risida qanchalik to’g’ri axborot berishi bilan bog’liq. Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot bilan to’liq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan ne’matlarning alternativ xarajatlari to’g’risida to’liq axborot beradi. Aniq va to’liq axborotning bo’lishi bozordagi ne’matlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar o’z tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o’zlarining bozordagi hatti-harakatlarini yashirib, har xil yo’l bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi o’zida juda ko’p axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha to’liq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali bo’ladi, ya’ni ikki tomon ham maksimal foyda ko’radi. YUqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (to’liq) bo’lmaganligi uchun bozor mexanizmi ham yetarli darajada mukammal emas.

Yüklə 158,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin