yo’lida yosh avlodni milliylikka zid bo’lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli
qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
“Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo’lgan
olamonni shakllantirish bo’lgani bois, u ma’naviy oziq beradigan, badiiy yuksak,
o’quvchini
mushohadaga undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan
asarlarni
yaqiniga
yo’latmaydi.
Shuning
uchun
“
ommaviy
madaniyat”namunalarini badiiy –estetik qimmatga ega emas. Ommaviy madaniyat
xoh G’arb xoh Sharq bo’lsin uning ma’naviy hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda.
U yildan-yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan daxl
qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda.
Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim
vositasi bo’lgan san’at orqali jamoatchilikka ta’sir etmoqda. Bu hodisa san’atda
behayo filmlar tuturiqsiz musiqalar ko’rinishida namoyon bo’lib, ularning asosida
fahsh, zo’ravonlik, shafqatsizlik kabi axloqiy illatlar
yotishini bugungi kunda
jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib yetmoqda.
Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar,
faylasuflar,
san’atshunoslar “ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga,
ayniqsa
umumadaniy jarayonlarga ta’siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar.
Xususan, sotsiolog Ch.Reych o’zining “Gullayotgan Amerika” kitobida “isyonkor
yoshlar o’zlarining shaxsiy “madaniyat”larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning
asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh “isyonkor”
madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liq falsafiy axloqiy,
estetik
ahamiyatidan hamda muomala va muloqat madaniyatidan yuz o’girgan holda
o’zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi
“yangi odam” uchun maskur qadriyatning asosi –bu o’zini
mavjud tizimdan
tashqarida his qilishga bo’lgan layoqatidir”,-degan fikrni bayon etgan edi.
Dostları ilə paylaş: