8-Mavzu: Qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanishni boshqarish Reja



Yüklə 79,46 Kb.
səhifə5/7
tarix15.02.2023
ölçüsü79,46 Kb.
#84385
1   2   3   4   5   6   7
8-Mavzu Qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslari va ulardan samar Tursunov

Yer islohoti bu yer munosabatlarining shakllanishi bo‘lib, odamlar orasida yerdan foydalanish, taqsimlash va egalik qilish borasidagi munosabatlar yig‘indisidir. Respublikamizda yer islohotlarining asosiy yo‘nalishlari iqtisodiyotning agrar sektoriga qaratildi. Ayniqsa 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi, "Dehqon xo‘jaligi to‘grisida"gi Qonunlar yer uchastkalarining fermer va dehqonlarga taqsimlanishida asosiy dasturulamal bo‘ldi. Bu qonunlar orqali haqiqiy yer egalari, mulkdorlar sinfi shakllantirilib, ham aholiga, ham davlatga katta foyda keltirish imkoniyatlari ko‘rsatildi.
Ko‘pchilik davlatlarda agrar yer siyosati oilaviy xo‘jaliklar-fermer va dehqonlarga yo‘naltirilgan. Qoidalar ishlab chiqishda ko‘pincha fermer, dehqonlar manfaatlari hisobga olinadi, chunki ular yer islohotiga hammadan ko‘ra muhtoj va mas‘uldirlar. Yer islohotida ko‘pincha yer uchastkalari bilan bogliq masalalarda turli chyeklanishlar ham qo‘llaniladi. Masalan, alohida talablarni ilgari suradigan masalalar qatoriga sotish va sotib olish, ijaraga olish, yerlarni meros qilish kabi masalalarni kiritish mumkin. Shunga ko‘ra yer miqdori turli davlatlarda turlicha belgilangan. Masalan, Daniyada bu miqdor 150 gektarni, Germaniyaning janubiy hududlarida 400-500 gektarni, Shvyeytsariyaning ba‘zi hududlarida 20-30 gektarni tashkil etadi.
Suv islohoti suvdan foydalanish, suvni to‘g‘ri taqsimlash va bu boradagi munosabatlar majmuidir.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi ushbu vazirlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bosh boshqarma yer usti suvlaridan foydalanishni tartibga solish hamda respublika iqtisodiyoti va aholini suv bilan ta’minlashga doir zarur tadbirlarni amalga oshiradi. Bunday tadbirlarga quyidagilar kiradi:

  • suv islohotlarini joriy etish;

  • suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish;

  • suv xo‘jaligida yagona texnika siyosati o‘tkazish;

  • suvni tej ash uchun ilg‘ or texnologiyalar j oriy etish;

  • iste’molchilarni o‘z vaqtida suv bilan uzluksiz ta’minlash;

Yuqoridagilar qatorida boshqarmaning yana bir qator vazifalari belgilangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat;

  1. Suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilik shakllarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirilishining monitoringini olib borish;

  2. Suv to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishni ta’minlash;

  3. Suv resurslaridan foydalanish va dryenaj oqova suvlarini oqizib yuborish, yangi korxonalar qurish, ishlayotgan korxonalarni ryekonstruktsiya qilish loyihalari bo‘yicha xulosalar berish;

  4. Suvdan foydalanish uchun mahsus ruxsatnomalar berishni va suv chiqarish inshootlarini ro‘yxatga olish, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va ulardan boshqa birlashmalarni tashkil etish va rivojlantirishda, ichki xo‘jalik suv hisobini tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam berish va hokazo.



  1. Yer monitoringi va davlat yer kadastri.

Yangi asrda yosh, mustaqil, kelajagi porloq va buyuk respublikamiz tinchlikka, demokratiyaga asoslangan holda siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy jihatdan rivojlangan davlatlardan biriga aylanishi muqarrar. Buning uchun esa u o‘z hududidagi barcha boyliklardan oqilona, samarali foydalanishi lozim, shu jumladan, yer-suv resusrlaridan ham.
2002 yilning boshida respublikamizning jami yer maydoni 44896,0 ming gektardan iborat. Yer mamlakatimizning umumiy boyligi ekanligi Respublika Konstitutsiyasida va «Yer kodeksi»da alohida ta’kidlangan. Y er -xalqimiz hayoti, faoliyati va farovonligining asosidir. Undan faqat bugunni emas, kelajak avlodlarning ham manfaatlarini ko‘zlab, ilmiy asoslangan holda, oqilona, samarali foydalanish, uni muhofaza etish umummilliy dolzarb masala hisoblanadi. O‘ta muhim bu vazifa hal etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2000 yilning 23 dekabrida «Yer monitoringi to‘g‘risidagi Nizom»ni tasdiqladi. Yer monitoringi respublika yer fondidagi barcha o‘zgarishlarni o‘z vaqtida ilmiy asoslangan holda aniqlash, yerlarga to‘liq baho berish (sifat hamda iqtisodiy jihatdan), ularga ta’sir etuvchi salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini izchil tugatish maqsadida yerning holatini kuzatib borish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlar tizimidan iboratdir. Respublikamizning barcha yerlari monitoring ob’yekti hisoblanadi.
Yer monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, respublikadagi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.
Nizomda vazirliklar va idoralar faoliyatini va yer monitoringi ma’lumotlarini umumlashtirishdek muhim vazifa O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan. Demak, yuksak davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan vazifani muvaffaqiyatli hal etishda qo‘mita tarkibidagi barcha idoralar, tashkilotlar faol qatnashishlari zarur. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda «O‘zdaverloyiha» institutining Yer kadastri sho‘ba korxonasi yer monitoringi amalga oshirilishini ta’minlashga quyidagi yirik masalalarni hal etish bilan hissa qo‘shishni rejalashtirmoqda: qishloq xo‘jalik yerlari tuproq monitoringini amalga oshirish uchun tuproqshunoslik tadqiqotlariga oid to‘plangan barcha ma’lumotlarni umumlashtirib, monitoring tadqiqotlarini olib borish maqsadida respublika, viloyatlar hamda tumanlar hududida asosiy maydonlarni tashlash va ularni asoslash; vaqt o‘tishi bilan tuproqlarning asosiy xususiyatlari o‘zgarganligini isbotlovchi ma’lumotlarni teran va to‘liq tahlil etish; tadqiqot olib boriladigan asosiy hamda ekologik maydonlarda tuproqlarning holatini isbotlovchi ko‘rsatkichlar majmuasini asoslash, tashkil etish hamda yuritish; tuproqning holatini kuzatish, unga oid ma’lumotlarni sifatli to‘plash hamda ularga o‘zgartirishlar kiritish kerak. Buning uchun qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarini suv va shamol yeroziyasi ta’siri oqibatida o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari sho‘rlanganlik darajasining o‘zgarish jarayoni monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari og‘ir metallar bilan zahrarlanganlik hamda zaharlanganlik darajasining o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining texnogen o‘zgarishi monitoringi; neft mahsulotlari salbiy ta’siri natijasida tuproqlarning ifloslanishi monitoringi; barcha o‘simliklarning og‘ir metallar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining gerbisit va pestisidlar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; mineral o‘g‘itlardan foydalanish natijasida tuproqlar tarkibidagi o‘zgarishlar monitoringi amalga oshiriladi.
Ilmiy hamda amaliy jihatdan muhim hisoblangan bu ishlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarish uchun malakali mutaxassislarga yegamiz. Lekin, bu borada ko‘zlangan maqsadga erishish katta mablag‘ni talab yetadi. Bu mablag‘ yevaziga esa korxonaning moddiy-texnika ta’minoti barpo etilishi hamda rivojlantirilishi lozim.
Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat. Davlat yer kadastri yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili va o‘lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat. Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorini asoslash, xo‘jalik faoliyatiga baho berish maqsadida barcha tashkilot, korxonalarda fuqarolarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan. Davlat yer kadastri yerning qiymatini (bahosini) aniqlashni taqozo etib, o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Davlat yer kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish (sotishda) va ularni olib qo‘yishda, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorini belgilashda, yer tuzish ishlarini o‘tkazishda, xo‘jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi. Davlat yer kadastri butun respublika uchun yagona tizim asosida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davlat yer kadastri va yer tuzish xizmati organlari (Davlat yer qo‘mitasi) tomonidan yuritiladi.
Demak, yer kadastri quyidagilardan tashkil topadi:

  • yerdan foydalanuvchilar;

  • yer maydoni, uning tarkibi, sifati;

  • yerni iqtisodiy baholash.

Yerlarni iqtisodiy baholash bir qancha iqtisodiy muhim masalalarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Yeng avvalo, yer umumxalq, davlat mulki sifatida baholanishi maqsadga muvofiqdir. Shunda mamlakat milliy boyligining tarkibi-yerning qiymatini, ulushini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Shuning bilan birgalikda yerning asosiy vosita sifatida baholanishi ham hal etilishi lozim. Yuqoridagi muammolarning hal etilishi bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan O‘zbekistonda ham yer munosabatlarini takomillashtirishga muayyan hissa qo‘shishi mumkin.
Respublikada qishloq xo‘jalik yerlarining qiymatini baholash maqsadida 1998 yilda «Uslubiy qo‘llanma» ishlab chiqilgan. Unda sug‘oriladigan yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash tartibi batafsil yoritilgan.
Sug‘oriladigan yerlarning qiymatini aniqlash uchun:

  • barcha sug‘oriladigan maydonlarning tuproqlari turlari bo‘yicha, ularning barcha xususiyatlarini, holatini e’tiborga olgan holda bonitirovka qilinib, bonitet balli ishlab chiqildi. Barcha xususiyatlari bo‘yicha yeng unumdor, yaxshi tuproq 100 ball qilib belgilangan. Ayrim xususiyatlarini (sho‘rlanganlik, toshloq, yeroziya) e’tiborga olgan holda tuproqning banitet balli pasayib boradi; bu hol tuproqning tabiiy unumdorlgini ifodalaydi;

  • tabiiy unumdorlikka asoslangan holda iqtisodiy omillar (investisiyalarni amalga oshirish natijasida mehnat mablag‘, texnika) ta’sirida etishtirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotning me’yori aniqlangan. Barcha omillardan oqilona foydalanish natijasida 1 ball 40 kg. paxta xomashyosini etishtirish qobiliyatiga ega ekanligi hisob-kitoblar asosida aniqlangan. Demak, mahsulot etishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha omillar me’yor doirasida bo‘lsa, u tuproqning 1 balli 40 kg. paxta etishtirish imkoniyatiga ega ekan.

  • qishloq xo‘jaligining joylashishini, ixtisoslashishini e’tiborga olgan holda 1ga-ga, 1 s-ga sarflanishi mumkin bo‘lgan xarajatlar me’yori ishlab chiqilgan;

  • tuproqning iqtisodiy unumdorligiga asoslangan holda ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning miqdori, ularni sotish kanallari bo‘yicha o‘rtacha sotish baholarini e’tiborga olgan holda me’yoriy yalpi mahsulot qiymatini aniqlash tartibi ko‘rsatilgan.

  • yuqoridagilarga asoslangan holda har bir gektar sug‘oriladigan maydondan olinishi mumkin bo‘lgan sof foyda miqdorini aniqlash tartibi ham ko‘rsatilgan. Shularga asoslangan holda 1 gektar sug‘oriladigan yerning bahosini (qiymatini) ushbu formula yordamida aniqlash mumkin:

, SFmK
Yek= .
SF
Bunda: Yek- 1 ga yerning qiymati (so‘mda);
SFm- olinadigan sof foyda me’yori (so‘mda);
K- yerlarning holatlarini ifodalovchi koyeffisiyent;
SF- bank ssuda kapitalining yillik foizi (foizda).
Shu formuladan foydalangan holda xo‘jalikning 80 ballga ega bo‘lgan 1 gektar yeri bahosini aniqlash kerak bo‘lsa, shu bir gektar yerdan olinishi mumkin bo‘lgan yalpi mahsulot qiymatidan me’yoriy xarajatlar summasini ayirib, olinishi mumkin bo‘lgan sof foyda summasi aniqlanadi. Bu maydon kam sho‘rlangan, undan 25 sentner paxta hosili olish mumkin, deylik. Agarda har bir tonna paxta 2002 yil harid baholarida 104,6 ming so‘mga sotilsa, unda 267,5 ming so‘mlik (2,5tx104,6) yalpi mahsulot olish mumkin. Har bir tonna paxta xomashyosini etishtirish uchun 90,0 ming so‘m xarajat qilinadigan bo‘lsa, shu maydondan 177.5 ming so‘mlik sof foyda olish mumkin. Bank ssuda kapitalining yillik foizi 30 foiz bo‘lsa, 1 ga yerning qiymati:

  1. x0,85

Yek= .100 =103,41 ming so mga teng bo lar ekan.
30,0
Agarda shu maydon har tomomlama yaxshi bo‘lsa (Q-1.2), unda uning qiymati 146 ming so‘mga teng bo‘ladi. Yer maydoni kam sho‘rlanganligi uchun uning qiymati 42,6(146,0-103,4)ming so‘mga arzonroq ekan.
Lekin yer resurslarining cheklanganligi va ularga nisbatan bozor talabi osha borishi natijasida ularning qiymati yanada yuqori bo‘lishi mumkin. Shunday tartibdan foydalangan holda shirkat xo‘jaliklarining sug‘oriladigan yerlari qiymati aniqlanib, ular xo‘jalikning «pay fondi» tarkibiga qo‘shilmoqda.
Lekin kelajakda iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida yerlarning qiymatini aniqlash tartibini takomillashtirish lozim. Bunda yer rentasiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Chunki davlat mulkining yegasi sifatida mutlaq yer rentasini olishi, differensial rentalar esa yer yegasi bilan undan foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlanishi lozim. Shu bilan birgalikda bozor sharoitida yerga bo‘lgan talabni ham e’tiborga olish zarur.
Davlat yer kadastrini yuritish topografiya - geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan va boshqa yo‘nalishda tekshirish va izlanishlar olib borish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning hamda mulkdorlarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yxatga olish bilan ta’minlanadi. Yer monitoringi va davlat yer kadastri «Yer kadastri» qonuni asosida amalga oshiriladi.
Davlat mulkini uni tasarrufidan chiqarish natijasida aksionerlik, paychilik mulklariga birgalikda egalik qilib, ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar tadbirkorlardir. Ular bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan, avval bizda mavjud bo‘lmagan yangi masalalarni, munosabatlarni mukammal bilishlari lozim. Dastavval ular mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibini yaxshi bilishlari zarur. Shuning bilan birgalikda aksiyalar, ularning turlarini, mazmunini qanday qilib aksiyadorlarga berilishini, sotilishini hamda dividentlarini aniqlashni bilishlari lozim. Paylarni aniqlashni, ularni paychilariga yetkazishni shu bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni amalga oshirish qobiliyatlariga ega bo‘lishlari zarur. Hozirgi davrda tashkil etilayotgan aksiyadorlik, paychilik, mulkchilikka asoslangan xo‘jaliklarning har bir mutaxassisi yuqoridagi masalalarni bajara olish imkoniyatlariga ega emaslar. Bu masalalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun shu tadbirkorlarning bilimlarini oshirish ishlarini tashkil etish lozim. Shu bilan birgalikda mulkchilik shakllarini tashkil etishni ta’minlaydigan qo‘llanmalarni ishlab chiqib, ularni amaliyotda sinab, tadbirkorlarga yetkazish zarur.
Qishloq xo‘jaligida sust sur’atlar bilan qo‘shma mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik korxonalari tashkil etilmoqda. Ulardagi rahbar tadbirkorlar tashqi iqtisodiy munosabatlar amalga oshirilishining kontraktlarini, investisiya siyosatini, tartibini, mahsulotlarning daromadlarini o‘zaro taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilishlari zarur. Ular ichki hamda tashqi bozorning holatini, ma’lumotlar, reklamalar hamda boshqarish san’atini ham egallashlari kerak. Bu toifadagi tadbirkorlar avvalgilariga nisbatan ancha malakali, bilimdon, uddaburon bo‘lishlari lozim.
Yuqorida ta’kidlanganlardan ko‘rinib turibdiki, respublikamiz qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikning turli shakllari tashkil topmoqda. Ular qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ijobiy hissa qo‘shmoqdalar. Lekin, ular o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda anchagina qiyinchiliklarga uchramoqdalar. Masalan, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy masalalarni hal etish borasida. Chunonchi, yerlarni olishda, tadbirkorlik shakllarini tashkil etishda, kredit olishda, mahsulotlarini sotishda, ular uchun haq olishda mushkulliklarga duch kelmoqdalar. Shuning oqibatida ular ishchi- xizmatchilariga o‘z vaqtida ish haqi bera olmaydilar. Bu masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat yordam qo‘lini cho‘zishi zarur. Shundagina qishloq xo‘jaligida ham tadbirkorlar ko‘payib, tadbirkorlik rivojlanishi ta’minlanadi.
Qishloq xo‘jalik yerlari xalqimiz uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Qishloq xo‘jalik yerlaridan samarali foydalanish tuproqning sifat jihatdan baholanishiga bog‘liq. Chunki tuproq unumdorligi yuqori bo‘lsa, mahsulotning sifatli yetishtirilishi shuncha yaxshi bo‘ladi. Yerning sifat jihatdan baholanishi ekin maydoni - dalaning har bir kartasiga ko‘ra sifat ko‘rsatkichlari o‘tgan 3-5 yilning yakunlariga solishtiriladi. Bu usulni odatda yerni pasportlash deyiladi. Yer kadastrlari deb, dalalar kartalarini bir-biriga har tomonlama solishtirish asosida ularni iqtisodiy baholashga aytiladi.
Qishloq xo‘jaliklariga suvni o‘z vaqtida yetkazib berishni tashkil etish uchun boshqaruv tizimini bozor munosabatlarida shakllantirib, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish lozim. Qishloq xo‘jalik korxonalariga suvni yetkazib berish va undan foydalanishda yerning myeliorativ holatiga, shuningdek melioratsiya tizimiga e’tibor berish kerak.
Irrigatsiya deganda, suv resurslari bilan ta’minlash va suv inshootlari faoliyati tushuniladi. Melioratsiya esa yerning tabiiy unumdorligini yaxshilash chora-tadbirlarining jamlanmasidir.
Yer-suv resurslaridan foydalanishda davlat roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat tomonidan yer va suv xo‘jaligiga doir iqtisodiy islohotlar olib boriladi, qonunlar, qaror va farmoyishlar ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasida yer resurslaridan unumli foydalanish uchun "Yer to‘g‘risida" gi Qonun va "Yer kodeksi" Vazirlar Mahkamasining "Yer monitoringi to‘g‘risida" gi Nizomi kabilar, suv resurslaridan samarali foydalanish uchun "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida" gi qonunlar qabul qilingan.
Yer monitoringi - yer tarkibidagi o‘zgarishni vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlar oldini olish, yerlarni baholash, salbiy oqibatlarni tugatish uchun yer fondining umumiy holatini kuzatish tizimidir. O‘zbekiston Respublikasining barcha yerlari, (mulkchilik va xo‘jalik shaklidan qat‘iy nazar) qanday maqsadda foydalanilishiga qaramay monitoring ob‘yekti sifatida tan olingan.
Davlat yer kadastrlari yuritish, yer resurslaridan foydalanish, yer tuzish, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Yer monitoringi O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Gyeodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari" bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va tegishli vazirlik hamda tashkilotlarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Yer resurslari davlat qo‘mitasi yer monitoringi ma’lumotlarini umumlashtiradi. Monitoring tadqiqotlarini olib borishda asosiy maydonlarni tanlash, vaqt o‘tishi bilan tuproqlarning asosiy xususiyatlari o‘zgarishini tahlil etish; tadqiqot olib boriladigan ekologik maydonlarda tuproqning holatini isbotlovchi ko‘rsatkichlarni asoslash, tuproqning holatini kuzatish va ma’lumotlarni to‘plash hamda ularga o‘zgarishlar kiritish ishlarini olib boradi. Qishloq xo‘jalik yerlari tuproqning suv, shamol erroziyasi ta’siri oqibatida o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari sho‘rlanganlik darajasining o‘zgarishi jarayoni monitoringi; yerlarning zaharlanganlik darajasining o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining texnogyen o‘zgarishi monitoringi; o‘simliklarning zaharli ximikatlar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish natijasida tuproq tarkibidagi o‘zgarishlar monitoringi amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer kadarstrini tuzishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi;

  • yerdan foydalanishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

  • yerning sifati va miqdori bo‘yicha hisobdan o‘tkazish;

  • yerni baholash, bunda bonityetlash va iqtisodiy baholash ham hisobga kiritiladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish, yerlarni xususiylashtirish, ularga egalik qilish, foydalanish va ijaraga berish tuman hokimlari tomonidan qaror qabul qilingach, yer uchastkalarining chyegaralarini aniqlab, hujjatlarni rasmiylashtirib berilgandan keyin shu asosda amalga oshiriladi.
Yerning sifati va miqdori bo‘yicha hisobdan o‘tkazish, yer mulkining ob‘yektlari bo‘yicha, foydalanuvchilar yer uchastkalariga qarab, shuningdek, ekin maydoni turlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yerni iqtisodiy baholash orqali esa yerning ishlab chiqarishga qanchalik yaroqliligini ko‘rish mumkin. Bunda albatta tuproq unumdorligi ham rol o‘ynaydi.
Tuproq unumdorligi hosildorlik, mahsulotni sotish bahosi, tannarx orqali aniqlanadi. Tuproq unumdorligini aniqlashda ball bonityetiga e’tibor qaratiladi.
Yer bonitirovkasi -bu tuproqning unumdorligiga ko‘ra yerlarni bir-biriga taqqoslash, solishtirish bahosidir. U agrotexnik tadbirlar va yerga ishlov berish intensivligi darajasida o‘tkaziladi. Bonitirovka qilishdagi ko‘rsatkichlar tizimda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi bilan birgalikda tuproq turlari va tarkibi, xususiyatlari (fizik holati, gumus, mineral o‘g‘itlar, namlik o‘tkazuvchanligi ) ham e’tiborga olinadi. Natijada ball bonityet hisoblanib, guruhlar bo‘yicha hisob- kitob qilinadi. Shunga ko‘ra bonityet - tuproqning tabiiy unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘lib, u 100 ballik shaklda baholanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonasini suv bilan ta’minlash esa suv ob‘yektlaridan suvni me’ yorlar bo‘yicha olishni tashkil etish va foydalanishni tartibga solishdan iborat. Davlat bu ishlarni nazorat qilish maqsadida1993 yilda "Suv va Suvdan foydalanish to‘g‘risida" gi qonunni qabul qildi. Qonun 29 bob, 119-moddadan iborat bo‘lib, suvga doir munosabatlarni tartibga solish, suvdan oqilona foydalanish, suvni bug‘lanib ketishdan saqlash, unga zararli ta’sirlarning oldini olish, suv ob‘yektlarining holatini yaxshilash, shuningdek suv ta‘minoti korxonasi bilan suv iste’molchilari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, suvdan unumli foydalanishning huquqiy asoslaridan iborat.
Suv uchun haq to‘lash, suvdan limit bo‘yicha foydalanish, nazorat qilishni Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Shuningdek, yer monitoringi kabi suv monitoringi degan tushuncha ham mavjud. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini o‘rganib, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin.
Suvdan foydalanuvchilar qonunlarda byelilangan tartibda irrigatsiya va melioratsiya ishlarini bajarishga jalb etiladilar.
Davlat yer va suv resurslarini isrof qilmasdan, ulardan unumli foydalanishni soliqlar bilan ham nazorat qilib turadi. Umumiy aytganda yagona yer solig‘i bilan tartibga solib turadi.
Yagona yer solig‘ining maqsadi yerdan ratsional foydalanishni yo‘lga qo‘yish, yer muhofazasi va unga mulk sifatida qarash, tuproq unumdorligini oshirish hamda turli toifa yerlarda ijtimoiy- iqtisodiy shaklda tyenglik tamoyili asosida xo‘jalik yuritishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Yagona yer solig‘iga har yili yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va mulk egalari tortiladilar. Ijara haqi vaqtincha foydalanish uchun ijaraga olgan sub‘ektning yer egasiga beradigan haqidir. Uning miqdori shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Yer bahosi esa yer munosabatlarini amalga oshirish va yo‘lga qo‘yishda, yerni mulkka aylantirishda meros qilishda va hokazolarda ahamiyatlidir.


  1. Yer resurslarining kapitallashuvini iqtisodiy samaradorlikka ta’siri.

Yerdan to'la va samarali foydalanishni tashkil etish uchun yer tuzish ishlari o'tkaziladi. Yer tuzish yer to'g'risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etishni tashkil qilishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga, yer tuzish ishlarining hududiy va ichki xo'jaligi rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini o'z ichiga oladi.
Yer tuzish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning arizalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yer tuzish istiqbolga mo'ljallangan, loyihalash oldidan, xo'jaliklararo hamda ichki xo'jaligi yer tuzish ishlariga bo'linadi.
Istiqbolga mo'ljallangan hamda loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzish ishlariga quyidagilar kiradi:
respublika va uning mintaqalari er-suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish;
tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish;
tuproq unumdorligini oshirish bilan bog'liq bo'lgan istiqbolga oid taxminlarni (prognozlarni) hamda dasturlarni ishlab chiqish;
tabiatni muhofaza qilish, qo'riqxonalar tashkil etish va ularni chegaralarini belgilash.
Xo'jaliklararo yer tuzish ishlariga quyidagilar kiradi:

  1. Joyning o'zida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash. Yana bu sub’yektlar o'rtasida yer munosabatlarini hal qilish.

  2. Yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etish, mulkdorlarni, yangi yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjudlarini tartibga solish loyihalarini tuzish.

  3. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer ajratib berish loyihalarini tuzish.

  4. Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni har xil turdagi eroziyadan saqlash, qishloq xo'jaligi yerlarini yaxshilash, yangi yerlarni o'zlashtirish bo'yicha ishchi loyihalarni ishlab chiqish.

  5. Yerlarni resurs sifatida baholash va baholash tadbirlarni o'tkazish.

Xo'jaliklararo yer tuzish ishlari tumanlar yoki bir-birlari bilan o'zaro bog'langan qishloq xo'jaligi korxonalarining ma’muriy chegaralari doirasida qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan tartibda o'tkaziladi.
Xo'jaliklararo yer tuzish ishlari loyihaning ma’muriy tumanni rivojlantirishning bosh sxemasida to'la aks etgan bo'ladi. Xo'jaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlangandan keyin yerdan foydalanuvchilarning yer uchastkalari chegaralari belgilab qo'yiladi. Xo'jaliklararo yer tizim ishlari loyihasi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Xo'jalik ichidagi yer tuzish yoki ichki xo'jaligi yer tuzish loyihasi qishloq xo'jaligi korxonalarining yer hududida ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilish, barcha qishloq xo'jaligi yerlarini (ekinzorlar, yaylovlar, bog'lar, tokzorlar va h.k) joylashtirishini ko'zda tutadi.
Ichki xo'jalik yer tuzish ishlarini o'tkazish orqali yerdan to'la va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va doimo oshirib borish masalalari hal qilinadi.
Ichki xo'jaligi yer tuzish ishlari ikki qismdan - loyihalash va uni amalga oshirish kalendar muddatidan iborat bo'ladi. Ichki xo'jaligi yer tuzish ishlari yer egasi bo'lgan davlat yoki yerdan foydalanuvchilar tomonidan qo'yilishi mumkin.
Ichki xo'j alik yer tuzish ishlarining loyiha qismida maqsad, yerdan foydalanishning erishilgan darajasi tahlili, ichki xo'jalik bo'linmalarining soni va hajmi, almashlab ekish tizimi, yo'l, suv sxohobchalarining hajmi va joylashishi, aholi punktlari, ularning soni, hajmi va joylashishi, talab qilinadigan kapital sarflar ko'rsatiladi.
Loyiha qismidagi eng asosiy masala - bu, qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar tarkibining o'zgarishi, ya’ni yerlarni bir turdan boshqa turga o'tkazish, yerlarga suv chiqarish, sug'oriladigan yerlar salmog'ini oshirish, yerlarning melioratsiya holatini yaxshilash, qo'riq yerlarni o'zlashtirish hisoblanadi.
Korxonaning tekis, hajmi jihatidan unumli texnikani qo'llash imkonini beradigan maydonlariga ekinzorlar joylashtiriladi va ularning unumdorligini doimo saqlab turush uchun korxona yo'nalishini hisobga olgan holda almashlab ekish tizimi ishlab chiqiladi. Korxonaning shamol qattiq esadigan tomonida ko'p yillik daraxtzorlar, bog'lar barpo etiladi. Shuningdek, qir- adirlik yerlarda ham bog'lar barpo etish maqsadga muvofiqdir.
Aholi punktiga, qayta ishlovchi sanoatga yaqin hamda katta magistral yo'l bo'ylaridagi yerlarda sabzavotchilik, tez buziladigan, uzoqqa tashish qiyin bo'lgan mahsulotlar yetishtirish yo'lga qo'yiladi.
Yer qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida asosiy vosita hisoblanadi. Shuning uchun yerlardan foydalanishni to'g'ri tashkil qilish, kam unumli yerlarni o'zlashtirish va ularni yuqori unumli yerlarga aylantirish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bu tadbirlar sug'oriladigan dehqonchilik uchun juda ahamiyatlidir. Chunki, sug'oriladigan yerlar o'zining ahamiyati, unumdorligi jihatidan boshqa turdagi yerlardan juda katta farq qiladi. Chunonchi, sug'oriladigan yerlarning har bir gektardan sug'orilmaydigan yerlardagiga nisbatan 4-5 marotaba ko'proq hosil olish mumkin.
Yerlardan to'g'ri foydalanish masalasi eng avvalo uning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida asosiy vosita sifatidagi o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Bu xususiyatlar shundan iboratki, u eng avvalo tabiat tomonidan yaratilgan bo'lib, maydoni chegaralangan. Boshqa asosiy vositalar kabi uning maydonini xohlagancha ko'paytirib bo'lmaydi. Lekin boshqa vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, asta-sekin eskirib borsa va yangisi bilan almashtirilsa, yerdan to'g'ri va oqilona foydalanilganda uning unumdorligi doimo ortib boradi. Yerning hosildorligini kapital, mehnat va fan yutuqlarini joriy qilish orqali oshirib borish mumkin.
Qishloq xo'jaligi korxonalari ilmiy xulosalarga asoslangan holda o'zlariga biriktirilgan yerlardan foydalanish va ularning unumdorligini oshirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Qishloq xo'jaligi korxonalari yerlari o'z ahamiyati va ishlab chiqarishda qatnashishiga ko'ra qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida qatnashmaydigan yerlarga bo'linadi.
Qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar deganda, doimiy qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalaniladigan yerlar tushuniladi. Ularga ekinzorlar, bog' va uzumzorlar, tutzorlar pichanzorlar, yaylovlar kiradi. Qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar maydoni va uning tarkibi bir xil bo'lmasdan o'zgarib turadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan qishloq xo'jaligi korxonalari yerlari unumdorligini oshirish, ularni bir turdan boshqa turga o'tkazish ishlarini olib boradilar. Qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarning bir turdan boshqa turga o'tkazilishi yer transformatsiyasi deb ataladi. Yer transformatsiyasi ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. Foydalanilmayotgan yerlar yoki kam unumli yerlarni o'zlashtirish, yerning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini o'tkazish natijasida yuqori unumli yerlarga aylantirishga ijobiy yer transformatsiyasi, aksincha, ya’ni yuqori unumli yerlarni undan qoniqarsiz foydalanish natijasida kam unumli yerlarga yoki ishlab chiqarish aylanmasidan chiqib ketishi salbiy yer transformatsiyasi deb ataladi.
Ijobiy yer transformatsiyasi iqtisodiy jihatdan qishloq xo'jaligining jadal rivojlanishi jarayonini ifoda qiladi. Yerdan foydalanishni to'g'ri tashkil qilish, eng avvalo, undan iqtisodiy jihatdan samarali foydalanish va shu bilan bog'liq bo'lgan tadbirlarni amalga oshirishga qaratilishi kerak. Qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish kam unumli yerlarni o'zlashtirib, yuqori unumli yerlarga aylantirish bilan bir qatorda, mavjud foydalanilayotgan yerlarda melioratsiya ishlarini o'tkazish, yerlarni kapital tiklash, shamol va suv eroziyasiga qarshi tadbirlar o'tkazish, mahalliy va mineral o'g'itlardan foydalanish, almashlab ekishni joriy qilish tadbirlarini belgilash va amalga oshirishni talab qiladi.
Bu tadbirlarni o'tkazish uchun reja tuzish va yillik biznes - rejaga kiritishdan oldin ularni iqtisodiy jihatdan asoslash kerak bo'ladi. Kapital xarakteriga ega bo'lgan tadbirlarni o'tkazishda, shu tadbirlarni o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarning samaradorligini aniqlash talab qilinadi. Bunda kapital sarflar iqtisodiy samaradorligini aniqlash usullari va formulalaridan foydalaniladi. Ya’ni yangi yerlarni o'zlashtirish, suv ta’minotini yaxshilash, melioratsiya ishlarini o'tkazish, yerlarni kapital tiklash, suv va shamol eroziyasini tugatish va h.k.
Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi ma’lum yer maydoniga (100 ga qishloq xo'jaligiga yaroqli, 100 ga ekinzorga va 100 ga shartli sug'oriladigan) yetishtirilgan jami mahsulot miqdori va qiymati bilan ifodalanadi. Qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar turli sifat va unumdorlikka ega bo'lganligi uchun ular ma’lum koeffitsiyentlar orqali shartli sug'oriladigan ekinzorga aylantiriladi. Ilmiy tekshirish institutlari tomonidan respublikamizdagi qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarni xarakteriga ko'ra shartli sug'oriladigan ekinzorga aylantirish uchun koeffitsiyentlar o'rnatilgan.
Yerlarni tubdan yaxshilash bilan bog'liq tadbirlar ma’lum sarf-xarajatlar talab etadi. Yerlarni yaxshilash bilan bog'liq tadbirlarga kapital sarflar deb aytiladi. Bunday tadbirlarga kapital sarf qilish yer unumdorligini (ekinlar hosildorligini) oshirish va mahsulot yetishtirish bilan bog'liq sarf - xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan bo'ladi.
Yerdan foydalanishda yerning tabiy xususiyatlari qishloq xo'jaligini tashkil etishda va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim. Ammo, hol qiluvchi omil bu, iqtisodiy shart-sharoitlardir. Shundan kelib chiqqan holda qishloq xo'jaligi korxonalarining davlat yerlarini uzoq muddatli ijaraga olishi shartlarini to'g'ri belgilab olish, yerdan foydalanganlik uchin olinadigan haq, ya’ni er solig'i miqdorini asosli belgilash bo'ladi.
Iqtisodiy munosabatlar tizimida jamiyat manfaatlarining ishtirok etishi qishloq xo'jaligi korxonalarining bir qism daromadlarini soliqlar sifatida budjetga undirishning taqozo etadi. Qishloq xo'jaligi korxonalari ham soliq to'lovi sub’yekt sifatida yagona yer solig'i to'lovchi sifatida davlat bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishadi. Bunda fermer xo'jaligi oldiga yer solig'i miqdorini to'g'ri va aniq hisoblash hamda o'z vaqtida davlat budjetiga o'tkazib borish ma’suliyati yuklanadi.
O'zbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq to'lanadi. Shu sababli xo'jaliklar yerdan foydalanganlik uchun ijara haqi tariqasida yer uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, uning kadastr bahosini inobatga olgan holda yagona yer solig'i to'laydilar.
Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi, soliq stavkasining bir baravaridan kam va uch baravaridan ko'p bo'lmasligi kerak, yerdan qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda yer solig'i stavkasining bir baravari miqdorida bo'ladi. Yer haqini o'z vaqtida to'lamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undiriladi.
Yagona yer solig'i qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun joriy etilgan bo'lib, u umumdavlat va mahalliy darajada solinadigan bir qator soliqlar (foyda solig'i va, mulk solig'i, yer solig'i va boshqa) o'rniga to'lanadigan yagona soliq turi hisoblanadi. Yagona yer solig'ini afzalligi shundaki u bir nechta soliqlarning o'rnini bosishi bilan bir tomondan hisob-kitoblarni yengillashtirsa, ikkinchi tomondan mablag'larni tejashga imkon beradi.
Yagona yer solig'i stavkalari har yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat budjetining parametrlarini e’lon qilish chog'ida qabul qilinadi. 2004-yildan boshlab tajriba tariqasida O'zbekiston Respublikasining Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida yagona yer solig'ini yerning qiymatidan kelib chiqib belgilash tajriba tariqasida sinab ko'rildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to'g'risida”gi PQ- 532-sonli qaroriga muvofiq soliq miqdori yerning normativ qiymatidan 3,5 foizli stavka bo'yicha undirilishi ko'zda tutiladi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 08.02.2005-y. 1324-1-son bilan ro'yxatga olingan “Qishloq xo'jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer solig'ini hisoblab chiqarish va to'lash tartibi to'g'risida vaqtinchalik Nizom”ga ko'ra yagona yer solig'ining soliq solish ob’yekti bo'lib qishloq xo'jaligi maydonlari va jamoat qurilmalari va hovlilari bilan band bo'lgan yerlarning normativ qiymati hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi yerlarining me’yoriy qiymati O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo'yicha davlat qo'mitasi tomonidan aniqlanadi va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi bilan birgalikda har bir qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga yagona yer solig'ini hisoblab chiqarish uchun yetkaziladi.
Yerlarning har bir turi bo'yicha yagona yer solig'i summasi quyidagi formula bo'yicha belgilanadi:
H Seu x Sb x Kp,
bu yerda:

Yüklə 79,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin