Samarqand viloyat hokimligi SamDU o`zbek filologi- adliya boshqarmasi boshlig`i: yasi fakulteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi B.H.X.
DALOLATNOMA Dalolatnoma ham kundalik hayotimizda ko`p qo`llanadigan hujjatlar sirasiga kiradi. Dalolatnoma, odatda, ma’lum muassasa, korxona, tashkilot yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog`liq bo`lgan biror-bir voqea-hodisa, xatti-harakat yoki mavjud holatni tasdiqlash maqsadida kamida uch kishi tomonidan tuzilib imzolanadigan hujjatdir.
Dalolatnoma ikki yoki uch nusxada tuzilishi mumkin. Dalolatnomada tekshirilgan voqea, hodisa, xatti-harakat tafsiloti, jihozlar, asbob-uskuna, ashyolar, texnika, binolarning yaroqli-yaroqsiz holati o`z aksini topishi lozim. Chunki dalolatnomada qayd etilgan holat, dalillar ma’lum korxona, bo`lim yoki shaxs, uning yashash sharoiti, iqtisodiy imkoniyati, faoliyati haqida tegishli xulosa chiqarish uchun imkoniyat beradi. Bu hujjat tegishli joylarda taftish o`tkazilganda, rahbarlar yoki moddiy javobgar shaxslar almashayotganda, moddiy boyliklar bir javobgar shaxsdan ikkinchisiga yoki bir joydan boshqa biriga o`tkazilayotganda, yangi qurilgan binolarni qabul qilib olishda, korxonaga tegishli asbob-uskuna, jihoz va buyumlarni hisobdan o`tkazish, hisobdan chiqarish, ish jarayonida yoki ishdan tashqari vaqtda yuz bergan baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlarning oqibatlari tekshirilganda, tibbiyot sohasida, sud-tergov ishlarida, ishchi va xizmatchilarning iqtisodiy hamda yashash sharoitlari o`rganib chiqilgandan so`ng tuziladi.
Dalolatnoma tuzilgach, o`sha vaqtning o`zidayoq komissiya a’zolari, ishtirokchilar yoki guvohlar nazorati ostida rasmiylashtirilib, ularning ham imzolari bilan tasdiqlanadi. O`rganilib, dalolatnoma tuzilgan sohaga doir qo`shimcha hujjatlar bo`lsa, unga ilova qilinadi va dalolatnomada ilova hujjatlar nomi, hajmi qayd etiladi.
Dalolatnomalar tasdiqlanayotgan voqea-hodisalar mazmuni yoritilishiga ko`ra turli hajmda rasmiylashtirilishi mumkin. Biroq ularning barchasida qamrab olinishi lozim bo`lgan zaruriy qismlar mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
- muassasa, korxona yoki tashkilot nomi;
- hujjat nomi – dalolatnoma;
- tuzilgan sana va joy;
- dalolatnomani tuzish uchun asos bo`lgan hujjat (buyruq, qaror, ko`rsatma, ariza, farmoyish va hokazo);
- komissiya tarkibi (rais va a’zolarning lavozimi, familiyalari, ismlari);
- matn (tasdiqlanayotgan voqea-hodisa yoki mavjud holatning batafsil bayoni);
- ilovalar ro`yxati, ularning hajmi;
- dalolatnoma tuzuvchilar, ishtirok etuvchilar yoki guvohlarning imzolari, familiyalari, ismlari.