8-Mavzu Qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslari va ulardan samar Tursunov
Birinchi yo‘nalish. Qayta qurilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga suv xizmati tuzilmasining bozor munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish.
Ikkinchiyo‘nalish. Respublika suv xo‘jaligi kompleksini boshqarishni takomillashtirish.
Uchinchiyo‘nalish. Suv xo‘jaligi ob‘yektlarini zamonaviylashtirish.
Hozirgi kunda tugatilgan qishloq xo‘jaligi korxo‘nalari negizida tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklariga suv xizmati ko‘rsatuvchi tuzilmaning bozor munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish, xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarida suvdan foydalanuvchilar soni ko‘payib, suvning hisob-kitobini olib borish hamda suvdan oqilona va maqsadli foydalanishni yo‘lga qo‘yish muhim vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan “Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida” gi tartib tasdiqlandi.
Mazkur tartibga asosan tugatilgan xo‘jaliklar hududida joylashgan barcha ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar birlashtirilib, sug‘orish tarmog‘i bo‘yicha ularning “Uyushmasi” tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. Suv iste’molchilari uyushmasi (SIU) zimmasiga xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini bir maromda ishlatish, ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar o‘rtasida adolatli suv taqsimotini o‘rnatish, sug‘orishning ilg‘or texnologiyalarini joriy qilish vazifalari turadi. Shuningdek, ular bir sug‘orish tarmog‘ida joylashgan barcha ikkilamchi suvdan foydalanuvchilarning ixtiyoriy ravishda birlashgan tashkilotidir.
Suv iste’molchilari uyushmalariga qator imtiyozlar yaratilgan. Cnunonchi, SIUlari notijorat shaklda faoliyat ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan notijorat tashkilotlariga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanadilar. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan suvdan solig‘, foyda va mulk solig‘i hisoblanishi va to‘lanishidan 2 yil muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi PF- 3342-Farmoniga asosan suvdan foydalanuvchilar uyushmasining xizmatlari qo‘shilgan qiymat solig‘i, daromad va mulk solig‘ini qo‘shish va to‘lashdan 3 yil muddatga ozod qilingan.
Suv iste’molchilari uyushmasi (SIU) bir yoki undan ortiq kanal atrofidagi suvdan foydalanuvchilarning xohish-irodasi bilan tuziladigan va ular tomonidan boshqariladigan notijorat tashkilotdir.
Suv iste’molchilari uyushmasi muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oishruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari va boshqa yuridik jismoniy shaxslar birlashmasi(uyushmasi)dir.
Suv iste’molchilari - fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa egalari va boshqalar bo‘lib, adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali uyushma hududida sug‘orma dehqonchilikni rivojlantiradilar va buning uchun o‘zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini birlashtiradilar.
Suv iste’molchilari - chyeklangan miqdordagi suvni olish, undan va ichki suv xo‘jaligi ob’yektlaridan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik hamda boshqa faoliyatlarni amalga oshruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardir (Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroridan).
SIU o‘z a’zolari bo‘lgan suvdan foydalanuvchilarga sug‘orish tarmog‘idagi suvni taqsimlash va uyushmani demokratik asosda boshqarishda faol qatnashish imkoniyatini beradi. Suv iste’molchilari SIU ning moliyaviy boshqaruvini oshkora tashkil etishlari uyushma faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan holda nafaqat suv xo‘jaligi, balki qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq umumiy muammolarni hal qilishda ham yordam beradi. Bundan tashqari suvdan samarali foydalanish hisobiga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining oshishi fermerda ertangi kunga bo‘lgan ishonchini orttiradi.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali salbiy jarayonlarning sabab va oqibatlari o‘rganilib, suvlardan foydalanish samaradorligi oshiriladi.
Suv iste’molchilari qonunlarda belgilangan tartibda irrigatsiya-melioratsiya ishlarini bajarishga jalb etiladilar. Suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari quyidagilar:
Suv resurslaridan foydalanishda suvning aniq hisob-kitobini joyiga qo‘yish;
Suv o‘lchash qurilmasi, ya’ni gidropostlar qurilishini tashkil etish;
Qishloq xo‘jalik korxonasida ekin maydonlari atrofidagi ariq, kanal
va zovurlar tozaligini doimiy nazorat qilish;
Eng asosiysi, suv sarfi isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik.
Byelgilangan suv limitlari asosida suvdan tyejamli foydalanishni yo‘lga
qo‘yish va hokazolar.
Xo‘jaliklardagi miroblarning roli pasayib, xo‘jalik boshliqlari irrigatsiya ishlarini to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘zlari bilgancha bajarishi oqibatida suv ta‘minotining buzilishi kundan-kunga ko‘paymoqda. Hatto xo‘jalik ichidagi suv bo‘linadigan inshootlarning darvozalari e’tiborsizlik tufayli yaroqsiz holga kelib qolgan. Suv taqsimoti ayrim xo‘jaliklarda eski usul bilan taxminiy ravishda bajarilayotganini inobatga olib, shu kamchiliklarni tugatish bilan suv resurslaridan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Shuningdek, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun suv ta‘minoti tizimini zarur asbob-uskunalar, texnika va mablag‘lar bilan ta‘minlanishni yo‘lga qo‘yish lozim. Qishloq xo‘jaliklariga suvni o‘z vaqtida yetkazib berishni tashkil etish uchun boshqaruv tizimini bozor munosabatlariga mos ravishda shakllantirib, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadga mubofiqdir. Suv ta‘minoti korxonalarining asosiy vazifasi iste’molchilariga suvni o‘z vaqtida shartnoma asosida yetkazib berish va suv uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
Respublikamizdagi mavjud suv xo‘jaligi tashkilotlari, xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar hamda ularning hududiy bo‘linmalari negizida irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tuzildi. Havza boshqarmasining vazifasi xalq xo‘jalik tarmoqlari hamda qishloq xo‘jalik korxonasida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta’minlash va suv xo‘jaliklariga servis xizmati ko‘rsatishdan iborat.Yerdan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligi, o‘rmon va yaylov yerlarini ishlab chiqarish xususiyatini oshirish va qayta tiklash, sug‘oriladigan, alohida qiymatli va muhofazalanadigan yerlarni asossiz oborotdan chiqarish, yerlarni tabiiy va antropogen salbiy jarayonlardan himoyalashning yo‘llari: Havza boshqarmasi o‘z funktsiyalariga ega bo‘lib, suvdan foydalanish bashoratini umumlashtiradi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga suv limitlari bo‘yicha takliflar kiritib, tasdiqlangan limitlar asosida viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, magistral kanal (tizim) lar, suv xo‘jaligi ob‘yektlari, irrigatsiya tizimlari, viloyat va tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilab beradi. Shuningdek, suv xo‘jaligi va suvdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi hisob-kitob ishlarini yuritadi, suv resurslari balansini tuzadi, suv kadastrlarini yuritadi. Suv o‘lchash vositalari ta‘minoti, aloqa, avtomatika, tyelyemyexanikaning zamonaviy tizimlarini joriy etadi; tizimlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va ularni amalga oshiradi; havza suv xo‘jaligini istiqbolli rivojlantirish strategik rejalarni tuzadi; investitsiyalar kiritadi; irrigatsiya tizimlari va inshootlarini jihozlash va ryekonstruktsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, suv resurslarining byudjet mablag‘larini belgilab beradi va hokazo.
Yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun esa yerdan foydalanuvchilar ham bir qancha qonun-qoidalarga rioya etishlari kerak.
Bular quyidagilar:
yer resurslaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish;
tabiiy resurs-ob‘yekt bo‘lmish yerga zarar yetkizmaslik;
yer uchastkasini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;
agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yer uchastkasini bir yil ichida o‘zlashtirish;
yer uchastkalarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda uning holatiga, unumdorligiga e’tibor berish;
yer uchastkalarini turli kimyoviy o‘g‘itlar, zahri qotil ximikatlar bilan zararlantirib, nochor ahvolga solmaslik;
yerga sarflanayotgan mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash va undan kelayotgan daromadni to‘g‘ri sarflash va hokazo.
Yer resurslari, umuman tabiiy resurslar har bir mamlakatning, umuman olganda butun jahon boyligining bir qismidir. Yer abadiy mavjud va ajdodlardan avlodlarga o‘tib keladi. Yer resurslarining sifati qishloq xo‘jalik yerlarining hosildorligiga bog‘liq bo‘lib, odamlarning oziq-ovqat mahsulotlariga, yashash va dam olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Masalan, qishloq xo‘jalik yerlaridan noratsional foydalanish ularning hosildorligi tushib ketishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati va darajasiga salbiy ta’sir qiladi.
Yerlarga kimyoviy elementlar, ximikatlar yordamida ishlov berish ularni zararlantiradi, bu esa yerlarni boshqa maqsadlarda ham ishlatib bo‘lmasligiga olib keladi. Shuning uchun jamiyat yerlarni hozirgi kunda va kelajak avlodlar tomonidan foydalanilishi uchun asrash va muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi kerak.
Yer-suv resurslaridan foydalanish salbiy va ijobiy natijalarga bog‘liq. Ekin maydoniga yaqin joy yoki qo‘shni yer uchastkasidagi keraksiz qurilishlar unga qo‘shni bo‘lgan boshqa yer uchastkalariga soya bo‘lishi, quyoshni to‘sib qo‘yishi bilan salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Qishloq xo‘jalik yerlarida kimyoviy o‘g‘itlarning ko‘p ishlatilishi nafaqat mahsulotlar sifatiga, balki yer osti suvlarining ifloslanishiga, tuproq unumdorligining pasayishiga, ko‘l va daryolardagi baliqlarning nobud bo‘lishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligida an‘anaviy texnologiyalardan foydalanish, qishloq joylarida azaliy hayot tarzining saqlanib qolishi har doim ijobiy natija bergan. Chunki bu orqali tabiatni asrash va qishloq xo‘jaligining afzalliklari namoyish etiladi. Vaqtlar o‘tishi, jamiyatning rivojlanishi natijasida qishloq aholisi turmush tarzida ham o‘zgarishlar yuz beradi, ayrim holatlarda nimalardandir voz kyechishga to‘g‘ri keladi, jamiyat va davlat bu nimalarningdir o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha ham rag‘batlantirilishlarni yo‘lga qo‘yadi, imoratlarning qurilishi, yashash shart-sharoitlari (suv, gaz, elektr energiya, madaniy maskanlar) ning yaxshilanishi qishloq aholisiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday rahbatlantirish jamiyat manfaatlari uchun yer-suv resurslaridan unumli foydalanishda o‘z aksini topadi. Ayniqsa, davlat tomonidan qishloqlarda olib boriladigan islohotlar qatoriga yuqoridagi kabi dam olish maskanlari, sihatgohlar, istirohat bog‘lari, tabiat manzarasiga boy tibbiy sanatoriyalar, kinotyeatrlar qurish va ishga tushirish kabilar ham qo‘shiladi.
Bulardan tashqari jamiyatimiz oldida turgan maqsadlarimizdan yana biri yer mulkchiligi bilan bog‘liq daromadlarning to‘g‘ri taqsimlanishidir. Davlat yer-suv resurslaridan foydalanuvchilari uchun shunday tartibni yo‘lga qo‘yishi kerakki, bundan faqat yer egasi - mulkdorgina emas, balki yerda yollanib ishlovchilar ham manfaatdor bo‘lsinlar.
Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirishda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi:
yer-suv resurslarini yanada yaxshilash va muhofaza qilish.
atrof-muhit muhofazasi va inson hayoti uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish;
yer-suv resurslaridan ijobiy natijalar keltiruvchi omillar sifatida foydalanish va yer resurslarini taqsimlashda tyenglik tamoyiliga rioya qilish;
yerga bo‘lgan huquqlarga kafolatlar yaratilishi;
yer resurslarini ishlatishdan kelgan daromadning to‘g‘ri taqsimlanishi.
Ushbu asosiy maqsadlardan kelib chiqib, davlatning rag‘batlantirish yo‘nalishlari belgilab
berilgan, bu yo‘nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
yer-suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish;
yer-suv resurslarini taqsimlash ustidan nazorat o‘rnatish;
yer-suv resurslaring soliq siyosatini olib borish;
yer resurslarini ishlatish va taqsimlash;
xususiy mulk egalarining yerlaridan jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun olish va hokazo.
Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirish uchun davlat yer siyosatini amalga oshiradi. Umuman olganda, yer islohoti, suv islohoti kabilar amalga oshiriladi.