mehnatning mazmuniy jihatiga aloqador”
. Bunga misol tariqasida u inson o’z
ruhiy-fiziologik quvvatining mehnat jarayonini boshqarish
mahoratiga egaligidan
ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta’kidlab o’tadi.
Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy ko’tarinkiligi
mehnat bilan estetikaning uyg`unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat
jarayonini jonlantiradigan hodisaga, uni go’zallashtiradigan qudratga aylanadi.
Buning uchun inson – texnika – makon tizimida dastgohlardan tortib, devoru
imoratlargacha,
gultuvakdan tortib, darpardalargacha dizaynerning ijodiy
yondashuvi lozim bo’ladi; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o’ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko’pincha faqat jismoniy-moddiy
mehnat jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo’r berib tadqiq
etishga urinamiz.
Vaholanki, ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy
e’tiborga, estetik tahlilga loyiq. Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko’raylik.
Ulug` rejissyorimiz Mannon Uyg`ur yangi spektaklni tayyorlashda “o’zi ham
tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan”. Repetistiya paytida tushlikka chiqishga
vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so’ng tunlari
tahlil bilan shug`ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini
qog`ozga tushirgan. Buyuk franstuz yozuvchisi Balzakninng esa kuniga 14-16
soatlab ishlagani hammaga ma’lum. Mehnat tufayligina san’atkor o’z iste’dodini
namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu “o’zini qiynash”dan u butun borlig`i bilan
quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat sifatida san’atkor uchun doimo
“shirin azob”, “go’zal a’mol” – estetik zavq manbai.
Fanda ham mehnatning o’rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch
san’atdagidan kam emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki
unda bilimga bo’lgan ishtiyoqni, ijod hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini
namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud. To’g`ri,
bir paytlar fan hissiyotga
berilmasdan, sovuqqon va holisona haqiqatni bilishga asoslanadi, degan fikr
hukmron edi, buni sababi qilib uning majoziy tafakkurdan yiroqligi ko’rsatilardi.
Hozirgi paytda uning aksi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylangan. Zotan fan
tarixi unda ikki sifatni – axloqiy-shaxsiy va estetik ibtidoning mavjudligini
ta’kidlab turadi. Buni V.A. Engelgart shunday ifodalaydi: “Ijod... – san’atning
mohiyati. U xuddi shu darajada fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda
insonning
yaratish, ya’ni, o’zligini namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy
kashfiyot, huddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o’zida saqlab
qoladi va keyingi hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi”
. Zotan
ijodiy mehnatni o’z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy
olimdir.
Hozirgi kunda san’atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki, hissiyotlar bilan
aloqador shaklda emas, balki tashqi – texnika nuqtai nazaridan ham estetiklashgan.
Chunonchi, bugungi yozuchi o’z
mehnat jarayonini kompyutersiz, diktofonsiz
tasavvur qilolmaydi, rassomlar, qo’shiqchilar va boshqalar kompyutpr
texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg`u asboblari ham ma’lum ma’noda
Кучерюк Д.Ю. Эстетика труда. Киев. Виша школа. 1989. С. 276.
Энгельгарт В.А. Познание явлений жизни. Москва. Наука. 1984. С.276.
texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi. Bunday misollarni ko’plab keltirish
mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan go’zallik
ijodkorning ma’naviy-ruhiy ko’makchisiga aylanishini ko’rish mumkin.
Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go’zallashtirish tizimi bilan
bog`liq. Korxona
hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning
uyg`unligi ichkaridagi binolar peshtoqlari va devorlarida aks etgan ko’rgazmali
amaliy san’at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan bezatilishi – hammasi
inson mehnatini go’zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan amalga
oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab
chiqarishi bilan chegaralanmaydi, dizayndan keng foydalangan holda o’zini atrof-
muhitni go’zallashtirish tizmidagi asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va
texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi.
Dostları ilə paylaş: