8-Mavzu Qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslari va ulardan samar Tursunov
N - yagona yer solig'i summasi, so'mlarda;
Seu - yer uchastkasi maydoni, gektarlarda;
Sb - soliqning bazaviy stavkasi, 1 gektar uchun so'mlarda;
Kp - tuzatish koeffitsiyenti.
Qishloq xo'jaligi yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo'lgan yerlarning umumiy maydoniga soliq summasi, ularning me’yoriy qiymatidan va soliq stavkasidan kelib chiqib, quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
N1 = (N1 x C/100); bunda:
N1- qishloq xo'jaligi yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo'lgan yerlarning umumiy maydoniga soliq summasi;
N1 - qishloq xo'jaligi yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo'lgan yerlarning me’yoriy qiymati;
S - soliq stavkasi, foizlarda.
Yerlarning me’yoriy qiymatidan kelib chiqib to'lashi lozim bo'lgan yagona yer solig'ining hisob-kitobi 10-jadvalda keltirilgan.
Qishloq xo'jaligini yuritish uchun egalik qilish, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi maydoni yer solig'i solish ob’yekti hisoblanadi. Bugungi kunda yer solig'i bo'yicha bir qator soliq imtiyozlari belgilangan.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi:
qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
ihota daraxtzorlari egallagan yerlar (bularga yog'och-taxta olish maqsadida yetishtiriladigan terakzorlar kiritilmaydi);
sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suv havzalari, sportning texnik turlari ob’yektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sog'lomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o'quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
ta’lim, madaniyat va sog'liqni saqlash ob’yektlari band etgan yerlar;
yangi o'zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug'oriladigan yerlar - loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e’tiboran ko'pi bilan besh yilga. Agar loyihada yerlarni o'zlashtirish va meliorativ ishlarni amalga oshirish muddatlari ko'rsatilmagan yoki yer uchastkasi boshqa muddatlarda topshirilgan bo'lsa, yer uchastkasi uchun soliq meliorativ ishlar va yangi yerlarni o'zlashtirish ishlari bajarilgan yillar uchun to'lanmaydi, lekin u 5 yildan oshmasligi kerak;
fermer xo'jaliklarining o'z mablag'lari hisobidan o'zlashtirilayotgan yer qismida, tegishli loyihada nazarda tutilgan o'zlashtirish muddatiga, yerlarni o'zlashtirish boshlangan paytdan boshlab
yil mobaynida;
yangi tut ko'chatlari ekilgan yerlar, qator oralaridan qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga. Shu munosabat bilan bahorda ekilgan tut ko'chatlari ekilgan yilni hisoblaganda uch yilga soliq to'lashdan ozod etiladi, kuzda ekilgan ko' chatlar esa ularni ekishdan keyingi yildan boshlab uch yilga soliq to'lashdan ozod etiladi;
yangi o'tqazilgan bog' va tokzorlar bilan band bo'lgan yer uchastkalari, qator oralariga qishloq xo'jaligi ekinlari ekilishidan qat’iy nazar, ularning maydonlari ana shu meva va uzum ko'chatlari o'tqazilgan oydan boshlab, ular meva bera boshlaydigan muddatgacha soliq solinadigan bazadan chiqariladi;
8.8-jadval
Yerlarning me’yoriy qiymatidan kelib chiqib to'lanishi lozim bo'lgan yagona yer solig'ining hisob-kitobi
Yerlarning turlari
May
doni,
ga
Yerlarning me’yoriy qiymati, ming so'm
Soliq
stavkasi,
%
Soliq
summasi,
so'm
1 ga
jami
maydon
1. Jami yerlar
Shu jumladan:
x
x
1.1. Haydaladigan yerlar: - sug' oriladigan
x
x
- lalmi
x
x
1.2. Ko'p yillik daraxtzorlar
x
x
1.3. Bo'z yerlar:
- sug'oriladigan
x
x
- lalmi
x
x
1.4. Pichanzor va yaylovlar:
- sug'oriladigan
x
-sug' orilmaydigan
x
x
1.5. Jamoat imoratlari
2. Soliq solinadigan yerlarning maydoni
Shu jumladan to'lov muddatlari bo'yicha:
x
X
x
x
1 iyulgacha (20%)
x
X
x
x
1 sentabrgacha (30%)
x
X
x
x
1 dekabrgacha (soliqning qolgan qismi)
x
X
x
x
qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ilmiy, tajriba, eksperimental va o'quv-tajriba xo'jaliklarining bevosita ilmiy va o'quv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xo'jaligi ahamiyatiga molik va o'rmon fondidagi yerlari mazkur imtiyoz mavzu doirasi tasdiqlangan ilmiy maqsadlarni amalga oshirishda foydalaniladigan ekin va ko'chatlar band etgan yer uchastkalariga tatbiq etiladi.
Yangi barpo etilgan fermer xo'jaliklari davlat ro'yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil muddatga yagona yer solig'ini to'lashdan ozod etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi 255-sonli “Meva- sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan shirkat xo'jaliklari negizida tashkil etilgan fermer xo'jaliklari yagona yer solig'i to'lashdan 5 yil muddatga ozod qilingan.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar bo'yicha qishloq xo'jaligi yerlari uchun yagona yer solig'ining bazaviy stavkalari, ma’muriy tumanlar va shaharlar bo'yicha sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlari uchun yagona er solig'ining bazaviy stavkalari, shuningdek yagona er solig'ining bazaviy stavkalariga tuzatish koeffitsiyentlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Dehqon xo'jaliklaridan undiriladigan yer solig'i summasining 5 foizi va fermer xo'jaliklaridan undiriladigan yagona yer solig'ining 2,5 foizi «Dehqon va fermer xo'jaliklarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi»ga va fermer xo'jaliklaridan undiriladigan yagona yer solig'ining 28 foizi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi «Qishloq xo'jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat yo'li bilan rag'batlantirish Jamg'armasi»ga o'tkazib beriladi.