8-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: majlis bayoni, dalolatnoma, shartnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja


NAMUNA O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lm vazirligi



Yüklə 33,27 Kb.
səhifə9/10
tarix25.04.2023
ölçüsü33,27 Kb.
#102510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NAMUNA


O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lm vazirligi
Samarqand davlat universiteti


Universitet arxivi holati va
faoliyatini o`rganish haqida
DALOLATNOMA
2018-yil 28-may.
Samarqand shahri.


Asos: universitet bo`yicha 2018-yil 20-mayda “Universitet arxivining holati va faoliyatini o`rganish haqida” chiqarilgan 07-F raqamli farmoyish.
Farmoyishga binoan universitet monitoring va ichki inspeksiyasi boshlig`i A.M.Uzoqov raisligida hamda huquqshunos-maslahatchi F.B.Valixo`jayeva, ma’naviyat va ma’rifat bo`limi bishlig`i X.To`xtayev, maxsus bo`lim boshlig`i A.A.Toshpo`latov, devonxona mudiri vazifasini bajaruvchi M.Boltayevlar a’zoligida komissiya tuzildi. Komissiya shu yil 21-maydan 28-maygacha bo`lgan muddat davomida universitet arxivi holati hamda ish faoliyatini o`rganib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
1. Universitet arxivi uchun yangi qurilgan to`qqiz qavatli binoning to`qqizinchi qavatidan bir qancha xonalardan ibirat joy ajratilgan, hujjatlar saqlanishi uchun metali tokchalar o`rnatilgan, hujjatlarning xavfsizligi ta’minlangan.
2. Devonxonaning arxiv bo`limi uchun 1 mudira, 3 arxivarius, 1 EHM operatori shtat birliklari belgilangan. Avval mudir, keyinchalik arxivarius lavozimlarida ishlab kelgan Z.Rahmonova o`z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan va oqibatda bir qancha hujjatlar yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yo`qolgan.
3. Universitet arxivining avvalgi – harbiy kafedra bilan birga joylashgan binoning ikkinchi qavatida isitish tizimida yuz bergan nosozlik tufayli bir necha bog`lam hujjatlar zangli iflos suvda qolib ketgan va natijada 1969-, 1970-, 1975-, 1977-, 1978-, 1979-, 1980-, 1982-, 1987-yillarga tegishli hujjatlar suvda bo`kib, yaroqsiz holga kelib qolgan.(Bu hujjatlarning to`liq ro`yxati dalolatnomaga ilova qilinadi)
4. Universitetning turli yillardagi faoliyati bilan bog`liq 204 nusxadagi hujjat, shaxsiy tarkibga oid 1796 hujjat turli sabablarga ko`ra yaroqsiz holga kelib qolganligi yoki yo`qolganligi tufayli hisobdan choqarilishi lozim. (Bu hujjatlar ro`yxati va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to`g`risidagi bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi)
5. Sobiq pedagogika institutining turli yillarga oid faoliyati bilan bog`liq 21 nisxadagi hujjat, shaxsiy tarkibga doir 305 hujjatning yaroqsiz holga kelib qolganligi yoki yo`qolganligi tufayli ularni hisobdan chiqarish lozim. (Bu hujjatlar ro`yxati va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to`g`risidagi bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi)
6. Komissiya universitet arxivi yangi va uning xizmatidan foydalanuvchilar uchun qulay joyga ko`chirilib, hujjatlar saqlash uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilganligini tasdiqlaydi.
7. Dalolatnoma ikki nusxada tuzildi, unga 8 betlik hujjatlar ro`yxati va ikki betdan iborat bildirishnoma ilova qilindi.

Komissiya raisi: imzo UZOQOV A.M.


Komissiya a’zolari: imzo VALIXO`JAYEVA F.B.
imzo TO`XTAYEV X.
imzo TOSHPO`LATOV A.A.
imzo BOLTAYEV M.
TOPSHIRIQLAR



  1. Mavzuga doir namunadan foydalanib, xizmat ko`rsatishga doir shartnoma namunalarini tayyorlang.

  2. Mavzuga doir berilgan namunadan foydalanib bir necha dalolatnoma nusxalarini tuzing.

  3. Mavzu va ilova qilingan majlis bayoni namunasidan foydalanib guruhingizda o`tkazilgan yig`ilish majlis bayoni matnini tuzing.

  4. Mavzu bo`yicha bir necha ma’lumotnoma namunalarini tuzing.

  5. Mavzu bo`yicha adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish kerak.

  6. Mavzu yuzasidan testlarni ishlang.


  7. Yüklə 33,27 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin