8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix20.06.2022
ölçüsü415,27 Kb.
#61916
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
№8-Mavzu - uz (1)

Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan 
muammolar bo‘lib, ular odamlarni energiya, yonilg‘i, chuchuk suv, xom ashyo
resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik
muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o‘zlashtirish ham kiradi. 
Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog‘liqmuammolar ya’ni 
demografiya muammosi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat 
masalalari va shu kabilardir. U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi


ma’lum darajada shartli xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish 
asoslariga bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil
varianti sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar 
o‘zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga ko‘maklashadigan usullaridan biri 
sifatida qaralishi lozim. 
Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug‘dirayotgan eng muhim muammolarga 
qisqacha tavsif beramiz. 
Asosiy global muammolar tizimi. Hozirgi davrning global muammolari o‘z
holatini zamonda tinimsiz o‘zgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi, 
chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik bo‘lgan yangi muammolar kirishi, 
avvalgi muammolar esa, ularning echilishiga qarab, yo‘qolishi mumkin. Rim klubining
asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib, insoniyat
qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan aksariyat muammolar «bir-biri bilan mahkam 
chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig‘ butun sayyorani o‘z iskanjasiga
olmoqda... echilmagan muammolar soni o‘sib bormoqda, ular yanada murakkabroq 
tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi»
esa sayyoramizni o‘z changalida tobora qattiqroq siqmoqda»,
10
deb yozgan edi. Ammo 
global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bo‘lmasin, uni fan va falsafa yordamida
echish, ya’ni sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali tafsilotlardan, 
ob’ektivni sub’ektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab etish lozim. Dunyo 
miqyosidagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish uchun odamlarning imkoniyatlari va
resurslari cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi biri darhol echishni talab 
qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb etishini ham farqlash 
muhimdir. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin