8-mavzu innovatsiyalarning sohalar bo`yicha turlari reja


 Marketing innovatsiyalari



Yüklə 162,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix23.06.2023
ölçüsü162,89 Kb.
#134592
1   2   3   4
8-mavzu innovatsiyalarning sohalar bo`yicha turlari reja

2. Marketing innovatsiyalari 
Innovatsiyaviy jarayon samaradorligini oshirishda esa boshlang’ich marketing 
tadqiqotlari va bozor tahlili ayniqsa muhim hisoblanadi. Innovatsiyalarni boshqarish 
ilmiy-texnik g’oya shakllanishidan tortib uni tijorat asosida amalga oshirilishigacha 
bo’lgan barcha qadamlar (boshqaruv tsikllari) yig’indisini qamrab oladi. Har bir 
yangilik g’oyasi yaratilishidan uni amalga oshirilishigacha bo’lgan vaqt davri 
innovatsiyaviy tsikl deb ataladi. Innovatsiyaviy jarayonlar amalga oshirishning 
samardorligi ko’pgina omillarga bog’liq bo’ladi: boshqaruv sifati va to’liqligi; 
boshqaruv tizimidagi har bir alohida bo’g’in ishining o’zaro muvofiqligi, axborot-
uslubiy ta’minoti va hokazolar shular jumlasidandir. Innovatsiyalarni boshqarish 
tizimining yuqorida qayd etilgan barcha elementlari faoliyati to’liq o’zaro 
muvofiqlashtirilgandagina, ushbu jarayon butunligi va uzluksizligi, ilmiy-texnik 
natijalarga ega bo’lishi va ularni o’zlashtirish muddatlarini qisqarishi 
ta’minlanishi mumkin. Innovatsiyaviy faoliyat boshqaruvini tashkil etish, 
boshqaruv jarayonining barcha elementlarini yagona tizimga birlashtiradi va u 
innovatsiyani yaratish va amalga oshirishda, ya’ni innovatsiyaviy jarayonning 
o’zida shakllana boshlashi lozim. Korxonada innovatsiyaviy faoliyatni 
boshqarishning samarali tizimlarini yaratish va rivojlantirish imkoniyati ko’pgina 
omillarga bog’liq bo’lib, ishlab chiqarishning shakllangan darajasi, boshqaruv 
tizimi va mexanizmining ahvoli, boshqaruv tashkiliy tuzilmasining turi va 
yo’naltirilganligi, xo’jalik va innovatsiyaviy siyosat tendentsiyalari va boshqalar 
shular jumlasidandir. 
Marketing innovatsiyalari deganda yangi yoki sezilarli yaxshilangan marketing 
uslublarini joriy etish tushuniladi. Bular o`z ichiga: 
- mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishida jiddiy o`zgartirishlar; 
- mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo`yicha, shuningdek ularni bozorlarga 
tanitish va olg`a siljitish bo`yicha yangi uslublardan foydalanish;
- yangi narx strategiyalarini shakllantirishni oladi (8.2-rasm).
2
Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. – T.: TDIU, 2013. 



Yüklə 162,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin