8-Mavzu Qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslari va ulardan samar Tursunov
Nazorat uchun savollar: Yer-suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati qanday?
Respublikamiz yer resurslari haqida nimalar bilasiz?
Respublikamizada suv resurslaridan foydalanish holati qanday?
Yerdan, suvdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi qanday ko‘rsatkichlar mavjud?
Yer monitoringi va davlat yer kadastri haqida nimalarni bilasiz?
Kadastr daftarida nimalar yuritiladi?
Yer resurslaridan foydalanishni boshqarish tartibi qanday?
Suv resurslaridan foydalanishni boshqarish tartibi qanday?
GLOSSARIY (Mavzu: Qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanishni
boshqarish)
Yer resurslari / земельные ресурсы / Land resources - bu quruqlik yuzasining jami yig‘indisi bo‘lib, uning tarkibiga boshqa tabiiy ob‘yektlar ham kiritiladi.
Umumiy yer fondidan foydalanish koyeffisiyenti / Коэффициент использование общего земельного фонда / Coefficient of usage total land fund - uning darajasini aniqlash uchun qishloq xo‘jaligida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini foydalanish mumkin bo‘lgan yer maydoniga taqsimlash lozim.
Suvdan foydalanish koyeffisiyenti / Коэффициент использование водных ресурсов / Coefficient of using Water resources - haqiqatda sug‘orilgan maydonni shu suv bilan sug‘orilishi mumkin bo‘lgan maydonga taqsimlash natijasida aniqlanadi.
Suvdan foydalanish samaradorligi / Эффективность водопользование / Water usage efficiency - Bu ko‘rsatkich yordamida har bir metr kub suv yevaziga olingan yalpi mahsulot miqdori, qiymat, daromad va sof foyda summasi
Suv iste’molchilari uyushmasi / Объединение водопользователей / Water users association - muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oishruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari va boshqa yuridik jismoniy shaxslar birlashmasi(uyushmasi)dir.
Suv iste’molchilari / Водопользователи / Water users - fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa egalari va boshqalar bo‘lib, adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali uyushma hududida sug‘orma dehqonchilikni rivojlantiradilar va buning uchun o‘zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini birlashtiradilar. Yer islohoti / Земельная реформа / Land reforms - bu yer munosabatlarining shakllanishi bo‘lib, odamlar orasida yerdan foydalanish, taqsimlash va egalik qilish borasidagi munosabatlar yig‘indisidir.
Suv islohoti / Водная реформа / Water reforms - suvdan foydalanish, suvni to‘g‘ri taqsimlash va bu boradagi munosabatlar majmuidir.
Irrigatsiya / Ирригация / Irrigation - suv resurslari bilan ta’minlash va suv inshootlari faoliyati tushuniladi. Melioratsiya esa yerning tabiiy unumdorligini yaxshilash chora-tadbirlarining jamlanmasidir.
Yer monitoringi / Земельная мониторинг / Land monitoring - yer tarkibidagi o‘zgarishni vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlar oldini olish, yerlarni baholash, salbiy oqibatlarni tugatish uchun yer fondining umumiy holatini kuzatish tizimidir.