8-mavzu innovatsiyalarning sohalar bo`yicha turlari reja


-rasm. Marketing innovatsyalari



Yüklə 162,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix23.06.2023
ölçüsü162,89 Kb.
#134592
1   2   3   4
8-mavzu innovatsiyalarning sohalar bo`yicha turlari reja

 
8.2-rasm. Marketing innovatsyalari.
3
 
Bu o`zgartirishlar mahsulot iste`molchilarining ehtiyojlarini to`laroq 
qondirishga, sotish hajmini ko`paytirish maqsadida mahsulotlar va xizmatlar 
iste`molchilarining tarkibini kengaytirishga yo`naltirilgan bo`ladi. Mahsulot 
dizaynidagi o`zgartirishlar yangi marketing kontseptsiyasining bir qismi bo`lib, ular 
mahsulotning shakli va tashqi ko`rinishidagi o`zgartirishlarni o`z ichiga oladi. Bular 
mahsulotning funktsional va foydalanish xususiyalariga ta`sir ko`rsatmaydi. 
Shuningdek, bunday o`zgartirishlarga qadoqlanishi tashqi ko`rinishini ta`riflab 
beruvchi iste`mol mahsulotlari, ichimliklar, yovish vositalari kabi mahsulotlarning 
qadog`idagi o`zgartirishlar ham kiradi. 
Mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo`yicha yangi uslublardan foydalanish 
sotishni kengaytirish bilan bog`liqdir. Bunga logistika (xomashyo, tarkibiy qismlar 
va tayyor mahsulolarni tashish va omborxonalarda saqlashni boshqarish) uslublari 
kirmaydi. Mahsulot (xizmat)larni bozorga tanitish va olib chiqishning yangi 
uslublaridan foydalanish tashkilotning mahsulot va xizmatlarini olib chiqish uchun 
yangi kontseptsiyalardan foydalanishni anglatadi. 
3. Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar 
Hozirgi kunda innovatsiyalarni amalga oshirishni rag’batlantiruvchi asosiy 
kuch sifatida, tovar bozorlaridagi keskin raqobat sharoitidagi potentsial daromad 
miqdori xizmat qilishi mumkin. Innovatsiyaviy o’zgarishlar omillari o’rtasida: 
uskunalar xarid qilish, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar keng tarqalgan. Ichki 
va tashqi bozorlarda keskin raqobat mavjudligi innovatsiyalarning asosiy 
maqsadlarini belgilaydi. 
Innovatsiyaviy jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishdagi roli texnologik bazani 
yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni egallash va bu bilan 
iqtisodiy o’sishning yanada yuqori sur’atlariga erishishda o’z aksini topadi. 
Innovatsiyaviy rivojlanish omillari zamonaviy bosqichdagi iqtisodiy o’sishning 
3
Frascati Manual Proposed Standard Practice for Surveys on Research and Experimental Development, 
Paris 2002.


asosini tashkil etgan holda, ishlab chiqarish sohasining ko’pgina xususiyatlarini ham 
belgilaydi. 
Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar – tashkilotning mahsulotlar va 
xizmatlar bilan savdo qilishi uchun yangi narx strategiyalaridan foydalanishini 
bildiradi. Marketing vositalaridagi mavsumiy, doimiy yoki boshqa joriy 
o`zgarishlar, agar ular yangilik olib kelmasalar, marketing innovatsiyalari 
hisoblanmaydi. 
Mahsulotlar 
bo`yicha 
innovatsiyalar 
bilan 
marketing 
innovatsiyalarini bir-biridan farqlovchi asosiy mezon – bu mahsulotning 
funktsiyalarida yoki undan foydalanish usullarida jiddiy o`zgarishlar mavjudligidir. 
Agar mahsulot va xizmatlarning funktsional yoki foydalanish xususiyatlari mavjud 
mahsulot va xizmatlarnikidan ancha yaxshilangan bo`lsa, bu mahsulotlar bo`yicha 
innovatsiyalar hisoblanadi. Mahsulot dizaynidagi o`zgarishlar esa, agar uning 
funktsional yoki iste`mol xususiyatlari sezilarli darajada o`zgarmagan bo`lsa, bu 
marketing innovatsiyalari hisoblanadi. 
Jarayonlar bo`yicha va marketing innovatsiyalari o`rtasidagi farq quyidagicha 
namoyon bo`ladi. Jarayonlar bo`yicha innovatsiyalar mahsulot birliklariga 
xarajatlarni kamaytirish yoki sifatini oshirishga yo`naltirilgan ishlab chiqarish va 
mahsulotlarni etkazib berish usullarini takomillashtirish bilan bog`liqdir. Marketing 
innovatsiyalari esa sotish hajmini yoki mahsulotlar narxini (yangi narx 
strategiyalarini qo`llagan holda) oshirishga yo`naltirilgan bo`ladi. 

Yüklə 162,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin