bajaradi, lekin sportning ushbu turiga doir qonun-qoidalardan chetga chiqolmaydi.
Shunday qilib, jismoniy tarbiyani sportga qo’shib yuborish yoki ularni
aynanlashtirish mumkin emas. Sportning boshqa ko’pchilik
turlarida esa barcha
sportchilar bir xil mashqni bajaradilar, lekin ularni bir-biridan farqlantirib
turadigan, musobaqa ruhini saqlab, uni so’ndirmaydigan narsa, bu – har bir
sportchining bir xildagi mashq ijrosiga ijodiy, o’ziga xos yondashuvdir. Bunda
sportchining o’z a’zoi badani ustidan hukmronlik qilishi shu hukmronlikni
egiluvchan go’zallik, epchillik, ulug`vor xatti-harakatlar
shaklida tomoshabinga
taqdim etishini taqozo qiladi, xullas, sport inson tanasi go’zalligining namoyishi
sifatida diqqatga sazovor.
Sportga qadimgi yunonlar, bundan bir necha ming yillar avval ana shunday nuqtai
nazardan yondashganlar. Lekin, afsuski, keyinchalik musobaqa omili go’zallikni
chetga surib, uni g`oliblik va mag`lublik bilan baholanadigan ehtirosni o’yinga,
qimorning o’ziga xos turiga aylantirib qo’ydi (qadimgi Rumodagi gladiatorlar
bahsi, keyinchalik ot poygasiga pul tikishlar v.h.).
Hozirgi paytda sport jahon bo’ylab juda keng yoyilgan madaniy soha sifatida tan
olinadi. Ayniqsa, buni O’zbekiston misolida yaqqol ko’rish mumkin. Bizda
mustaqillik sharofati bilan sportga milliy madaniyatning uzviy qismi sifatida
qarash shakllandi, uning hamma turi bo’yicha musobaqalar o’tkazish odat tusiga
kirdi, o’zbek kurashi esa umumbashariy sport turi maqomini oldi,
maxsus
Madaniyat va sport vazirligi tashkil etildi. Bularning deyarli barchasi
respublikamiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va nazorati ostida amalga
oshirildi. Shu tufayli bugun O’zbekiston sport diyoriga, inson jismoniy go’zalligini
jahonga namoyish etayotgan mamlakatlardan biriga aylandi.
Sport estetikasidagi eng muhim muammo, bu uning san’at bilan o’xshashligida.
Shundan kelib chiqib, zamonaviy sportni (juda bo’lmaganda, uning ba’zi turlarini)
o’ziga xos san’at sifatida talqin qilish keng yoyilgan. Rene Mehyu, Morin Kovich,
Benjamin Lou singari g`arb olimlari va ko’plab mashhur sportchilar sportni san’at
sifatida qabul qilish mumkin degan fikrni o’rtaga tashlaydilar. Lekin haqiqatan
ham sport san’atmi, ularni aynanlashtirish mumkinmi? Bu savolga to’g`ridan-
to’g`ri javob berish qiyin. Shu bois sportning kelib chiqishi va mohiyatiga e’tibor
qilib ko’raylik.
Ma’lumki, o’yinni Qadimgi yunon faylasuflari estetik tabiatga ega ekanini
ta’kidlab, uni san’at bilan tenglashtirganlar, Shiller esa, ko’rib o’tganimizdek,
badiiy faoliyatni o’yinning eng yuksak shakli deb hisoblaydi. Sport esa, eng avvalo
o’yin. Undan inson ikki tomonlama estetik zavq oladi: o’yinchi-sportchi va
tomoshabin-tarafkash sifatida. bunda tomoshabin san’atni idrok etayotgandek
sportchi bilan uyg`unlashib, uning xatti-harakatlariga qo’shilib ketadi, ayni paytda
o’zi sportchi emasligini, ya’ni estetik masofani his qilib turadi. Bu borada B.Lou
o’zining “Sport go’zalligi” degan kitobida F.Kinonning
quyidagi fikrlarini
keltiradi: “Teatr, – deb yozadi F.Kinon, – tomoshabinga suyanib rivojlanadigan
san’at turi... Sport musobaqalarida tomoshabinlar o’zlarini xuddi spektakl
tomoshosidagidek tutadilar: ular yuksak mahorat egalariga qarsak chaladilar va
yomon o’yin ko’rsatganga nisbatan salbiy munosabatlarini yashirmaydilar. Sportda
ham, teatrda ham biz “o’yin” haqida gapiramiz”
3
. Boshqa bir o’rinda B.Lou
H.Slyusherning “Sport va ekzistenstiya” kitobidagi quyidagi satrlarga e’tibrni
qaratadi: “Sport – toki haqiqiy sport ekan, u estetik fazilat va nafislikka erisha
oladi. U sportchi uchun chuqur ma’noga boy holat... sport botiniy yaxlitlikni va
yuksak darajadagi hissiy ko’tarinkilikni talab qiladi, – deb yozadi H.Slyusher
sportchi his etadigan estetik zavq haqida
4
.
San’at bilan sportning yana bir o’xshash tomoni shundaki, har ikkalasi ham biror
bir moddiy ehtiyojni qondirmaydi,
bevosita maqsad emas, maqsadga muvofiqlik
tarzida voqe bo’ladi, ularning asosiy xususiyati, mavjudligini oqlaydigan narsa, bu
– odamlarga estetik zavq berish xususiyati. Ayni paytda san’atda ham sportda ham
o’yin ijtimoiylik kasb etmasligi mumkin emas, sportchi san’atkor kabi g`oyaviy-
mafkuraviy maylparastlik tabiatiga ega. San’atkor vatanparvarlik, millatparvarlik
g`oyalarini bilvosita – badiiy asari orqali ilgari sursa, sportchi o’z jismoniy xatti-
harakatlari bilan musobaqalarda vatan bayrog`ini ko’tarishga, “millatni uyaltirib
qo’ymaslikka” intiladi, ya’ni bevosita va tabiiy ravishda
mafkuraviylikni amalga
oshiradi. Demak, san’at ham, sport ham shunchaki zavq berish va o’z iste’dodidan
zavqlanish bilangina chegaralanib qolmaydigan ijtimoiy-ma’naviy hodisalardir.
Biroq ana shu mafkuraviylik mafkurabozlikka aylansa, ya’ni ijodkor mafkura
uchun axloqiylikdan chekinsa, san’atda haqiqiy badiiy asar yaratishning iloji
bo’lmaganidek, sport musobaqasida ham g`irromlik yo’li bilan, “bir amallab” yutib
chiqib, haqiqiy g`alabaga erishishi mumkin emas, zero haqiqiy g`alaba
tomoshabinning bahosi bilan belgilanadi. Masalan, futbol maydonida raqibi
yiqilib, o’rnidan tura olmayotganini ko’rgan futbolchi o’zi qulay vaziyatda bo’lsa
ham, to’pni maydon tashqarisiga chiqarib yuboradi, raqib o’rnidan turib, hakam
to’pni o’yinga kiritishga ruxsat berganida yiqilgan raqibning o’zi yoki
komandadoshi uni yana
maydon tashqarisiga chiqarib, to’p egallash navbatini
ixtiyoriy tarzda raqib komandaga beradi. Bu – har ikkala komanda o’yinchilarining
jo’mardligini “haqiqiy yigitlar” ekanini, ularning faqat jismoniy emas, balki
axloqiy jihatdan ham etukligini ko’rsatadi, tomoshabin hech qachon ularning
birortasini to’pni raqibiga berib qo’ydi deb ayblamaydi, afsus chekmaydi, aksincha
xursand bo’ladi, namoyish qilingan mardlikdan zavqlanadi.
Qadimgi yunonlar san’atni “go’zal yolg`on” deb ataganlar, darhaqiqat, san’atkor
bizga “bo’lmaganni bo’lgan qilib” ko’rsatadi, bizni chiroyli aldaydi. Sportning
ko’pgina turlarida ham shunaqangi chiroyli aldovni tomosha qilib zavqlanamiz.
Masalan, futbol o’yinini olaylik: hujumchi ro’parasidagi raqibini, futbol tili bilan
aytganda, “chiroyli fintlar” bilan aldab o’tganida biz haqiqiy san’atni ko’ramiz.
Hatto reportaj olib borayotgan jurnalist qoyil qolganidan “Go’zal! Bag`oyat
go’zal!” demay iloji yo’q. Sportning figurali uchish,
badiiy gimnastika, sinxron
suzish, suvga sakrash kabi turlari raqs san’atidan qolishmaydi, figurali uchish esa
o’ziga xos muz ustidagi balet, unda va badiiy gimnastikada musiqa san’ati ham
ishtirok etadi. sport jismoniy go’zallikni xulqiy go’zallik va go’zal xatti-harakatlar
3
Лоу Б. Красота спорта. Москва. Радуга. 1984. С.92.
4
Ўша манба. С. 177.
vositasida ma’naviy go’zallikka aylantirishdir. Shu ma’noda sportchi ham artist.
Mohir sportchi o’zini bir muddatga jonli haykalga aylantira oladi.
Shular bir qatorda sport san’at uchun material bo’lib xizmat qiladi. bunga o’zimiz
guvohmiz: biz sport mavzuidagi rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik namunalarini
ko’p ko’rganmiz, hikoya va qissalarni o’qiganmiz. Biroq, bularning hammasi
sportni san’at deb qabul qilishimiz uchun etarli asos bo’lolmaydi. Buni sport
estetikasi borasida jiddiy tadqiqotlar olib borgan, yuqorida nomi zikr etilgan B.Lou
shunday ta’riflaydi: “Inson badanining – tabiiy shakldagi go’zallik ekanini,
sportchi qiyofasi ideal badan tuzilishini o’zida mujassam etishini e’tirof qilar
ekanmiz, sportdagi go’zallikni san’atdan ko’ra tabiatga taalluqli deyishimiz
mumkin, zero sportdagi go’zallik ko’p hollarda tasodifiylik xususiyatiga ega”
5
.
B.Lou aynan mana shu o’rinda
haqiqatga yaqin keladi, deb o’ylaymiz: sportda
san’at unsurlari mavjud, lekin u butunisicha olganda, san’at emas. Ya’ni sport
estetik ko’rinishlarga ega, estetik zavq uyg`ota oladigan nosan’at soha. Sport
estetikasi uning ana shu xususiyatlarini tadqiq etadi.
Dostları ilə paylaş: