4. Tashkiliy va biznesni yuritishdagi innovatsiyalar
Tashkiliy innovatsiyalar –
bu biznesni yuritishda, ish o`rinlarini yoki tashqi
aloqalarni tashkil etishda yangi uslublarni ishlab chiqishdir. Bunday innovatsiyalar
boshqaruv va transaktsion xarajatlarni qisqartirish, tashkilot tomonidan
ishchilarning ish o`rinlari (ish vaqtlari) bilan ta`minlanganlik
darajasini oshirish,
mehnat samaradorligini oshirish, bozorda mavjud bo`lmagan aktivlarga yo`l topish
yoki etkazib berish narxini kamaytirish yo`li bilan tashkilot faoliyatining
samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan bo`ladi. Tashkilot bunday tashkiliy
innovatsiyalarni birinchi bo`lib joriy etgan bo`lishi muhim emas.
Umuman olganda innovatsiyalarni turlarga ajratganda turli olimlarni
yondashuvi xilma xildir. Masalan, Valras va Bomol
innovatsiyalarni turlarga
ajratishda mikroiqtisodiy tomondan yondashib, har bir turdagi innovatsiyani model
ko`rinishidagi hisob kitobini olib borishgan. Ularga ko`ra, innovatsiyalarning
mahsulot turini kengaytirishdagi ahamiyati asosiy e`tibor markazi bo`lgan.
Romerning fikricha esa innovatsiyalarni turlarga ajratishda biznesga kirib kelish
imkoniyatini bera olish va IIR xarajatlarini hech qiyinchiliksiz qoplay olish asosiy
me`zon sifatida keltirilgan.
Biznesni yoritishdagi innovatsiyalar tadbirkorlik faoliyatining yangi tashkiliy
usullarini ishlab chiqishni bildiradi. Masalan, ular quyidagilarni o`z ichiga oladi:
bilimlarni boshqarishning korporativ usullarini joriy etish; xodimlarning saviyasini
oshirishga va ko`chib yorishini kamaytirishga mo`ljallangan o`qitish tizimini yo`lga
qo`yish; ishlab chiqarish va etkazib berishni to`liq boshqarish,
jumladan etkazib
berish zanjirini, ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilishni, shuningdek sifatni
boshqarish tizimini joriy etish.
Ish o`rinlarini tashkil etish bo`yicha innovatsiyalar – bu tashkilotning alohida
faoliyat turi doirasida yoki turli faoliyatlari (tarkibiy bo`linmalari) o`rtasida
ishlarning bajarilishi bo`yicha xodimlar orasida
javobgarlik va vakolatlarni
taqsimlashning yangi usullarini yo`lga qo`yishdir. Shuningdek, faoliyatni
strukturizatsiya qilish, ya`ni faoliyatning turli yo`nalishlarini integratsiyalashtirish
bo`yicha yangi kontseptsiyalarini joriy etishdir.
Odatda, omillar yig’indisini ta’sir xarakteriga bog’liq
holda quyidagilarga
ajratishadi:
- iqtisodiy;
- texnik-texnologik;
- tashkiliy;
-
ijtimoiy;
- huquqiy;
- ekologik.
Paydo bo’lishiga qarab ular ichki va tashqi omillar bo’lishi mumkin.
Ichki omillar:
- ishlab chiqarish bazasi rivojlanishining moddiy-texnik bazasi;
- tashkilot ixtisosligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning maqsadi;
- boshqaruv turi va tashkiliy tuzilmasi;
- boshqaruv uslubi va uslubiyoti;
- ishlab chiqarishning yangilik darajasi;
- turli xil xodimlarning talab qilingan va mavjud malakaviy darajasi;
- xodimlarni rag’batlantirish tizimi;
- xodimlarning innovatsiyaviy faolligi darajasi;
- tashkiliy madaniyat va boshqalar.
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- bozor tuzilmalari;
- soliq tizimi;
-
qonuniy-huquqiy tizim;
- moliya-kredit tizimi;
- umumiqtisodiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy xarakterga ega
omillar;
- tarixiy va milliy omillar.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Xizmatlar sohasidagi innovatsiyalarga ta`rif bering.
2. Marketing innovatsiyalari va narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalarga ta`rif
bering.
3. Jarayonlar bo`yicha va marketing innovatsiyalari o`rtasidagi farqnimada
4. Tashkiliy va biznesni yoritishdagi innovatsiyalar.