8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot



Yüklə 104,95 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü104,95 Kb.
#177963
1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchala


8-Mavzu.Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot

1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati.
2. Barqaror taraqqiyotni ta'minlashda globallashuvnipg ijobiy va salbiy yo'nalishlari. Global jarayonlarning tasnifi. Migratsiya va urbanizatsiya barqarorlik va beqarorlik omili.
3. Global jinoyatchilik va uning oldini olishda xalqaro hamkorlikning zarurati.
4. Sportning global siyosiy xarakteri. Pandemiya - XXI asrning global muammosi.
5. Global makonda axborot texnologiyalari, sun'iy intellekt va vertual reallikning mutanosibligi. Zamonaviy texnikaning insonparvarlashuvi.

Globallashuv hodisasi va globalistika. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi. SHu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarning ham e’tiborini tortmoqda.


Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e’tiborni ishning mohiyatiga qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish imkonini beradi. Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki «jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. SHu munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan, qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy rivojlanishda ob’ektiv jarayonlarning sub’ektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi zamonda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab etish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi.
Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. SHuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.
Globallashuvning serqirraligi dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab etishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishida namoyon bo‘ladi. 1970-yillardan globallashuv o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi va serqirra tus oldi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo‘ldi.
Globallashuvning serqirraligi jahon bozorini sezilarli darajada o‘zgartirdi, jahon xo‘jaligi o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xo‘jaliklardan kuchliroq va muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar globallashuv serqirraligining muhim xususiyatlari hisoblanadi:
a) «rezonans effekti»ning paydo bo‘lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan boshqa mamlakatlar va mintaqalarga o‘tadi;
b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi;
v) ko‘rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlarining shakllanishi, ular mazkur tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko‘p jihatdan belgilashi.
1991 yilda Internet paydo bo‘lganidan so‘ng dunyo informatsion jihatdan ham uzil-kesil tutashdi. Kompyuter inqilobi va Internet tarmog‘ining rivojlanishi chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo‘lgan yangi axborot maydonini vujudga keltirdi.
Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida. Ko‘rib chiqilgan globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g‘am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internatsionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. YUqorida qayd etib o‘tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyat-tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o‘zgarishlari mahsuli bo‘ldi.
SHuni ta’kidlash lozimki, jahon hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan ham ziddiyatliroq shakl-shamoyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hozirgi vaziyat tarixda hech qachon bo‘lmagan.
Bir tomondan, u bir-biriga o‘xshamaydigan, katta va kichik, rivojlangan va qoloq, tinchliksevar va urushqoq, yosh va qadimgi ko‘p sonli madaniyatlar, millatlar va davlatlardan iborat. Boshqa tomondan esa, insoniyat uchinchi ming yillikka yagona organizm sifatida, bir «umumiy uy», aniqroq aytganda, yashash sharoitlari nafaqat tabiiy ko‘rsatkichlar, ya’ni yashash uchun yaroqli hudud bilan, balki hayot faoliyati uchun zarur resurslar mavjudligi bilan ham chegaralangan Er deb atalmish katta va odamga to‘lib ketgan «kommunal kvartira» aholisi sifatida qadam qo‘ydi. Bu to‘la anglab etish jarayoni so‘nggi o‘n yilliklardagina yuz bergan va endilikda u bilan barcha mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga majbur bo‘lgan borliqdir.
Bu, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tarixiy o‘lchovlarga ko‘ra jadal sur’atlarda emas, balki misli ko‘rilmagan shitob bilan yuz berdi. Bunda dunyoning yagonaligi tarixiy taraqqiyotni belgilovchi muhim omilga aylandi. Ikkinchi jahon urushi jahon hamjamiyatining parokandaligiga uzil-kesil chek qo‘ydi. Urush tugagani zahoti K.YAspers «SHu davrdan e’tiboran yaxlit bir butunning yagona tarixi sifatidagi jahon tarixi boshlanadi, - deb qayd etdi. Endi butun dunyo asosiy muammo va vazifaga aylandi. SHu tariqa tarixning butunlay o‘zgarishi yuz beradi. Dunyo mamlakatlari va xalqlari tutashdi. Er kurrasi yaxlit va yagona tus oldi. YAngi xavflar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Barcha muhim muammolar dunyo miqyosidagi muammolarga, vaziyat – butun insoniyat vaziyatiga aylandi»1.
Borliq, ong, hayotning mazmuni azaliy falsafiy muammolariga va falsafada muttasil muhokama qilinadigan boshqa masalalarga hozirgi davr shu tariqa ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, mutlaqo yangi mavzu – insoniyatning yagona taqdiri va Erdagi hayotni saqlash mavzusini qo‘shimcha qildi.
Texnooptimizm. Ammo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib texnokratik kayfiyatlarning yangi to‘lqini bilan chetga surib qo‘yildi va qariyb ikki o‘n yillik mobaynida ommaviy ongga o‘z ta’sirini yo‘qotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab bo‘ldi. 50-60-yillarda ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G‘arbda ham, SHarqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq bo‘lib tuyular edi.. Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko‘p sonli nazariyalarda o‘z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli konsepsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi.
Texnopessimizmfan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko‘chaga olib kiradiva pirovardda u halok bo‘ladi deb hisoblaydi. Ko‘rib chiqilayotgan nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor bergan bo‘lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning o‘rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. CHunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi.
Rim klubi. YUqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o‘zining birinchi majlisiga yig‘ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lon qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon qilingan «O‘sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, chunki insoniyat o‘zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida o‘tirib, gugurt o‘ynayotgani»ni ko‘rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so‘zboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o‘sish sur’atlariga dosh berishga, insonning har qanday erkaliklarini ko‘tarishga qodir ekanligiga sog‘lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O‘sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim»2.
Global muammolarni echishda falsafaning roli. Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni echish yo‘llarini izlashga majbur qildi.
YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o‘z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat’iy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
Muammolarning turli darajalari. Global muammolar butun dunyogagina tegishli bo‘lmay, uning mintaqalari va hatto ayrim mamlakatlar darajasida namoyon bo‘lgani bois, ilmiy adabiyotlarda ularning umuminsoniy ahamiyatini tan olish bilan bir qatorda, ularni mohiyati o‘zgacha, ta’sir doirasi esa torroq bo‘lgan ayrim, mahalliy, mintaqaviy muammolardan farqlash ham amalga oshiriladi. Turli darajadagi muammolarni «umumiylik», «xususiylik» va «yakkalik» falsafiy kategoriyalarining muayyan ifodasi sifatida o‘rganar ekanlar, ularni odatda shunday talqin qiladilarki, xususiy muammolar ayrim muammolar sifatida, mahalliy va mintaqaviy muammolar – xususiy muammolar sifatida, global muammolar esa – umumiy muammolar sifatida amal qiladi. Zikr etilgan muammolarni farqlash zamirida yotuvchi asosiy mezon ham ayni shu yondashuvni belgilaydi. U geografik deb ataladi, chunki makon omilini yoki, boshqacha aytganda, muayyan muammolar mavjud hududni aks ettiradi.
Xususiy muammolardavlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo‘lgan muammolardir. Bular, odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va sh.k.
Mahalliy muammolartushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bo‘lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi.
Milliy muammolartushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g‘am-tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.
Mintaqaviy muammolarayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi. Bunday muammolarga SHarqiy Evropaning bir necha mamlakatlari hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan CHernobil fojiasi yoki bir qator davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim o‘zgarishlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz bergan qurg‘oqchilik «asr falokati» degan nom oldi. U Afrika qit’asining 18 davlatini qamrab oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan ko‘proq odam halok bo‘ldi, taxminan 18 million bosh qoramol nobud bo‘ldi, xavfli kasalliklarning epidemiyalari yuzaga keldi, bu ulkan mintaqa hududi esa deyarli to‘la sahroga aylandi.
Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo‘shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.
SHunday qilib, global muammolar to‘g‘risida so‘z yuritilganda butun sayyora nazarda tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. Bunda mintaqalar soni va ularning miqyosi ko‘rib chiqilayotgan muammolar xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, dunyo miqyosidagi iqtisodiy qoloqlik muammosini tadqiq etishda odatda butun sayyorani ikki mintaqa – rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. Demografik, energetik muammolar yoki xom ashyo muammolarini o‘rganishda esa, mintaqalar soni ko‘payadi va har safar tadqiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi.
Bunda shuni qayd etish lozimki, har qanday muammo sayyoraning istalgan mintaqasiga nisbatan muhim sanalgan, ya’ni ularning har birida namoyon bo‘lgan holdagina global deb hisoblanishi mumkin. Aks holda bir yoki bir necha mintaqalarning muammolari (yoki bundan ham kichikroq miqyosdagi muammolar) to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Bundan barcha global muammolar ayni vaqtda mintaqaviy ahamiyat ham kasb etadi, lekin mintaqaviy darajada aniqlangan barcha muammolar ham global bo‘lavermaydi, degan xulosa kelib chiqadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, global muammolar soni kamroq bo‘ladi. Boshqa darajalarga kelsak, global muammolar bevosita mahalliy yoki xususiy ko‘rinishga ega bo‘lmasligi yoki bu erda uncha sezilmasligi mumkin.
Masalan, Antarktidada yoki sayyoramizning atrof muhit ifloslanadigan asosiy markazlari va manbalaridan ancha uzoqda joylashgan boshqa burchaklarida havo yoki suv havzalarining holati qoniqarli bo‘lishi, tabiiy muhitga antropogen ta’sir esa deyarli sezilmasligi mumkin. SHunga qaramay bu keskinlik darajasi tabiiy muhitga antropogen ta’sirning notekisligiga bog‘liq bo‘ladigan ekologik muammoning global xususiyatiga shak-shubha tug‘dirmaydi. O‘z navbatida, barcha mahalliy yoki xususiy muammolar global muammolar bilan bog‘lanavermaydi, zero ularning soni taqqoslab bo‘lmaydigan darajada ko‘proqdir.
Keltirilgan mulohaza global va mintaqaviy muammolarni nafaqat ilmiy balki, amaliy jihatdan ham farqlash imkonini beradi, chunki barcha global muammolar o‘z miqyosida o‘zgarmaydigan yagona tizim – butun sayyoraga tegishlidir. SHu sababli mazkur tizim uchun ularning soni ma’lum tarixiy bosqichda muayyan hisoblanadi. Ayni vaqtda boshqa darajadagi muammolar sonining aniq hisobini yuritish mumkin emas, zero mintaqalarning va turli hududlarning chegaralari tadqiqotning maqsad va vazifalariga qarab shartli olinadi.
Globallik mezonlari. Fan va falsafada global muammolarni yanada aniqroq tavsiflash uchun yuqorida zikr etilgan «geografik» mezondan tashqari bu muammolarni boshqa tomondan – ularning sifati, va muhim xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsiflovchi qo‘shimcha mezonlar qo‘llaniladi.
Birinchidan, global muammolar o‘z mohiyatiga ko‘ra nafaqat ayrim kishilarning manfaatlariga, balki butun insoniyat taqdiriga daxldordir.
Ikkinchidan, ularni bartaraf etish uchun butun sayyora aholisi hech bo‘lmasa aksariyat qismining kuch-g‘ayratini birlashtirish va ular bahamjihat, izchil ish ko‘rishi talab etiladi.
Uchinchidan, bu muammolar dunyo rivojlanishining ob’ektiv omili hisoblanadi va biron-bir mamlakat ularni e’tiborga olmasligi mumkin emas.
To‘rtinchidan, global muammolarning echilmagani kelajakda butun insoniyat va uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Qayd etilgan mezonlardan tashqari ba’zan global muammolarning boshqa bir qator xususiyatlari ham ko‘rsatiladi. Xususiy, mahalliy va mintaqaviy muammolardan farqli o‘laroq, global muammolar nisbatan turg‘unroqdir. Ular globallikning yuqorida sanab o‘tilgan barcha mezonlariga mos kelishdan oldin zimdan va uzoq shakllanadi, echilishiga qarab esa (nazariy jihatdan) quyiroq darajaga tushib, dunyo miqyosida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Ammo tendensiyalarni teskari yo‘nalishda o‘zgartirish kamida butun jahon hamjamiyatining izchil harakatlarini talab etuvchi o‘ta og‘ir ish bo‘lib, hali bunga erishilganicha yo‘q. Global muammolar mavjudligining nisbatan qisqa tarixiga nafaqat ularning quyiroq darajaga tushishi, balki susayish hollari ham ma’lum emasligining sababi ana shundadir.
Global muammolarning boshqa bir muhim xususiyati – ularning barchasi bir-biriga shu darajada bog‘liqki, ulardan birini echish hech bo‘lmasa unga boshqa muammolarning ta’sirini hisobga olishni nazarda tutadi.
Global muammolarning tasnifi. Global muammolarning keltirilgan mezonlari va o‘ziga xos xususiyatlari asosan mazkur sohadagi aksariyat tadqiqotchilarning qarashlarini aks ettiradi va global muammolarni boshqa barcha muammolardan farqlab, aniq aytish imkonini beradi. Bunda u yoki bu muammoning keskinlik va muhimlik darajasini belgilash, uning boshqa muammolar bilan o‘zaro nisbatini aniqlash uchun odatda turli tasniflashlar amalga oshiriladi, ular alohida guruhlarga ajratiladi.
Tasniflash birdan-bir maqsad hisoblanmaydi, balki hozirgi davrning o‘ta keskin ziddiyatlarini kompleks o‘rganishning muhim elementi sifatida amal qiladi va mazkur muammolarni ularning o‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganish imkonini beradi. U muhim aloqalarni farqlash, ustuvorliklarni va ob’ektiv mavjud global muammolarning keskinlashuv darajasini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tasniflash global muammolarning tizimli o‘zaro aloqasini yanada teranroq tushunishga ko‘maklashadi va amaliy qarorlar qabul qilish ketma-ketligini belgilashga yordam beradi.
Izchil va aniq amalga oshirilgan tasniflash bilishning mazkur sohasidagi avvalgi tadqiqotlarni ma’lum darajada sarhisob qiladi va ayni vaqtda bunday tadqiqotlarning rivojlanishida yangi bosqich boshlanganini qayd etadi.
Hozirgi zamondaglobal muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida ayniqsa keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va echimining ahamiyatiga, shuningdek real hayotda ularning o‘rtasida qanday sababiy bog‘lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish kabi ikki o‘ta muhim muammo farqlanadi:
Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammolar bo‘lib, ular odamlarni energiya, yonilg‘i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o‘zlashtirish ham kiradi.
Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog‘liq muammolar ya’ni demografiya muammosi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat masalalari va shu kabilardir.
U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar o‘zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga ko‘maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim.
Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug‘dirayotgan eng muhim muammolarga qisqacha tavsif beramiz.
Asosiy global muammolar tizimi. Hozirgi davrning global muammolari o‘z holatini zamonda tinimsiz o‘zgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi, chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik bo‘lgan yangi muammolar kirishi, avvalgi muammolar esa, ularning echilishiga qarab, yo‘qolishi mumkin. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib, insoniyat qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan aksariyat muammolar «bir-biri bilan mahkam chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig‘ butun sayyorani o‘z iskanjasiga olmoqda... echilmagan muammolar soni o‘sib bormoqda, ular yanada murakkabroq tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi» esa sayyoramizni o‘z changalida tobora qattiqroq siqmoqda», 1 deb yozgan edi.
Ammo global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bo‘lmasin, uni fan va falsafa yordamida echish, ya’ni sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali tafsilotlardan, ob’ektivni sub’ektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab etish lozim. Dunyo miqyosidagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish uchun odamlarning imkoniyatlari va resurslari cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi biri darhol echishni talab qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb etishini ham farqlash muhimdir.
Demografik muammo.Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko‘payishiga sabab bo‘layotgan aholining nazoratsiz o‘sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar Erda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin milliard») munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko‘paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o‘sish sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko‘payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki,, XX asrning birinchi o‘n yilligida Er yuzida jami bir milliard, 1956 yil Erda 2,8 milliard , 1985 yilda 5 milliard aholi yashagan bo‘lsa XXI asrning 2015 yilida er yuzida yashovchi aholiningumumiy soni 7,5 millarddan oshib ketdi. Futurologlarnnig fikricha 2050 yilda er da 15 millarddan ortiq aholining yashashi bashorat qilinmoqda.
XX asrda er kurrasi aholisining «demografik portlash» deb nomlangan mislsiz darajada o‘sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo‘ldi. Bu avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘lib, ularga jahon aholisi o‘sishining o‘ndan to‘qqiz qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu erdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayoq xos bo‘lgan o‘lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos bo‘lgan tug‘ilish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda mehnat unumdorligi darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad miqdoriga, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorlik darajasi va qishloq xo‘jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga ko‘ra bu mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamoqda.
Demografik muammolar juda murakkab va o‘ta turg‘un bo‘lib, ularni tez bartaraf etish mumkin emas. Ularni echish kechga surilgani sari, yanada murakkabroq va chigalroq tus oladi. SHu sababli rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha hukumatlar tug‘ilish darajasini pasaytirishga qaratilgan demografik siyosatni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Jumladan O‘zbekistonda 1995 yilda “Oilani rejalashtirish” davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand tug‘ilishini rejalashtirishning ona va bola sog‘ligini asrashga yo‘naltirilgan sa’y harakatlardan biri bo‘lishi bilan bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish vazifasini bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu borada barcha viloyatlarda, qishloq va ovullarda reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yoshi erkaklar orasida 73, ayollar oraisda 75 yoshga teng.
Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskinlashdi, lekin bu erda uning aks ko‘rinishiga duch kelish mumkin. Umr uzunligining va keksa odamlar sonining o‘sishi jarayonida hatto aholining oddiy ko‘payishini ham ta’minlamaydigan tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Ayni holda depopulyasiya, ya’ni aholi sonining kamayishi to‘g‘risida so‘z yuritiladiki, (Rossiya aholisi o‘rtacha 54 yoshni tashkil qiladi,) bu ham milliy manfaatlar, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, pensiya ta’minoti va shu kabilarga tegishli qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Rossiyadagi so‘nggi 20 yillikdagi demografik jarayonlar bunga yorqin misol bo‘ladi. Biroq, keyingi besh yilda bu masalada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan aholi soni ortishi va o‘rtacha umrguzaronlik 4 yilga oshdi.
Ta’lim muammosi. Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog‘liq. So‘nggi yillarda jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bo‘lsa, mutlaq hisobda o‘sishda davom etmoqda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti amalda ko‘p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bo‘ysunadi. Pirovardda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o‘sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o‘qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham o‘sib bormoqda (Hindiston aholisining 70%, Pokiston aholisining 60%, Afrika mamlakatlari aholisining 80% savodsiz).
SHu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasidan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda to‘laqonli yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog‘liq funksional savodsizlik ham o‘sib bormoqda.
Bu muammoning boshqa bir jihati shundan iboratki, jahonning aksariyat davlatlarida ta’lim olish imkoniyati barchaga teng darajada ta’minlanmagan bo‘lib, bu ijtimoiy keskinlikning qo‘shimcha manbai hisoblanadi. SHuningdek hozirgi davrda ta’lim sifatini yaxshilash, uning mazmunini ijtimoiylashtirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki ta’limning ijtimoiylashuvi o‘quv jarayonida gumanitar fanlarning o‘quv soatlari yoki fanlar sonini ko‘paytirish emas balki, tabiiy ilmiy fanlar mazmunini gumanitarlashtirish, har qanday ilmiy kashfiyotni inson manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirishi lozim. SHundagina inson o‘z mavjudligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida” aynan shu maqsadlarni o‘zida ifodalaydi. “O‘zbekistonda har yili ta’lim uchun sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi”1. Zero, insonning nafaqat bilim olishi, balki kasbiy malakalarga ega bo‘lishi ijtimoiy savodsizlikni bartaraf qilishning muhim omili hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash.Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek atrof muhit holati hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat kasalliklar va atrof muhitdagi antropogen o‘zgarishlar o‘rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof muhit ifloslanishining hali o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ko‘p sonli fizik (avvalo elektromagnit), kimyoviy va biologik omillari ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan o‘zgarishlar ayni shu hol bilan izohlanadi.
Bu erda yuqumli kasalliklar bartaraf etilgan bo‘lib, ular odamlar o‘limining asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin yurak-qon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada ko‘paydi, «sivilizatsiya kasalliklari» deb nomlangan butunlay yangi kasalliklar: rak, OITS va boshqalar paydo bo‘ldi. Bunday kasalliklar, xususan yurak-qon tomir kasalliklari o‘sishining asosiy sabablari kam harakatchan turmush tarzi, semirish, chekish, ruhiy zo‘riqish, stress holatlari ekanligi aniqlangan. Bu hodisalar insonga tabiatning qudratli kuchlarini jilovlash va o‘zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga yuklab, o‘ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini qoldirish imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqacha vaziyatni kuzatish mumkin: bu erda kasalliklardan azob chekayotganlar soni rivojlangan mamlakatlardagidan ko‘proq, kasallikning oldini olish yoki davolanish imkoniyati esa sezilarli darajada kamroqdir. Tibbiyot sifatining pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o‘limi, bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lish ehtimoli rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yuqoridir.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yurak qon-tomir kasalliklari kun sayin ortib bormoqda. Bunday kasalliklar aksariyat hollarda o‘lim bilan tugaganligi sababli jamiyat uchun katta tahdid sanaladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) hisobotiga ko‘ra, 2005 yilda yurak qon-tomir kasalliklaridan 17,5 million inson vafot etgan. Ushbu ko‘rsatgich barcha o‘lim holatlarining 30 foizini tashkil qiladi. SHu jumladan, 7,6 million kishi yurak ishemik kasalligidan 5, 7 million kishi insult oqibatida hayotdan ko‘z yumgan3. Hozirgi vaqtda o‘rnatilgan internatsional aloqalar natijasida davlatlar o‘rtasidagi ulkan yuk oqimlari, odamlarning faol migratsiyasi va kengaygan iqtisodiy munosabatlar olamshumul xususiyat kasb etdi va ko‘pgina yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligini oshirdi. Notipik zotiljam, qush grippi, cho‘chqa grippi kabi ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, yangi kasalliklarning paydo bo‘lishi sabablarini ham ayni shu erdan izlash lozim.
Ayni paytda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, XX-XXI asrda yangi kasalliklar soni ko‘payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham takomillashib bormoqda. Jumladan, XXI asr fanining eng katta yutug‘i sifatida 2008 yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936) ayollarda bachadon saratoni kasalligini “papiloma” virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga qarshi emlash vositasini yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha umumiy saraton kasalligining 5%ini bachadon raki tashkil qilar, va har yili ikki yuz mingga yaqin ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan ko‘z yumar edi. Ushbu kasallikka qarshi vaksinatsiyaning ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‘ligi garoviga aylanmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham 2009 yildan 12-14 yoshdagi qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng buyuk kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligi bo‘yicha davlat dasturi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra barcha viloyatlarda skrining markazlari tashkil qilindi, ona va bola salomatligining profilaktikasi, “tez yordam” markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi, aholini notipik gripp kasalligiga qarshi emlash ishlari rejali amalga oshirilmoqda. “Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida bolalarning 98 foizidan ortig‘i oldini olish mumkin bo‘lgan infeksiyalarga qarshi emlanmoqda. Buning natijasida difteriya, qizamiq kasalliklariga chalinish holatlari keskin kamayganini aytish darkor. 2010 yilda yuqumli kasalliklar bilan og‘rish holatlari, jumladan, meningikok infeksiyasi 28 foiz, epidemik parotit 27 foiz, virusli gepatit 13 foizga kamaygani ana shunday tadbirlar samarasidir”2. Darhaqiqat, 1997 yilda 1 sonli yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot institutida yangi laboratoriyaning tashkil qilinishi O‘zbekistonda (gippotit) odam organizmida sariq kasalligining nafaqat A va V virusi, balki S, D, E viruslarini aniqlash imkonini yaratdi. “Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o‘ta og‘ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat’iy choralar ko‘rildi. Onalar o‘limi darajasi 2 baravardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 baravar kamaydi....odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshgacha, ayollarning umr ko‘rishi esa 75 yoshgacha oshdi”1. Zamonaviy diagnostika texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi, surunkali sariq kasalligining oqibati bo‘lmish jigar serrozining kamayishiga va aholining umumiy umrguzaronligini oshishiga olib keldi.
Oziq-ovqat muammosi. Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir. Xususan, surunkali to‘yib ovqat emaslik va nomutanosib ovqatlanish kam rivojlangan mamlakatlar aholisida ommaviy tarzda namoyon bo‘layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin taqchilligiga olib kelmoqda. Natijada jahonda har yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar, kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda.
Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur, lekin bu, odatda, ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari, mazkur mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib qo‘yadi. SHu tariqa g‘alla ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tazyiq o‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat e’tibori bilan, avvalo eng qashshoq mamlakatlarga qarshi «oziq-ovqat quroli»ga aylanadi.
1960-yillarda oziq-ovqat muammosini echish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun «yashil inqilob»ni amalga oshirish bilan bog‘langan edi. Bu tadbirning mohiyati bug‘doy va sholining o‘ta unumli yangi navlaridan foydalanib, qishloq xo‘jalik mahsuldorligini keskin oshirishdan iborat edi. Buning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish mo‘ljallandi. «YAshil inqilob» aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda qabul qilindi, lekin amalda ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloqni qayta tashkil etish uchun tegishli ijtimoiy shart-sharoitlar va buning uchun zarur mablag‘lar mavjud bo‘lgan davlatlarda u ijobiy samara berdi. Ammo bunday mamlakatlar uncha ko‘p emas, masalan Hindiston, Pokiston shular jumlasidan. Texnika va o‘g‘itlar xarid qilish uchun mablag‘lar mavjud bo‘lmagan, aholining ma’lumot darajasi juda past bo‘lgan, turg‘un an’analar va xurofiy aqidalar xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllarini amalga joriy etishga to‘sqinlik qilgan o‘ta qoloq mamlakatlarda esa «yashil inqilob» samara bermadi. SHuningdek, u odatdagi mayda xo‘jaliklarni vayron qila boshladi, qishloq aholisining shaharga migratsiyasini kuchaytirdi. «YAshil inqilob» eski qishloq xo‘jaligi o‘rnida yangi, zamonaviy qishloq xo‘jaligini barpo eta olmadi, ya’ni eski uyni buzib, uning o‘rnida yangi imorat qura olmadi, bu esa oziq-ovqat muammosini yanada keskinlashtirdi.
O‘zbekistonda bu muammoning echimini topishga oqilona yondoshildi. Paxta yakkahokimligiga chek qo‘yilib, g‘alla, sholi, chorma mollarini etishtirishga alohida e’tibor qaratildi, qishloq infratuzilmasini takomillashtirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, g‘alla mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyalaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish hozirgi davrning global muammolari orasida alohida o‘rin egallaydi, chunki bu erda vujudga kelgan xalqaro munosabatlar tizimi beqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida yalpi mahsulot ishlab chiqarish o‘sgani holda, boylar va kambag‘allar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu muammo ba’zan «boy SHimol» va «qashshoq Janub» o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida ham tavsiflanadi.
1960-yillarda aksariyat mamlakatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustamlaka qaramligidan xalos bo‘lish jarayoni yangi, lekin o‘zgacha tusdagi qaramlik o‘rnatilishiga olib keldi. Urushdan keyingi davrda jahon savdosining o‘sishi va davlatlararo aloqalarning kuchayishi yuz berdi. Ayni vaqtda G‘arb davlatlari iqtisodiyotida monopoliyalashuv jarayoni kuchaydi va transmilliy korporatsiyalar paydo bo‘la boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘shimcha xarajatlardan qutulish maqsadida mehnat sarfi katta bo‘lgan va ekologik jihatdan iflos ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qila boshladilar. Bu hol, bir tomondan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda atrof muhitni himoya qilish uchun ommaviy harakatning faollashuvi va ekologik qonunchilikning yanada keskinlashuvi bilan, boshqa tomondan esa, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zining qashshoqligi tufayli, qat’iy ekologik me’yorlar va bu bilan bog‘liq cheklov choralari joriy etishni o‘ziga doim ham ep ko‘ra olmasligi bilan izohlanar edi.
So‘nggi o‘n yilliklarda vaziyat yana rivojlanayotgan mamlakatlar zarariga o‘zgara boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha jabhalariga va iqtisodiyotga kompyuterlar va mikroelektronika jadal sur’atlarda joriy etila boshladi. SHuningdek texnologik novatsiyalar va yangi (yuksak) texnologiyalar roli ham sezilarli darajada oshdi, bu esa ishlab chiqarishga ma’lumotli, malakali ishchi kuchini jalb qilishni taqozo etdi. SHu sababli iqtisodiy o‘zaro aloqalar va jahon savdosi asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi almashinuv hisobiga amalga oshirila boshladi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa, agar ular ko‘p miqdorda xom ashyo resurslariga ega bo‘lmasa, jahon bozoridan siqib chiqarildi.
O‘zbekistonda esa, mustaqillik yillarida “...yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 baravar o‘sdi, o‘rtacha ish haqi 14 baravar oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko‘paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda1.
Energetika va xom ashyo resurslari. YAna bir global muammo – insoniyatni energetika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash xalqaro maydonda ko‘p sonli ziddiyatlar, shu jumladan harbiy mojarolar manbaiga aylandi. Bu resurslar moddiy ishlab chiqarishning negizi hisoblanadi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga qarab inson hayotida tobora muhimroq rol o‘ynaydi.
Mazkur resurslar tiklanadigan, ya’ni tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan tiklash mumkin bo‘lgan resurslarga (gidroenergiya, yog‘och, quyosh energiyasi va sh.k.) va miqdori mavjud tabiiy zahiralar bilan chegaralangan tiklanmaydigan resurslarga (neft, ko‘mir, tabiiy gaz, har xil rudalar va minerallar) bo‘linadi.
Hozirgi iste’mol sur’atlari saqlangan taqdirda tiklanmaydigan resurslarning aksariyati insoniyatga bir necha o‘n yillardan bir necha yuz yillargacha bo‘lgan muddat bilan o‘lchanadigan yaqin kelajakda foydalanishgagina etishi hisoblab chiqildi. SHuningdek mavjud zaxiralarning anchagina qismi murakkab sharoitda joylashgan konlarda jamlangan yoki nisbatan qashshoq rudalardan iborat.
YAqindagina odamlar aksariyat foydali qazilmalarni ochiq usulda yoki 600 m dan oshmaydigan chuqurlikda qazib olgan bo‘lsalar, bugungi kunda vaziyat sezilarli darajada o‘zgardi. Qulay joylardagi foydali qazilmalar tugab bormoqda va endilikda 8-10 km chuqurlikda yoki okean tubida joylashgan konlarni ishga solish vazifasi paydo bo‘lmoqda. Bu esa nafaqat ko‘p miqdorda kapital qo‘yilmalarni, balki ularni qazib chiqarish va qayta ishlash uchun yangi texnika va texnologiyalar yaratishni ham taqozo etadi. SHu sababli chiqindisiz texnologiyalarni rivojlantirish bilan bir qatorda insoniyat ixtiyorida mavjud resurslardan oqilona foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Urush va tinchlik muammosi. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb e’tirof etiladi. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bo‘lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun insoniyat oldiga «o‘lish yo qolish?» degan mudhish savolni qo‘yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Bu hol ilgari mavjud bo‘lmagan imkoniyat – Erdagi hayotni yo‘q qilish imkoniyatini yaratgan yadro quroli paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. YAdro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk bor qo‘llanilgan paytdan e’tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub o‘zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi. Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim inson, balki butun insoniyat o‘lishi mumkin bo‘lib qoldi. Teyyar de SHarden yangi vaziyatga baho berar ekan, shunday deydi: «Bir individ o‘lsa, uning o‘rnini doim boshqa bir individ egallaydi. Individning o‘limi hayotning davom etishiga to‘siq bo‘la olmaydi. Ammo butun insoniyat o‘lsa-chi?..»4.
Global ongni shakllantirish zaruriyati. Globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab etish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil echimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi.
Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. SHu sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima xalaqit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to‘la dunyoda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, bunga qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan falsafa echishga harakat qilayotgan bosh masalalardir.
Inqiroz ildizlari. Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va mohiyatidan kelib chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kompyuter inqilobi ta’sirida o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqlab qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar) sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti.
YAngi qadriyatlar tizimi. Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash mo‘ljallarini izlash jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan o‘zga sivilizatsiyaga o‘tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qo‘yuvchi antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining betakrorligiga va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e’tiborni qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli mavjudot va mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida, bu bilan nafaqat hisoblashishi, balki tegishli tarzda ish ko‘rishi ham lozim. Uning dunyoga munosabatini o‘zgartirish, insonparvarlik va koevolyusiya, ya’ni tabiat va jamiyatning mushtarak rivojlanishi tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy rivojlanish mo‘ljallarini yaratishdan boshqa yo‘li yo‘q.
Umuminsoniy qadriyatlar. Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi «yangi insonparvarlik»ning mohiyati er kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq me’yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat. Bunday qadriyatlarning ayrimlari ilk bor jahon dinlarida umuminsoniy qoidalar sifatida ta’riflangan.
Ular to‘la holda BMT Bosh Assambleyasi 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi va 1975 yilda xalqaro Xelsinki bitimi bilan tasdiqlanib, jahon hamjamiyati tan oluvchi umumiy normaga aylandi.
Xulosalar. Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globallashuv jarayonlari va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni engib, o‘z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an’analarning o‘ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  • Глобалистика. Персоналии, организации, труды. Энциклопедический справочник.

  • Глобалистика: Энциклопедия. М.: «Радуга», Arxivnaya kopiya

  • Глобалистика. Международный междисциплинарный энциклопедический словарь. М.- СПб.- Нью-Йорк: «ЕЛИМА», «Питер»

  • Дергачёв В. А.. Глобалистика. М.: ЮНИТИ-ДАНА

  • Делягин М. Г.. Мировой кризис. Общая теория глобализации, 3-е изд.

  • Коротаев А. В., Халтурина Д. А.. Современные тенденции мирового развития. М.




1 Там же, –С. 142

2 Печчеи А. Человеческие качества. – М.: 1980. – С.123, 124.

11 Печчеи А. Человеческие качества. – М.: 1980. – С.7

11Каримов И.А. БМТ Саммити мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисидаги нутқ. –Т.:. Ўзбекистон, 2010

3 Бобожонова Н. “Ёшарган” хавфли тўлқин. -Т.: Ношир, 2008. –Б.23.

22 Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш йўлини изчил давом эттириш-тараққиётимизнинг муҳим омилидир.-Т.: Ўзбекистон, 2010

11 Каримов И.А. БМТ Саммити мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисдаги нутқ. –Т.: Ўзбекистон, 2010.

11 Каримов И.А. БМТ Саммитининг мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисдаги нутқ.-Т.: Ўзбекистон, 2010.

4 П. Тейяр де Шарден. Феномен человека. – М.: 1987. – С.216.

Yüklə 104,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin